Ayol qomatini to‘g‘ri tasvirlash haqida ma’lumotlar berilgan. Turli odam qomati shakllari keltirilgan
Download 481.59 Kb. Pdf ko'rish
|
moda-eskizlarini-chizishda-odam-qomatini-tasvirlash (1) (1)
www.scientificprogress.uz
Page 1217 Sochlar chizmasi chizilganda, soch orqali yuz ifodasi va rangi tasvirlanadi. Markerli ruchka bilan chizilgan qalin chiziqlar yoki pero ruchkasi bilan berilgan shtrixlar yuz qiyofasini xarakterlaydi. Tanish bo‘lgan qiyofalarni va jurnallardan anologlardan foydalanib eskiz chizish malakani oshirishga hamda o‘zining uslubni yaralishiga yordam beradi. Qo‘l uch qismga bo‘linadi: yelka kamari, tirsak va panja. Qo‘l kafti va oyoq panjalarni tasvirlashda ijodkor bir qancha to‘siqlarga duch keladi. Qo‘l va kaft qomatga nisbatan olingan proporsiyaga ega bo‘lsa ham eskizni uslublashda ularning o‘lchamlari buzilishi mumkin, lekin ular model siymosiga uyg‘un bo‘lishi kerak. Ko‘rsatmada berilgani kabi, kaftning uzunligi yuz hajmiga teng bo‘lganda proporsiya va o‘lchamning mutanosibligiga ega bo‘ladi. Yana qo‘shimcha qilib aytganda, bilakdan barmoq uchigacha bo‘lgan masofa barmoqlar yoyilgandagi masofa (qarich)ga tengligini ko‘rish mumkin. Bu holatni tasvirlashdan maqsad umumiylikdagi soddalikni ko‘rsatib, minimal elementlardan foydalangan holda, qo‘l chizmada asosiy shaklni saqlab, detallarni chizishdir. Oyoqlarni to‘g‘ri chizish uchun mushaklar tashkil qilgan konturga, uni tizza va to‘piq sohasidagi torayishiga e’tibor qaratish zarur. Oyoq panjalari bilan birgalikda oyoq proporsional ravishda qomatning umumiy qonun-qoidalarida to‘rtta modulni egallaydi. Oyoq uzunligi qomatning umumiy balandligidan yarmini tashkil etishini nazarda tutish kerak. Oyoq uchta harakatchan bo'laklardan iborat: son, boldir, panja bo‘lib, ular o‘zaro son, tizza va harakatchan bo‘laklardan iborat: son, boldir, panja bo‘lib, ular o‘zaro son, tizza va to‘piq bo‘g‘imlari bilan birlashadi. Son va boldir bir xil uzunlikda bo‘ladi. Qo‘l sxemasida bo‘lgani kabi, oyoq sxemasida ham yumaloq va ellipssimon shakllarni ustma-ust qo‘yilishdan iborat bo‘lishi mumkin. Qomat – bu odam yurganda va turganda, vertikal muvozanatini - saqlagan holda tanasining holatidir. Qomat bo‘yicha figuralar normal, bukchaygan va kekkaygan turlarga ajratiladi. Bukchaygan figurada gavdasi ozmi-ko‘pmi old tomonga og‘gan bo‘ladi. Bu holatda oldinga yo‘nalgan yelkalari pastroq yoki past bo‘ladi. Orqasi dumaloq, kuraklari turtib chiqqan, ko‘krak qafasi tor, ichiga kirgan, ko‘krak bezlari past joylashgan, qorin chiqqan. Normal qomatli figuraga nisbatan umurtqa pog‘onasi bo‘ylab bel sohasi kamroq kirgan, dumba esa kamroq chiqqan. Kekkaygan figura gavdasi orqa tomonga ko‘proq og‘ishi bilan tavsiflanadi. Yelkalari orqa tomonga yozilgan, orqasi vertikal bo‘yicha nisbatan to‘g‘ri, ko‘krak qafasi baland, kerilgan, ko‘krak bezlari baland joylashgan, qorin yassi yoki kirganroq. Bunday figuralar umurtqa pog‘onasi bel sathida ko‘proq kirgan va dumba ko‘proq chiqqani bilan normal qomatli figuralardan farq qiladi. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 481.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling