Ayollarni jamiyatdagi o’rni Muallif: Xalqaro Nordic Universiteti mtm 123-guruh 1-kurs talabasi Ikromova Zulfiya Kalit so’zlar: Ayol, go’zal hilqat, tog’dek iroda, jamiyatdagi burch Anotatsiya: U
Download 20.29 Kb.
|
Ayollarni jamiyatdagi o\'rni tezes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar “Ayol borki olam munavvar ”- maqola . Toshkent// ma’rifat gazetasi
Ayollarni jamiyatdagi o’rni Muallif: Xalqaro Nordic Universiteti MTM 123-guruh 1-kurs talabasi Ikromova Zulfiya Kalit so’zlar: Ayol, go’zal hilqat, tog’dek iroda, jamiyatdagi burch Anotatsiya: Ushbu maqolada ayollar va ularning jamiyat haqyotida tutgan o’rni haqida va uning hozirgi kundagi burch va majburyatlari haqida so’z olib borilgan bo’lib, bunda ayollarimizning necha foizi barcha sohalarga kirib borganliklari va bugungi kunda tutgan o’rinlari , ularga qaratiladigan imkoniyatlar haqida fikrlar berilgan. Ayol-naqadar go’zal hilqat. Ayol borki olam munavvar! Ayol ona, ayol rafiqa,ayol singil. Bu muqqadas bir zotki, uning bilan olam munavvar uning bilan oila vatan xonadon oboddir. Ayol- bu sadoqatli yor ko’ngillarga zavq-shavq bag’ishlovchi hayotni go’zal qiluvchi, ibo-hayoni o’zida mujassam etgan bir xilqatdir. Xalqimizda qiz farzand dunyoga kelsa unga boshqacha mehr va muhabbat bilan qaraladi, uni chiroyli ism berib tarbiyasiga alohida etibor qaratiladi, e’zozlab asrab avaylanadi. Ayollarni e’zozlagan xalq ham qudratli bo’ladi. O’zi ojiza qilib yaratilishiga qaramasdan qalbi keng, kuchi tog’larni talqon qilishga yeta oladigan ayollarimiz Quroni karimda ham e’zozlangandirlar. Ayol mo’tabar, ayollarimizga qanchalik tariflar bersak ham kam. Hayotimiz asosi, koʻrki va millatimiz kelajagi ayol boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi. Bugungi kunda oʻz aqli, bilimi va isteʼdodi, mehnatsevarligi va shijoati bilan hayotning hal qiluvchi sohalarini tebratib – bu oila bekaligi boʻladimi, davlat va jamiyat boshqaruvi, tibbiyot taʼlim-tarbiya, madaniyat ilm-fan taraqqiyoti boʻladimi, fermerlik harakati va kasanachilik, kichik biznes tadbirkorlik boʻladimi mana shunday murakkab vazifalarni ayollar samarali ado etib kelmoqdalar. Bugungi kun ayolining ilmi, iqtidori, zakovati ijodkorligi, yaratuvchanligi dunyoni yana bir karra lol qoldirmoqda. Oʻzlikni anglash, barkamol shaxsni voyaga yetkazish, sogʻlom turmush tarzini yaratish, tarixiy qadriyatlar, milliy anʼanalar davomiyligini taʼminlash, xatto jamiyatni demokratlashtirish kabi global muammolarni ayolsiz, uning ishtirokisiz tasavvur etish qiyin. Ayol va uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamisha muhim mezon bo‘lib kelgan. Har qanday davlat va jamiyat taraqqiyoti bir qator omillar asosida yuz beradi. Bu jarayonda ayollar, ularning ijtimoiy-siyosiy munosabatlardagi ishtiroki, huquq va erkinliklari amalda ta’minlanganligi masalasi – davlatlar rivojining hamda demokratiyaning muhim indeksi sanaladi. Zotan, ayol va uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamisha muhim mezon bo‘lib kelgan. Bugungi kunda Ayollarimizning jamiyatda tutgan mavqeyi juda ham kata. Birir tashkilot yo’qki unda ayol kishi faoliyat olib bormaydi deb aytishga. Ayol bor joyda tartib, intizom, tozalik va ozodalik, madaniyat va marifat gullab yashnaydi. Xodimlar orasida bir dona ayol bo’ldimi bu sohada rivojlanish albatta bo’ladi. Davlatimizning ayollarga berayotgan imkoniyatlari juda ham kattadir. Masalan o’z faoliyatimizni olib qarasam men xozirda Xalqaro Nordik universiteti 1-kurs talabasi bo’lishga erishdim. Bu o’qishimni masofadan amalga oshirmoqdaman. Bu bir imkoniyat bo’lib yana bir imkoniyatimiz kantrakt so’mmasini to’lashimiz uchun ham ayollarga imtiyoz tariqasida 7 yillik foizsiz ta’lim krediti ajratilmoqda. Bu ham biz ayollarni qo’llab quvvatlanayotganligimiz va oliy ma’lumotli bo’lishimiz uchun qaratiladigan tadbirlardan biridir. Bugungi kunda ayollarimiz kirib bormagan soha yo’qki ularni etiborsiz qoldirishga. Oxirgi yillarda amalga oshirilgan islohotlarning natijasi o‘laroq, milliy parlamentimizda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, 32 foizni tashkil etdi. Xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasidagi ulushi 35 foiz va oliy ta’limda 46 foizdan yuqori. Davlat boshqaruvida 1,5 mingga yaqin mutaxassis xotin-qiz turli darajadagi rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib, tizimda ayollarning ulushi 33 foizni tashkil etmoqda va bu ko‘rsatkich jadal sur’atda oshib bormoqda. Xulosa Xulosa qilib aytganda, jamiyatda ayol qadr-qimmati, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida davlat bosh islohotchi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Zotan, jamiyatda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ifoda etish, davlat va jamiyat munosabatlarida ayollarning o‘rni va rolini yanada oshirish, ularning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy sohalarda manfaatlarini himoya qilish masalasi Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans avlodini shakllantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar “Ayol borki olam munavvar ”- maqola . Toshkent// ma’rifat gazetasi “E’zoz uchunyaralgan ayol”-maqola . Toshkent// Malika Qodirova .O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi raisi. Arxiv.uz Download 20.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling