A`zam O`ktam she`rlarida lirik qahramon ruhiyatining yoritilishi. Mahammadiyev Ahadjon adu adabiyotshunoslik kafedrasi o`qituvchisi


Download 16.58 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi16.58 Kb.
#214417
Bog'liq
A`zam o`ktam she`rlarida lirik qahramon ruhiyatining yoritilishi


A`zam O`ktam she`rlarida lirik qahramon ruhiyatining yoritilishi.

Mahammadiyev Ahadjon



ADU Adabiyotshunoslik kafedrasi o`qituvchisi

Lirik asarlarda ko`p hollarda lirik qahramon ijodkorning o`zi hisoblanadi. Shuning uchun lirik qahramonning ruhiy dunyosini, uning ichki olamini teranroq his qilish uchun uchun ijodkorning biografiyasiga murojaat qilinadi. Ma`lum bir mavzuda yozilgan she`rlarda ijodkorning shaxsiy qarashlari va ichki olamida yuz berayotgan o`zgarishlarni chuqurroq anglash va ularga oqilona yondoshish kerak bo`ladi. Qahramonning ruhiyati asosiy o`ringa chiqadi va bu lirik asarda o`zini namoyon qiladi. A`zam O`ktam ham o`z she`rlarida lirik qahramonning ruhiy holatini ko`rsatib berish uchun bir qator tashbehlardan, ajoyib vositalardan foydalangan. Ijodkor she`rlaridagi lirik qahramon millat va jins tanlamaydi. Hammaga birdek tanish tuyuladi. Shoirning she`rlarini o`qigan she`rxon beixtiyor o`sha she`rda o`zini ko`radi. She`rdagi inja tuyg`ular juda tez “yuqadi”.

Ijodkor “O`yin” deb nomlangan she`rida lirik qahramon holatini kutilmagan tasvirlar orqali beradi. Bu she`rda lirik qahramon ijodkorning o`zi hisoblanadi. Ijodkor o`z qalbidan o`tayotgan alamli tuyg`ularni taqdir o`yin qilganini iztirob bilan yozadi. Lirik qahramon daralarga borib o`zining ulug`ligini ko`rsatib qo`yish maqsadida “Men ulug`” deb hayqiradi. Dara esa hotirjam tarzda uni nazariga ilmagandek “G`ulu” deb aks sado beradi. Bundan ko`rinadiki, qahramon bu hayotda nimani istasa, nimaga intilsa hayot unga teskarisini bergan. Uning ichida bir qancha iztiroblar tinmay g`alayon qiladi. Bir lahza bo`lsada hayotdan rohatlanishga qo`ymaydi. Ijodkorning qalbidagi o`jarlik ikkinchi bandda o`z aksini topadi. Lirik qahramon endi kelajakdan fol ochishini so`rasa taqdir yana qaysarlik qiladi va unga fol so`zining teskarisini aytadi. Xuddiki, uning shuncha yashagan umri yolg`on bo`lgan-u, endilikda kelajagi ham lof. Endi tasavvur qilib ko`radigan bo`lsak, qarangga, bir odamni yashagan umri sarob bo`lib chiqsa, qanday ahvolga tushadi. Endi masalaning ikkinchi tomoni ham borki, undan aslo yuz burib bo`lmaydi. Inson yashab kelgan yoki yashayotgan davrigina haqiqat va undan boshqa barchasi, xususan, kelajak ham lof, yolg`on. Inson bugungi kuni bilan yashashi lozim deb uqtirilayotgandek taassurot qoldiradi. She`rning oxirgi bandida esa lirik qahramonning ruhiyati ayni o`zini ko`rsatadi. Chunki taqdir unga shu paytgacha qanday munosabatda bo`lgan-u , u taqdirga, hayotga nisbatan qanday munosabatda bo`lganligi yaqqol ko`zga tashlanadi. Qahramon doimo hayotga intilgan, hayotni sevib yashagan, uning har bir istaklarini bajarishga harakat qilgan. Lekin, ters taqdir uni doimo qiynab kelgan. Ayni shu bandda lirik qahramonning ruhiy dunyosi to`laligicha bo`y korsatadi.

Ingradim:

“Oh, oh, oh,”.

Gumburlaydi:

“Ho, ho, ho”.

Ana endi bir tasavvur qiling: siz hayotning barcha shartlariga rozi bo`lgan holda undan nimadir kutasiz, u esa sizga kutganingizning ayni teskarisini sovg`a qiladi. Lirik qahramon ham ayni shu holatga tushgan.

Shoirning yana bir “Ixtiro” deb nomlangan she`rida ham kishini o`yga toldiruvchi va diqqatni to`zg`itib yuboruvchi hukmni anglash mumkin. O`zining ruhiy holatini o`quvchiga ham yuqtira oladi. Bu she`rni o`qigan inson bevosita o`yga toladi. Uning ruhiy olamida qandaydir o`zgarishlar yuz bera boshlaydi. Bir lahzaga bo`lsa ham o`yga toladi va inson o`zining shu paytga qadar sodir etgan xatolarini bir-bir ko`z oldidan o`tkazadi.

Aqlim endi yetyapti oz-moz:

Astoydil qasd qilsa bas odam,

Aylanadi kundaga qog`oz

Bolta bo`lar bemalol qalam.

Tafakkur qilishga undaydigan to`rtlik. Insoniyatni qay darajada tubanligini, ayniqsa qog`oz va qalam yordamida qilish mumkin bo`lgan ishlarni bolt ava kunda yordamida ham qilib bo`la olmasligini juda chiroyli tarzda tasvirlagan. Insonni o`ldirish uchun bolta va kunda shart emas. Uni qog`oz va qalam yordamida ham o`ldirsa bo`ladi. Qarang, ijodkor fikrlashning juda yuqori cho`qqisiga chiqib borgan. Shuning uchun ham lirik qahramonning ruhiyatiga ilashmoq uchun oz bo`lsa-da fikrlash lozim bo`ladi. Umuman, A`zam O`ktamning har bir she`rini o`qish va unda ilgari surilgan g`oyani tushunish, lirik qahramonning ruhiy dunyosini his qila olish, undagi dardni o`zimizga “yuqtirish” uchun bizdan kata tayyorgarlik talab etiladi. Chunki ijodkorning biron she`ri shunchaki yozilgan emas, balki yuksak bir ko`ngildan to`kilgan inja tuyg`ularning suratidir.

A`zam O`ktam chin ma`noda o`z ovoziga ega ijodkor edi. Yozgan har bir she`rida uning ovozi eshitiladi, har bir misrasida uning nafasi sezilib turadi. O`zbek she`riyatida o`zining sezilarli o`rniga ega ijodkor edi.

Turaverar kerib ko`kragin,



A`zam O`ktam o`lar – egilsa.

Ijodkorning yozgan har bir she`ri o`zi aytgandek bugungi o`zbek she`riyatida viqor bilan ko`krak kerib turibdi. Haqiqiy she`r muhlislari, ruhiyat dunyosi keng kitobxonlar bor ekan A`zam O`ktamning ovozi hech qachon so`nmaydi. Qancha ko`p o`qilgan sayin insonni o`zligini topishga undovchi chaqiriq bo`lib qolaveradi.
Download 16.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling