Ayollarni jamiyatdagi o’rni Muallif: Xalqaro Nordic Universiteti mtm 123-guruh 1-kurs talabasi Ikromova Zulfiya Kalit so’zlar: Ayol, go’zal hilqat, tog’dek iroda, jamiyatdagi burch Anotatsiya: U


Download 16.59 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi16.59 Kb.
#1557231
Bog'liq
Ayollarning jamiyatda tutgan o\'rni11



Ayollarni jamiyatdagi o’rni 
Muallif: Xalqaro Nordic Universiteti MTM 123-guruh 1-kurs talabasi 
Ikromova Zulfiya 
Kalit so’zlar: Ayol, go’zal hilqat, tog’dek iroda, jamiyatdagi burch 
Anotatsiya: Ushbu maqolada ayollar va ularning jamiyat haqyotida tutgan o’rni 
haqida va uning hozirgi kundagi burch va majburyatlari haqida so’z olib borilgan 
bo’lib, bunda ayollarimizning necha foizi barcha sohalarga kirib borganliklari va 
bugungi kunda tutgan o’rinlari , ularga qaratiladigan imkoniyatlar haqida fikrlar 
berilgan.
Ayol-naqadar go’zal hilqat. Ayol borki olam munavvar! Ayol ona, ayol 
rafiqa,ayol singil. Bu muqqadas bir zotki, uning bilan olam munavvar uning bilan 
oila vatan xonadon oboddir. Ayol- bu sadoqatli yor ko’ngillarga zavq-shavq 
bag’ishlovchi hayotni go’zal qiluvchi, ibo-hayoni o’zida mujassam etgan bir 
xilqatdir. Xalqimizda qiz farzand dunyoga kelsa unga boshqacha mehr va muhabbat 
bilan qaraladi, uni chiroyli ism berib tarbiyasiga alohida etibor qaratiladi, e’zozlab 
asrab avaylanadi. Ayollarni e’zozlagan xalq ham qudratli bo’ladi. O’zi ojiza qilib 
yaratilishiga qaramasdan qalbi keng, kuchi tog’larni talqon qilishga yeta oladigan 
ayollarimiz Quroni karimda ham e’zozlangandirlar. Ayol mo’tabar, ayollarimizga 
qanchalik tariflar bersak ham kam. Hayotimiz asosi, koʻrki va millatimiz kelajagi 
ayol boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi. Bugungi kunda oʻz aqli, bilimi va 
isteʼdodi, mehnatsevarligi va shijoati bilan hayotning hal qiluvchi sohalarini tebratib 
– bu oila bekaligi boʻladimi, davlat va jamiyat boshqaruvi, tibbiyot taʼlim-tarbiya, 
madaniyat ilm-fan taraqqiyoti boʻladimi, fermerlik harakati va kasanachilik, kichik 
biznes tadbirkorlik boʻladimi mana shunday murakkab vazifalarni ayollar samarali 
ado etib kelmoqdalar. Bugungi kun ayolining ilmi, iqtidori, zakovati ijodkorligi, 
yaratuvchanligi dunyoni yana bir karra lol qoldirmoqda. Oʻzlikni anglash, barkamol 
shaxsni voyaga yetkazish, sogʻlom turmush tarzini yaratish, tarixiy qadriyatlar, 
milliy anʼanalar davomiyligini taʼminlash, xatto jamiyatni demokratlashtirish kabi 
global muammolarni ayolsiz, uning ishtirokisiz tasavvur etish qiyin. 


 Ayol va uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamisha muhim mezon bo‘lib kelgan. 
Har qanday davlat va jamiyat taraqqiyoti bir qator omillar asosida yuz beradi. Bu 
jarayonda ayollar, ularning ijtimoiy-siyosiy munosabatlardagi ishtiroki, huquq va 
erkinliklari amalda ta’minlanganligi masalasi – davlatlar rivojining hamda 
demokratiyaning muhim indeksi sanaladi. Zotan, ayol va uning jamiyat hayotidagi 
o‘rni hamisha muhim mezon bo‘lib kelgan. 
Bugungi kunda Ayollarimizning jamiyatda tutgan mavqeyi juda ham kata. 
Birir tashkilot yo’qki unda ayol kishi faoliyat olib bormaydi deb aytishga. Ayol bor 
joyda tartib, intizom, tozalik va ozodalik, madaniyat va marifat gullab yashnaydi. 
Xodimlar orasida bir dona ayol bo’ldimi bu sohada rivojlanish albatta bo’ladi.
Davlatimizning ayollarga berayotgan imkoniyatlari juda ham kattadir. 
Masalan o’z faoliyatimizni olib qarasam men xozirda Xalqaro Nordik universiteti 1-
kurs talabasi bo’lishga erishdim. Bu o’qishimni masofadan amalga oshirmoqdaman. 
Bu bir imkoniyat bo’lib yana bir imkoniyatimiz kantrakt so’mmasini to’lashimiz 
uchun ham ayollarga imtiyoz tariqasida 7 yillik foizsiz ta’lim krediti ajratilmoqda. 
Bu ham biz ayollarni qo’llab quvvatlanayotganligimiz va oliy ma’lumotli 
bo’lishimiz uchun qaratiladigan tadbirlardan biridir.
Bugungi kunda ayollarimiz kirib bormagan soha yo’qki ularni etiborsiz 
qoldirishga. Oxirgi yillarda amalga oshirilgan islohotlarning natijasi o‘laroq, milliy 
parlamentimizda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos 
darajaga yetib, 32 foizni tashkil etdi. Xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasidagi ulushi 
35 foiz va oliy ta’limda 46 foizdan yuqori. Davlat boshqaruvida 1,5 mingga yaqin 
mutaxassis xotin-qiz turli darajadagi rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib, tizimda 
ayollarning ulushi 33 foizni tashkil etmoqda va bu ko‘rsatkich jadal sur’atda oshib 
bormoqda. 
Xulosa 
Xulosa qilib aytganda, jamiyatda ayol qadr-qimmati, uning huquq va 
erkinliklarini himoya qilish borasida davlat bosh islohotchi sifatida namoyon 


bo‘lmoqda. Zotan, jamiyatda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ifoda etish, 
davlat va jamiyat munosabatlarida ayollarning o‘rni va rolini yanada oshirish, 
ularning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy sohalarda manfaatlarini himoya qilish masalasi 
Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans avlodini shakllantirishning asosiy 
shartlaridan biri hisoblanadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. “Ayol borki olam munavvar ”- maqola . Toshkent// ma’rifat gazetasi
 
2. “E’zoz uchunyaralgan ayol”-maqola . Toshkent// Malika Qodirova 
.O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi raisi. 
 
3. Arxiv.uz
 
 

Download 16.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling