Aziz o‘quvchilar!


Download 0.84 Mb.
bet119/136
Sana02.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1690597
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   136
Bog'liq
10-ona-tili-konspekt (1)

Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar.
Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.


D arsning texnik chizmasi:

Dars bosqichlari

Vaqt

I.Tashkiliy qism.

2 minut

II.O’tilgan mavzuni tekshirish

10 minut

III.Yangi mavzuni bayoni

20 minut

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

8 minut

V.Darsni yakunlash va baholash

3 minut

VI.Uyga vazifa

2 minut

Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
Topshiriq. Berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni o‘zlash tirma gapga aylantiring, qo‘shma gapda qanday shakliy o‘zgarishlar bo‘lganini tushuntiring.
1. Ichkaridan xotinining beshikni mushtlagani, zardali tovushi eshitildi: Ovozi o‘chsa, koshkiydi! To‘qqiz kechasida jin tekkan bunga! (O‘. Ho s himov) 2. Abduzafar akaning ichi achidi: Hali ham o‘tmadimi? Sanatoriy naf qildi, degan eding-ku? (Ahmad A’zam) 3. Begimqul... to‘satdan ko‘zini qisib: Menga qara, og‘ayni, – dedi. – Bir gap aytsam, xafa bo‘lmaysanmi? (O. Yoqubov) 4. Ahmadqul bobom odam lar to‘plangan katta mehmonxonadan yugurib chiqib: Hamza xon, – deb qattiq chaqirdi, – yoningga bir kishini olgin-da, borib Erkacholni zambilga solib olib kelinglar, u mening yet mish yillik qadrdonim bo‘ladi-ya, og‘ir kunimda yonimda tursin... (X. To‘xtaboyev)
Ko‘chirma gaplarning uslubiy-tasviriy imkoniyatlari juda katta. O‘zganing hech bir o‘zgarishsiz, aynan beriladigan gapi, ayniqsa, badiiy asarda qahramon qiyofasini chizishda, to‘laqonli obraz yaratishda, turli ruhiy holatlarni tasvirlashda alohida o‘rin tutadi. Ko‘chirma gapning muallif gapi bilan xilma-xil munosabatlarida aniq va ifodali tasvir yuzaga keladi. Ko‘chirma gap muallif gapi bilan birgalikda o‘ziga xos qo‘shma
gap turini tashkil etadi. Badiiy uslubdagi tasvir maqsadiga uyg‘un ravishda bu qo‘shma gap sodda gapga aylantirilishi ham mumkin. O‘zlashtirma gap deb yuritiladigan bu sodda gap ko‘chirma gapli qo‘shma gap bilan ma’nodoshlik hosil qiladi. Qiyoslang: Men O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘ldim, – dedi mamnunlik bilan do‘stim. – Do‘stim O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘lganligini mamnunlik bilan aytdi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling