Ayrim xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul to’g’risida
Download 22.29 Kb.
|
Ayrim xorijiy mamlakatlar oliy ta
Ayrim xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul to’g’risida Taraqqiyot asosi ta’limda. Butun dunyoda shunday. Ta’limga, ayniqsa, oliy ta’lim muassasasiga qabul mezoni aynan shundan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi. Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarida oliy ta’lim muassasalariga qabul turli mezonlar asosida amalga oshirilmoqda. Abituriyentlarimiz uchun chet ellarda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul tartibi qiziqarli bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, xorijiy tajriba va internet manbalari asosida ayrim xorijiy mamlakatlar haqida mavzuga oid qisqacha ma’lumotlar tayyorlandi. 1. AQSH, ANGLIYA, ROSSIYA, KANADA, FRANSIYA, ITALIYA va boshqa xorijiy davlatlarda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul kirish sinovlarisiz amalga oshiriladi. Bunda o‘rta ma’lumot haqidagi hujjat (attestat, diplom) asosiy hujjat hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarining birinchi kursi uchun o‘rinlarga cheklov qo‘yilmaydi. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul imtiyoz sifatida emas, insonning tabiiy huquqi va ijtimoiy mavqega erishishning zaruriy sharti deb qaraladi. 2. GERMANIYA. Bu mamlakatda 12 yillik majburiy ta’lim amal qiladi (6-18 yosh). Davlat maktablarida o‘qish bepul. Oliy ta’lim muassasalari qabulida cheklov bor (kvota mavjud). Xohlovchilar tomonidan berilgan arizalar navbati asosida (kim oldin ariza bersa) qabul qilinadi. Kvotadan oshib ketganlar keyingi yilga navbatga turadi va ular birinchi navbatda qabul qilinadi. Davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qish bepul. Tabiiy fanlar, tibbiyot, yurisprudensiya kabi ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish uchun ayrim oliy ta’lim muassasalari tomonidan qo‘shimcha esse, suhbat va shu kabilar o‘tkazilishi mumkin. Qabulning asosiy mezoni o‘rta maktab tomonidan berilgan Attestatdagi o‘rtacha ball hisoblanadi. Abituriyent oliy ta’lim muassasasiga ariza berish uchun o‘rta maktabda Abitur diplomini olgan bo‘lishi shart. Bu diplomni olish uchun 4 fandan yozma yoki og‘zaki imtihon topshiradi. Ushbu imtihonlarni topshirishga ruxsatnoma olish uchun o‘quvchi 28 ta kursni o‘qigan bo‘lishi shart. Abitur diplomini olish uchun imtihonlar 16 ta hudud (zemel)dan 6 tasida Markazlashgan holda amalga oshiriladi. 3. BUYUK BRITANIYA. GCSE – hujjati majburiy ta’lim olganligi haqidagi hujjat hisoblanadi. Bu hujjatni olish uchun 14 yoshli o‘quvchilar 2 yil (14-16 yoshda) maxsus maktablarda o‘qigan bo‘lishi shart. Ular 8 ta fandan imtihon topshiradilar. Imtihonlarni Maxsus malakali qo‘mita ishlab chiqadi. Angliyada imtihon natijalari A*, A, V, S, D, Ye, F va U (U –qoniqarsiz baho) asosida baholanadi. Baholar keyingi paytlarda 1 dan 9 gacha raqamlarda ham baholanmoqda. Natija qoniqarsiz bo‘lganda imtihonlarni qayta topshirish mumkin. GCSE hujjatiga ega o‘quvchioliy ta’lim muassasasiga kirishi uchun A (A- Levels) kurslarini (1-2 yil) o‘qishi shart. Bunda 2 yoki 3 ta (OTM yo‘nalishlariga mos) fandan imtihon topshiradi. A (A- Levels) sertifikati oliy ta’lim muassasasiga qabul qilishda yetarli hisoblanadi.Lekin oliy ta’lim muassasalari baholarga nisbatan cheklovlar qo‘yadi, ya’ni qabul qilish uchun baholar faqat A* va A yoki S dan past bo‘lmasligi yoxud kamida natija 3 ta fandan A* bo‘lishi lozim. Ayrimlarida qo‘shimcha imtihon (suhbat yoki esse ) olinishi ham mumkin. O‘qishning oxirgi sinfida 6 taoliy ta’lim muassasasiga oraliq baholarni ko‘rsatgan holda ariza berish mumkin. Maktab rahbariyati o‘quvchi haqidagi tavsifnomani oliy ta’lim muassasalariga yuboradi. O‘quvchilarning arizalariga rozilik yoki rad javoblari beriladi. Rozilik “Shartli” yoki “Shartsiz” bo‘lishi mumkin. Javob “Shartsiz” bo‘lsa, o‘quvchi oxirgi sinfni qanday baholarga tugatishidan qat’iy nazar, unga Oliy ta’lim muassasasidan joy ajratiladi. Rozilik “Shartli” bo‘lsa, u maktabni tugatish ballari ham inobatga olinishini bildiradi. Qancha oliy ta’lim muassasasidan rozilik olishniidan qat’i nazar, o‘quvchi maktabni tugatish arafasida 2 ta OTMni, 1-chisini “qat’iy tanlov”, 2-chisini “zahira variant” sifatida tanlashi shart. Agar bitiruvchi Oliy ta’lim muassasasi talabida belgilangan ballni yig‘a olsa, 1-chi “qat’iy tanlov”dagi OTMga, agar ball 2-chi “zahira variant”dagi OTMga yetarli bo‘lsa, unga qabul qilinadi. Agar to‘plagan ballari 2 ta tanlagan OTMga o‘qishga kirishga ham yetarli bo‘lmagan taqdirda, abituriyent bo‘sh joyi bo‘lgan oliy ta’lim muassasasini izlab topishi kerak bo‘ladi. Xuddi shunday hech qaysi oliy ta’lim muassasasidan rozilik kelmagan abituriyent ham bo‘sh joyi bor OTMni izlashiga to‘g‘ri keladi. Umuman hech bir oliy ta’lim muassasasiga qabul qilinmagan (bali yetarli bo‘lmagan) abituriyent A (A- Levels)imtihonlarini qayta topshirib, kelgusi yil OTMlarga arizalar berishi mumkin. 3. FRANSIYA. Fransiyada abituriyent yuqori maktab yoki 3-yillik Litseyni tugatish jarayonida davlat imtihonini topshiradi. Bunda butun mamlakatda bir vaqtda esse yozilib, u maxsus komissiya tomonidan baholanadi. Universitetlar Litsey diplomi bilan ariza (hujjat) qabul qiladi. Ayrim Oliy ta’lim muassasalarida test (yoki Concours- imtihoni) qo‘shimcha qabul imtihoni sifatida qo‘llaniladi. Litsey 3 yo‘nalishdagi VAS (bakalavr) diplomini beradi. Diplomlar VAS-YeS (iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar), VAS-L (adabiyot va tillar) va VAS-S (tabiiy fanlar) yo‘nalishlari bo‘yicha beriladi. Oliy ta’lim muassasalari abituriyentga faqat o‘rinlar to‘lganligi munosabati bilan rad javobini berishi mumkin. Ta’lim vazirligi imtihonlar mavzusi, jadvali va o‘tkazish tartibini belgilaydi. Imtihon materiallari akademiyalar tomonidan, ishlarni tekshirish o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi. 4. AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI. Har yili oliy ta’lim muassasalari kirish (o‘tish) ballarini e’lon qiladi. SAT ni topshirib, belgilangan miqdorda ball olgan abituriyent oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshiradi. SAT ni topshirish pullik va uni toshirish hamma o‘quvchiga (bitiruvchiga) majburiy emas. Ayrim oliy ta’lim muassasalarida SAT balidan tashqari, o‘zlarining maxsus imtihonlari (esse, suhbat) o‘tkaziladi. SAT testidan yuqori ball olib, suhbatdan o‘ta olmasgan abituriyent oliy ta’lim muassasasiga qabul qilinmasligi, aksincha, testdan past ball olib, suhbat paytida o‘zining iqtidorini ko‘rsatgan abituriyent o‘qishga qabul qilinishi mumkin. AQShda yagona davlat test sinovi yo‘q. Shuning uchun ham oliy ta’lim muassasalari tomonidan testlar tuzilib, abituriyentlarga yuboriladi. Maktab tomonidan tavsifnomasi, abituriyent arizasi bilan yuboriladi. SAT testilarini davlat nazoratida bo‘lmagan maxsus komitet (a’zolari har xil OTMlardan) ham tuzadi. Majburiy fan Matematika va ingliz tili. Matematika savollari oson, ammo ingliz tili bo‘yicha savollar juda qiyin tuziladi. 5. ITALIYA. Italiyada ijobiy baholar bilan maktabni bitirganlar 2 ta yozma va 1 ta og‘zaki imtihon topshiradi. Yozma ishni vazirlik belgilaydi, og‘zaki imtihon maktabda o‘qitilgan 2 ta fandan belgilanadi. Ushbu imtihonlardan o‘tganlarga berilgan diplom bilan oliy ta’lim muassasasiga ariza topshirish mumkin. 6. ROSSIYA. YEGE (Yagona davlat imtihoni) Rossiyada o‘quvchilarning maktabni bitiruv imtihoni ekanligi bilan birga, oliy ta’lim muassasasiga qabul imtihoni ham hisoblanadi. YEGE ni qayta topshirish mumkin. Majburiy fan: Rus tili, Matematika. Tanlov fanlari tillar, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, adabiyot, tarix, jamiyatshunoslik, informatika. O‘quvchi Matematika fanidan imtihon topshirganda tayanch va profilga mos fan sifatida faqat bittasini topshiradi. Fanlardan imtihonlar 3 ta muddatda – mart-aprel (dastlabki), may-iyun (asosiy) vaiyul (qo‘shimcha muddat)da topshiriladi. Qo‘shimcha muddat (iyul) kasalligi, harbiy xizmatda bo‘lganligi yoki boshqa uzrli sabab bilan qatnasha olmaganlar uchun belgilangan. Har xil muddatlarda topshirilgan imtihon bali (natijasi) bir xil kuchga ega, ya’ni ijobiy baholar bilan oliy ta’lim muassasasiga ariza berish mumkin. Ayrim oliy ta’lim muassasalarida qo‘shimcha imtihonlar o‘tkaziladi. 7. YAPONIYA. Yaponiyada 2 tur sinov o‘tkaziladi. 1-tur imtihon markazlashgan holda, oliy ta’lim muassasasiga kirishdan (ariza topshirishdan) 6 oy oldin o‘tkaziladi. Bu imtihon majburiy bo‘lib, davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 12 fandan test o‘tkaziladi. Test sinovi o‘tkaziladigan fanlar soni oliy ta’lim muassasasi talabi bo‘yicha belgilanadi. 2-tur imtihonlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkaziladi. Bu imtihonni topshirish qiyinroq bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari (va fakultetlar)da yozma, suhbat va boshqa har xil shakllarda tashkil etiladi. 8. UKRAINA. Ukrainada VNT – tashqi test sinovi orqali oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul amalga oshiriladi. Majburiy fan ukrain tili va adabiyoti va tanlov fani (yoki matematika yoki Ukraina tarixi)dir. Qolgan fanlar bo‘yicha tanlov asosida 5 tagacha fandan test sinovi topshiriladi. Test sinovlarida yopiq, qiyoslash va ochiq test topshiriqlaridan foydalaniladi. 9. XITOY. «Gaokao» – bitiruvchilarning davlat imtihoni hisoblanib, Xitoyning barcha maktablarida bir kunda va bir vaqtda o‘tkaziladi. Testga ruchka, qalam, rezinka, lineyka va sirkul olib kelish mumkin, boshqa narsalar, hatto suv ham olib kirilmaydi. Tartib-intizom juda qattiq, uni buzganlarga qat’iy choralar ko‘riladi. 10. ISROIL. Bitiruvchilar Isroilda 7 yil kuchga ega bo‘lgan sertifikatni olish uchun 3 ta yo‘nalishda – ingliz tili, matematik qobiliyat va verbal taffakurdan psixometrik imtihon (test) topshiradi. Bajarilgan talab asosida olingan bu sertifikat bilan oliy ta’lim muassasasiga qabul o‘tkaziladi. Download 22.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling