Update
Ushbu amalda bizga jadvaldan tashqari yangilanuvchi satrdagi istalgan ma'lumot ma'lum bo'lishi kerak. Uni WHERE filteri yordamida topib olamiz.
Amal so'rovi esa quyidagidek ko'rinishga ega:
UPDATE users SET age = age + 1 WHERE id = 1
UPDATE users- usersjadvalidagi ma'lumotlar yangilanishi kerakligi aytilmoqda
SET age= age+ 1 - ageustunidagi ma'lumotning qiymatini 1taga oshiramiz
WHERE id= 1 - idustunidagi ma'lumot 1ga teng bo'lgan satrgagina bu o'zgarish beriladi
cur.execute("UPDATE users SET age = age + 1 WHERE id = 1")
Yuqoridagi o'zgarishlar amalga oshishi uchun bo'glanishning commitfunksiyasi orqali amalni tasdiqlaymiz.
con.commit()
Dasturni ishga tushurganimizdan so'ng SQLiteStudio dasturidagi nazar solganimizda quyidagidek natija hosil bo'ladi
Delete
Bu safar ham jadvaldagi ma'lumotlar sonini yana ko'paytiramiz.
MOdan keraksiz ma'lumotni o'chirish so'rovining oddiy ko'rinishi quyidagidek:
DELETE FROM users WHERE id = 2
DELETE - O'chirish
FROM users- users jadvalidagi ma'lumot yoki ma'lumotlar
WHERE id= 2 - idustunida joylashgan ma'lumoti 2ga teng bo'lgan satr nazarga tutilmoqda
Natijada users jadvalidan 2-satr o'chiriladi.
Agar siz PhpMyAdmin bilan ishlagan bo'lsangiz, bu ham shuning o'zi. Lekin bularning barchasi PHP emas, balki Python orqali amalga oshirilyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |