Ayollar osmonning yarmini tutib turadi


Download 20.1 Kb.
bet1/3
Sana19.02.2023
Hajmi20.1 Kb.
#1214374
  1   2   3
Bog'liq
asl xoli


Ayollar osmonning yarmini tutib turadi”-Xitoydagi islohotlar va gender masalalari
Dunyodagi har beshinchi ayol Xitoyda yashaydi. Demak, gender tengligini oshirish yo'lidagi global taraqqiyot ko'p jihatdan, dunyodagi eng ko'p aholi yashaydigan mamlakatdagi ayollarning mavqeiga bog'liq.
Xitoy dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan davlatlar guruhiga kiradi. Mamlakatning so‘nggi o‘n yilliklardagi jadal iqtisodiy rivojlanishi natijasida 400 milliondan ortiq kishining hayotni yaxshilandi va qashshoqlikni bartaraf etish uchun shart-sharoitlar yaratildi. Biroq, bu yutuqlarga qaramay, ijtimoiy rivojlanish hali ham iqtisodiy o'sish sur'atlariga yetib olgani yo’q. Milliy hisobotlarda ko’rsatilishicha, Xitoyning Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishishdagi asosiy to'siqlardan biri gender tengligi tanqisligi hisoblanadi.
Tenglik yo’lida
Besh ming yildan ortiq yozma tarixga ega mamlakat, Konfutsiy ta’limoti asosidagi chuqur patriarxal madaniyatga ega edi. Ayollarga oilada va hayotda ikkinchi darajali rol berilgan va bu xulq-atvor kodeksida o’z aksini topgan : erkakka (ota, er, o’g’il) ga bo’ysunish, mehnatsevarlik va boshqalar. Oila tizimi qat'iy tartibga solish bilan ajralib turardi - ayollar oilaviy masalalarni, o'z taqdirini hal qilishda ovoz berish huquqiga ega emas edi, ularning vazifasi oshxona yoki uyning ayollar qismi edi. Oila boshlig'ining qarori va tavsiyalari so’zsiz bajarilishi shart edi. Turmushga chiqqan ayollar itoat qilishlari shart edi, agar turmush o'rtog'i va oila a’zolari norozi yoki ayol bepusht bo'lsa uydan haydab chiqarishi mumkin edi. Imperatorlar, zodagonlar va yer egalarining kanizaklari bo’lgan. Har bir yangi huquqiy normalarda hukmron sulolaga bag'ishlangan bo'lim bor edi hamda ular hukmron sinf va erkaklar manfaatlarini qo'llab-quvvatlagan.
Rais Mao boshchiligidagi Xitoy Kommunistik partiyasining siyosati gender tengligi g'oyasini va ayollar "osmonning yarmini tutib turadi" g'oyasini faol ravishda ilgari surdilar. 1954-yilgi konstitutsiya erkaklar va ayollar teng huquqliligini e'lon qildi va ko'pxotinlilikni taqiqladi. Ayollar ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ldilar; ularning davlat sanoat korxonalari va qishloq jamoasi kooperativlarida ishlashi ta’minlandi. O’sha davrda feodal jamiyatda tenglik to'liq amalga oshirilishi uchun ancha vaqt kerak edi, shunga qaramay, aynan o'sha yillar davomida jamiyatda ayollar huquqiy asoslarini shakllantirish, xotin-qizlarning roli va o'rni borasida katta o'zgarishlar yuz berdi. Mamlakatda ayollar kam haq to’lanadigan, shart-sharoitlari yomon joylarda ishlagan. Shuningdek, ular asosan uyda qilgan ishlari, bolalarni tarbiyalash, kasallarga g'amxo'rlik qilish va keksalar (ta'lim, sog'liqni saqlash va ijtimoiy himoya) ga qarash bilan shug’ullanishgan. Bu o’sha davrda ayollar ozodligi va tengligi yo’lidagi katta qadamlar edi.


Download 20.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling