Texnologiya asosida faoliyat turlari
|
Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar
|
Chizma
|
Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
I. Yoqani yoqa o’miziga tikish |
1.1. Ostki yoqani yoqa o’miziga
|
UM
|
|
Ostki yoqa yoqa o’miziga o’ngini o’ngiga qaratib qo’yiladi. Kertimlari kertimlariga to’g’rilanib to’g’nog’ich qadaladi va ko’klanadi. So’ngra mashinada 0.7 sm chok haqi bilan biriktirib tikiladi.
|
1.2. Ostki yoqa tikilgan chok haqini dazmollash
|
Dazmol
|
Ostki yoqa yoqa o’miziga tikilgan chok haqi orasini yorib dazmollanadi. Ko’klangan iplar olib tashlanadi.
|
1.3. Ustki yoqani ostki yoqaga va bortga tikish
|
UM
|
|
Ustki yoqa adip bilan birga yig’ilgan. Adipni o’ngini o’ngiga qaratib qo’yiladi, o’rta chokini ostki yoqa o’rta chokiga to’g’rilab, yoqa va bort tomondan ostki yoqaga ko’klanadi, so’ngra mashinada 0.7 sm ag’darma chok bilan tikiladi.
|
1.4. Yoqa choklarini dazmollash va o’ngiga ag’darish
|
Dazmol
|
|
Yoqa tikilgan ag’darma chok orasini yorib dazmollanadi. Ko’klangan iplar olib tashlanadi. Bort va yoqa o’ngiga ag’dariladi va choklari to’g’rilanadi. So’ngra yoqa qismida yoqadan bort qismida old bo’lakdan kant chiqarib dazmollanadi.
|
1.5. Yoqa ziylarini to’g’rilash uchun bostirib tikish
|
UM
|
|
Yoqa ziylarini to’g’rilash uchun ko’klash o’rniga mashinada yoqa choki qaytarma qismida ostki yoqaga ag’darma chokdan 0.1-0.2 sm oraliqda bostirib tikiladi.
|
1.6. Ustki yoqa ko’tarma qismini bostirib tikish va dazmollash
|
UM,
dazmol
|
|
Ustki yoqa ko’tarma qismida qirqimlarni 0.5-0.7 sm teskari tomonga buklab, ostki yoqaning o’tkazma chokini 0.1 sm yopib yelka choklar orasidan ort bo’lakka mashinada bostirib tikiladi. So’ngra dazmollanadi.
|
1.7. Yoqa ustidan bezak bahyaqator yuritish
|
UM
|
|
Tayyor qilib tikilgan yoqa ustidan modelga muvofiq bezak bahyaqator yuritiladi 0.5 sm
|
|