Aziz o‘quvchilar!


Download 0.84 Mb.
bet13/136
Sana02.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1690597
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   136
Bog'liq
10-ona-tili-konspekt (1)

12-mashq. Matnni o‘qing. Najmiddin Kubroning mashhur «Yo Vatan, yo o‘lim!» degan gaplarini eslang va bu haqda fikrlashing. Matnning uslubiga diqqat qiling. Elchi dedi: – Shahzoda ma’lum etadurlarkim, yuz kishi ngizni olib, istagan tomonga ravona bo‘lgaysiz. Shayx yuzida tag‘in faqat muridlargagina ayon bo‘lgan istehzo ko‘rindi. Ular bildilarki, hazrat taklifni rad aylagay. Ammo, ular o‘ylagandek bo‘lib chiqmadi. Murshid yana elchini gangitib qo‘ydi:
–Yuz kishi dersiz. Odamlarim ondin ko‘pdur, Elchi tag‘in orqasiga qaytib ketishga majbur bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay qaytib keldi-da: – Xo‘p, ming kishini yoningizga oling, – dedi go‘yo katta iltifot ko‘rsatgandek kerilib.
Shayx dedi: – Yo‘q, men yurtimni, xalqimni tashlab, hech qayon ketmasmen. Yaxshi-yomon kunida birga bo‘lgan xalqim ila bir tomchi qonim qolguncha birga bo‘lurmen! Shu Vatanda tug‘ilibmiz, shu Vatanda o‘lurmiz!
Bu gapdan, tabiiyki, elchi g‘azabga mindi va xonaqohdan o‘qdek otilib chiqib ketdi.
Muridlar hazratning niyatini endi aniq bildilar va bir kuni asqatar deb tog‘dan keltirib qo‘yilgan toshlarni, yarog‘larni qo‘lga ola berdilar. Hazrat bu paytda yetmish besh yoshda edi, lekin g‘o‘ch yigitlardek o‘rnidan dast turib, kamarni beliga mahkam bog‘ladi.
– Azizlarim, – dedi muridlariga, qarindosh-urug‘lari, yor-u birodarlariga qat’iyat bilan, – ayonki, yog‘iy so‘zun qabul aylab, Vatandin chiqib ketar bo‘lsak, jonimiz omon qolg‘ay va begona ellarda bo‘lsa-da, o‘zumizga yarasha martaba topgay erdik. Magaram, o‘z elimizda qolur esak, yog‘iyga xizmat yelkamizga tushmay qolmagay. Bizim yelkamiz tog‘ni ko‘tarur, ammo bu isnodni ko‘tara bilmas. O‘z yurtingda o‘zgaga tobe bo‘lib yashagandin o‘lgan yaxshidur! (Erkin Samandar)
13-mashq. She’rni yod oling. Undagi g‘oya va badiiy uslubga xoslangan so‘z va so‘z shakllari haqida fikrlaringizni ayting.
Sen mangusan, baqosan,
Men esam o‘tkinchi zot.
Sen hamisha bahorsan,
Men – lahzalik xotirot.
Ona tilim, jon tilim,
Sensiz men so‘ladurman,
Devona bo‘ladurman.
Tug‘ganimga yetti yot
Begona bo‘ladurman.
Ona tilim, jon tilim –
Yuragimning qoshida
Sayrab turgan bulbulim.
(Shukur Qurbon)
«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dan olingan quyidagi so‘zlarning izohlariga diqqat qiling. Mazkur so‘zlarning qaysi davrlarda va kimlar tomonidan qo‘llangani haqida gapirib bering.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling