AZEOTROP ARALASHMALAR VA ULARNI AJRATISH. SUYUQLIKNING O’ZARO ERISHI. REJA: 1.Azeotrop aralashmalarni ajratish. 2.Suyuqliklarni o’zaro erishi. 3.Amalda bir-birida erimaydigan suyuqliklar aralashmalarining bug’ bosimi va ularni haydash. Azeotrop aralashmalarni ajratish. Azeotrop aralashmalarni ajratish. Bu toifa aralashmalarni haydashni (ajratishni) bug’ egrisida minimum nuqta hosil qiladigan sistema misolida ko’ramiz: Agar dastlabki aralashmaning tarkibi (N1) ekstremum nuqtaning chap tarafiga to’g’ri kelsa, bosqichli haydash jarayonida aralashma A –komponent va azeotrop aralashma (S) ga ajraladi. Agar aralashma (N3) ekstremum nuqtaning ung tomonida bo’lsa, V komponent va azeotrop aralashmaga ajraladi. Bosqichli haydash jarayoni oxirida kondensat azeotrop tarkibiga tenglashadi. Azeotrop aralashmasi qaynaganda suyuqlik fazasida ham bug’ fazasida ham tarkib bir xil bo’ladi, binobarin eritmaning bug’ bosimi o’zgarmaydi, shunga ko’ra qaynash turg’un haroratda boradi. Shuning uchun azeotrop turg’un haroratda qaynaydigan suyuqlik (aralashma) deb ham ataladi. Shunday qilib, azeotrop aralashma hosil qiluvchi sistemalarning oddiy haydash bilan toza komponentlarga ajratib bo’lmaydi. Bosqichli haydash jarayoni oxirida kondensat azeotrop tarkibiga tenglashadi. Azeotrop aralashmasi qaynaganda suyuqlik fazasida ham bug’ fazasida ham tarkib bir xil bo’ladi, binobarin eritmaning bug’ bosimi o’zgarmaydi, shunga ko’ra qaynash turg’un haroratda boradi. Shuning uchun azeotrop turg’un haroratda qaynaydigan suyuqlik (aralashma) deb ham ataladi. Shunday qilib, azeotrop aralashma hosil qiluvchi sistemalarning oddiy haydash bilan toza komponentlarga ajratib bo’lmaydi. Azeotrop aralashmalarning tarkibiga harorat, bosim va boshqa faktorlarni ta’sirini o’rganishda bug’ bosimi yoki harorat egrilarida ekstremal nuqtalarni hosil bo’lishi komponentlar orasida kimyoviy birikmalar hosil bo’lishi bilan bog’liq bo’lmasligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |