Azal mulkining sultoni alisher navoiy


Download 9.77 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi9.77 Kb.
#1507424
Bog'liq
ALISHER NAVOIY


G’AZAL MULKINING SULTONI
ALISHER NAVOIY


Alisher Navoiy oʻzbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulugʻ siymolardan biridir. Zamondoshlari uni “Nizomiddin Mir Alisher” deb ulugʻlaganlar. “Nizomiddin” - din nizomi deganidir. Koʻpincha, mansab egalariga nisbatan aytilgan “mir” - amir demakdir.
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy- shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf.
Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevral kuni Xuroson davlatining poytaxti — hozirgi Afgʻoniston hududidagi Hirot shahrining Bogʻi Davlatxona mavzesida tugʻildi.
Alisher Navoiy ikki tilda mukammal ijod qilgan. Turkiy tilda “Navoiy”, forsiy tilda esa “Foniy” taxalluslarini qoʻllagan.
Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini 4 faslga boʻlish mumkin: 1. Devonlari. 2. Dostonlari. 3. Forsiy tildagi sheʼriy merosi. 4. Ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlari.
Alisher Navoiyning oʻzbek tilida yaratgan sheʼriy merosi asosan "Xazoyin ul-maoniy" devoniga jamlangan. 
“Xamsa”ning yaratilishi turkiy xalqlar adabiyotida muhim voqelik boʻlgan. Shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq „Xamsa“ yaratdi va shu bilan turkiy tilda koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. “Xamsa” yaʼni “Besh doston” asarini yaratish - mumtoz sharq adabiyotining eng mukammal anʼanalaridan biri boʻlgan.

Alisher Navoiy hikmatlaridan



Tilga ixtiyorsiz — elga eʼtiborsiz.
*****
Odam — tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir. Uning tili orqali boshqa odamlardan afzalligi bilinadi. Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq nomaʼqul boʻlib chiqsa — tilning ofatidir.
*****
Kimki, yolgʻon soʻzni birovga toʻnkagay, oʻz qora yuzini yogʻga bulaydi. Ozgina yolgʻon ham ulugʻ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir.
*****
Nafʼing agar xalqqa beshakdurur
Bilki, bu nafʼ oʻzungga koʻprakdurur.

*****
Odami ersang demagil odami,
Onikim yoʻq xalq gʻamidin gʻami.

*****
Onalar oyogʻi ostidadur
Ravzayi jannatu jinon bogʻi.
Ravza bogʻi visolin istar esang,
Boʻl onaning oyogʻin tuprogʻi.

*****
Yigitlikda yigʻ ilmning maxzani,
Qarilik chogʻi sarf qilgʻil ani.

Download 9.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling