NAMUNA
Toponimlarni yozib olish uchun qo‘llaniladigan anketalar:
T O P O N I M I K A N K YE T A
Viloyat Andijon
Tuman Ulug‘nor
Qishloq fuqarolar yig‘ini nomi: Oq oltin
Mahalla nomi: Yangiariq, Fazogir MFY
Ko‘chalar nomi: O‘zbekiston, Navro‘z, Shahrixon, Istiqlol, Mustaqillik
Joyning avvalgi nomi Ovulmat (Gagarin MFY 2013 yilgacha tarzda yuritilgan)
Mahalliy aholi tarkibi (urug‘ qabila) aholining aksariyat qismi Buloqboshi va Shahrixon tumanidan ko‘chib kelgan
Shu nomning aholi ro‘yhatda yozilishi: Fazogir mahalla fuqarolar yig‘ini Yangi ariq mahallasi
Joy nomning aholi tomondan aytilishi: Yangi ariq (og‘zaki nutqda ko‘proq, prtse’zd 1- bo‘lim deb yuritiladi yoki O‘zbekiston massivi 1-bo‘lim tarzda )
Joy nomining ma’nosi Hududda yangi qazilgan ariqqa nisbat berilish asosida toponim yasalgan.
Etimologiyasi Hudud 1996 yildan boshlab O‘zbekiston massivining 1-bo‘limi tarzda ifodalangan. Sobiq sho‘rolar tuzimi davrida Ulug‘nor tumani 1973 yilda tashkil qilingan bo‘lib, 1992 yilga qadar Komsomolobod tarzda ifodalangan.
Oronimlar (tepaliklar nomlari) hududa oronimlar bilan bog‘liq ma’lumotlar kuzatilmadi.
GidY ronimlar (suv bilan bog‘liq joy nomlari) Katta Andijon magistral kanali
Malumot beruvchi: O‘rinboyev To‘lqinboy 1959 yil, kasbi o‘qituvchi.
Ma’lumot oluvchi: Abduhalim Ergashev 2016 yil. 26 sentyabr
GIDRONIMLAR (Suv oqadigan joy nomlari)
Nomi Yo‘lchiariq Uzunligi 5 km
Qayerdan boshlanadi Ittifoq qishlog‘idan Hajmi 1.0 m3
Qaysi qishloq yoki hududdan o‘tadi Sug‘orish maydoni 281 gektar
Ittifoq, Maslahat mahallalaridan Qazilgan yili 1947
oqib o‘tadi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |