Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi


TUG‘RUQNING HAYDOVCHI KUCHLARI (DARD VA TO‘LG‘OQ TUTISHI)


Download 239.88 Kb.
bet30/36
Sana06.10.2023
Hajmi239.88 Kb.
#1693389
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR

TUG‘RUQNING HAYDOVCHI KUCHLARI (DARD VA TO‘LG‘OQ TUTISHI)
Tug‘ruqning haydovchi kuchlariga: 1) bachadon muskullarining muntazam takrorlanuvchi qisqarishlari — dard tutishi, 2) dard tutishiga qo‘shiladigan qorin pressining ritm bilan qisqarishi (to‘lg‘oq) kiradi. Dard tutishi. Bachadonning qisqarishlari (dard tutishi) tug‘ruqning asosiy haydovchi kuchi hisoblanadi. Dard tutishi tufayli bachadon bo‘yni ochiladi (bachadon bo‘ynini ochuvchi dard tutishi), shu tariqa, homila va yo‘ldoshning bachadon bo‘shlig‘idan itarilib chiqishiga yo‘l ochiladi. Dard tutishi natijasida homila bachadondan haydalib chiqadi (haydovchi dard). Bachadon bo‘yni ochilgach, dard tutishiga to‘lg‘oq tutishi ham qo‘shiladi. Homilaning haydalib chiqish jarayoni tug‘ruqning ikkala kuchi (dard va to‘lg‘oq) bir vaqtda ta’sir etganligi natijasidir. Dard tutganda platsenta bachadon devorlaridan ko‘chib haydalib tushadi. (yo‘ldoshni tushiruvchi dard tutishi). Nihoyat, tug‘ruqdan keyin bir necha vaqtgacha bachadon ritm bilan qisqarib turadi (chillada dard tutishi). Dard ixtiyordan tashqari tutadi, tug‘uvchi ayol dard tutishini o‘z istagi bilan boshqara olmaydi. Dard vaqt-bavaqt, ma’lum daqiqalardan keyin tutadi; dard tutishlar o‘rtasida o‘tadigan vaqt pauza deb ataladi. Bachadon qisqarishi, odatda og‘riqli bo‘ladi, lekin turli ayollar bu og‘riqni turli darajada sezadi. Bachadon qisqarishi uning tubi va nay burchaklari sohasidan boshlanadi-da, tez orada bachadon tanasining pastki segmentgacha hamma muskullariga yoyiladi. Bachadonning pastki segmentida silliq muskul tolalari kamroq, shuning uchun tug‘ruq vaqtida pastki segment cho‘ziladi va yupqa tortadi.Har bir dard tutishi muayyan tartib bilan avj oladi; bachadon qisqarishi sekin-asta kuchayib, eng yuqori darajasiga yetadi; so‘ngra muskullar bo‘shashadi, pauza boshlanadi. Bachadonning zichlashuvi, qotishi so‘ngra sekin-asta bo‘shashuvi qo‘l bilan tekshirilganda osongina payqaladi. Tug‘ruq boshlanganda har bir dard tutishi 10–15 sekund davom etadi tug‘ruq oxiriga yaqinlashib esa o‘rta hisob bilan 1 daqiqaga cho‘ziladi. Tug‘ruq boshlarida dard tutishlar o‘rtasidagi pauzalar 20–15–10 daqiqa davom etib, keyin qisqaradi, homilaning tug‘ilish davriga yaqin har 2–3 daqiqada va hatto undan ham tezroq dard tutib turadi. To‘lg‘oq. Tug‘ruqning haydovchi kuchlaridan ikkinchisi – to‘lg‘oq – qorin pressi va diafragma ko‘ndalang-targ‘il muskullarining qisqarishidan iborat. Bachadon bo‘yni, parametral kletchatka va chanoq tubining muskullaridagi asab elementlariga homilaning oldinda yotgan qismi ta’sir etishi natijasida refleks yo‘l bilan to‘lg‘oq tutadi. To‘lg‘oq ixtiyordan tashqari tutadi, ammo tug‘uvchi ayol to‘lg‘oqni ma’lum darajada boshqara oladi. Tug‘uvchi ayol to‘lg‘oqni akusherning ko‘rsatmasi bilan kuchaytiradi yoki kamaytiradi. To‘lg‘oq vaqtida qorin ichidagi bosim ko‘tariladi. Ayni vaqtda bachadon ichidagi bosimning ko‘tarilishi (dard tutishi) va qorin ichidagi bosimning ko‘tarilishi (to‘lg‘oq) shunga olib keladiki, bachadon ichidagi homila va yo‘ldosh qarshilik kam tomonga,ya’ni kichik chanoq tomonga intiladi.

Download 239.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling