Ayol nafosati va nazokati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi


Download 11.93 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi11.93 Kb.
#1503581
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)


Ayol nafosati va nazokati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi.

Yasharish va umidbaxsh faslning ilk kunlarida Piskent tumanida ham Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.


Tuman hokimi Shuhrat Axmedov ayollarni tabriklar ekan, ularga eng samimiy va ezgu tilaklarini izhor etdi. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotida faol, jamiyatda muhim mavqe egallagan ayollar, ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi sohalarida yutuqlari e’tirof etilgan xotin-qizlarga tuman hokimligining faxriy yorliqlari va sovg‘alarini topshirdi.


Yuksak e’tibor va e’tirof, fayzli davra, to‘kin dasturxon, san’atkorlar va madaniyat bo‘limi xodimlarining badiiy dasturlari yig‘ilganlar ko‘ngliga xush kayfiyat baxsh etdi.


Bahor bayramlari mahallalar, tashkilotlar va xonadonlarimizda davom etadi. Sirasini aytganda, kelinchak faslning farahli kunlarida munis ayollarning bayrami nishonlanishi bejiz emas.




8 mart – muhtarama ayollar, dilbar opa-singillar va lobar qizlarga vatanimizning mard yigitlari tomonidan yuksak extirom ko‘rsatishga bir imkoniyatdir.
Download 11.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling