Ayol siymosini yaratishda takrorlarning ekspressivlik mohiyati


 Ilmiy tadqiqot ishining yangiligi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana02.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#197201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ayol siymosini yaratishda takrorlarning ekspressivlik mohiyati

           3. Ilmiy tadqiqot ishining yangiligi. 

               Mazkur  ilmiy  tadqiqot  ishida  Teodor  Drayzerning  “Amerika  fojiasi” 

romanida  ekspressivlikni  ifodalaydigan  uslubiy  vositalardan  biri  takrorlar 

yordamida  ayol  obrazini  yaratishda  muallif  mahorati  birinchi  marta  tadqiq 

etilmoqda.  Mazkur  ishda  “Amerika  fojiasi”  romanida  ishtirok  etgan  sakkiz  nafar 

turli tabiatli va xususiyatli ayol siymolarini yaratishda takrorlarning ekspressivlikni 

hosil  etishdagi  ahamiyati  tadqiq  etildi  va  juda  qiziqarli  natijalarga  erishildi.  Bu 

lavhalar ilmiy tadqiqot ishi 2-bobining 2.2., 2.3. fasllarida namoyish etildi. 

           4. Ilmiy tadqiqot ishining metodologik asoslari va tadqiqot metodi. 

               Ilmiy  tadqiqot  ishining  metodologik  asoslariga  K.Vanspenkerenning 

“Amerika  adabiyoti  asoslari”,  Samoxvalov  N.N.  ning  “Istoriya  amerikanskoy 

literaturi” va “Pisateli S.SH.A. o literature”, Galperin I.R. ning “Stylistics”, Arnold 

I.V.  ning  “Stilistika  sovremennogo  angliyskogo  yazika”,  Boboxonova  L.T.  ning 

“Ingliz tili stilistikasi” kabilar kiradi. 

               Mazkur  ilmiy  tadqiqot  deskriptiv  metod  asosida  olib  borildi.  Romanda 

ishtirok etgan ayollar siymosini yaratishda monologik, dialogik nutqlar muallifning 

individual  ichki  savol-javoblari,  tabiat  manzaralarining  tasviri  tadqiqot  asosini 

tashkil etdi. 

           5. Ilmiy tadqiqot ishining asosiy manbalari. 

                Galperin  I.R.,  Arnold  I.V.,  Boboxonova  L.T.,  Mirtojiyev  M., 

Qo’chqortoyev I.Q., Qilichev E.R., Zasurskiy Ya.N., Suxarenko R., Nikolayev A., 

Menshova I., Nabakov V., Azimov Q., Qayumov O., Izzat Sulton, Boltaboyev H., 

Katheryn  Van  Spanckeren, Lehan  Richard, Pizer  Donald, Helen  Dreiser, Menken 

H.L.,  internet  saytlari  hamda  Teodor  Drayzerning  1951-yilda  nashr  qilingan 

“Amerika  fojiasi”  nomli  2  tomlik  asari  va  ushbu  asarning  Erkin  Nosirov 

tarjimasidagi o’zbek tilidagi varianti mazkur ilmiy tadqiqot ishini yozishda asosiy 

manba vazifasini bajardi. 




 

           6. Ilmiy tadqiqot ishining maqsadi. 



                Amerika  yozuvchisi,  Teodor  Drayzerning  “Amerika  fojiasi”  romanida 

ayol  obrazini  yaratishda  ekspressivlikni  ifodalash  uchun  qo’llanilgan  takrorlar 

ishlatilgan  misollar,  lavhalar,  maqollar,  hikmatli  so’zlarni  tanlab  olib,  ularning 

badiiy  matndagi  obrazlilik,  bo’yoqdorlik,  ta’sirchanlikni  ifodalashdagi  muallif 

mahoratini namoyish etib, romandagi ijobiy va salbiy ayol obrazlarini tadqiq qilish 


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling