Azotobakteriyalar va ularni qishloq xo’jaligida qo’llash. Reja: 1


Download 1.63 Mb.
bet2/3
Sana07.05.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1439122
1   2   3
Bog'liq
AZOT TOʻPLOVCHI MIKROOR

Azotfiksatsiya, azot toʻplash – mikroorganizmlarning molekulyar azotni oʻzlashtirib, undan azotli birikmalar hosil qilish jarayoni. Asosiy azot toʻplovchi mikroorganizmlar tuganak bakteriyalardir. Ularga dukkaklilarda va boshqa oʻsimliklar bilan simbioz yashab, atmosfera azotini oʻzlashtiruvchi bakteriyalar hamda koʻk-yashil suvoʻtlar, azotobakter, aktinomitsetlar, klostridiyalar vakillari va boshqa tuproq bakteriyalaridan iborat erkin yashovchi mikroorganizmlar kiradi. Molekulyar azotni biologik oʻzlashtiruvchilardan ratsional foydalanish hosilni oshirishga va mineral oʻgʻitlardan tejamli foydalanishga imkoniyat yaratadi.Fransuz olimi J. Bussengo yuksak oʻsimliklar, masalan, dukkaklilar bilan simbioz holatda yashovchi azot toʻplovchilar ustida birinchi aniq tajribalar oʻtkazgan (1838). Ingliz olimlari G. Gelriger va G. Vilfart oʻz ilmiy ishlarida dukkakli oʻsimliklar ildizidagi soʻgalsimon oʻsimtalar bilan oʻsimlikning erkin azotni toʻplashi oʻrtasida bogʻliqlik borligini isbotlab berdilar (1888). 1866-yilda rus olimi M. S. Voronin tuganak toʻqimalaridagi mikroskop tanachalarni tavsiflab bergan. Golland mikrobiologi M. Beyerink 1888-yilda tuganak bakteriyalarni toza holda ajratib olgan. U tuganak bakteriyalar molekulyar azotni oʻzlashtirib, tuganaklar hosil qilishini asoslab berdi. Rus olimi S. N. Vinogradskiy 1893-yilda birinchi boʻlib azot toʻplovchilarni toza holda ajratib olishga muvaffaq boʻldi. Bu Clostridium pasteurianum deb atalgan spora hosil qiluvchi anaerob tayoqchalar edi (Anaeroblar). M. Beyerink 1901-yilda molekulyar azotni oʻzlashtirish qobiliyatiga ega boʻlgan aerob bakteriya – Azotobacter ni kashf qiladi. Toza bakteriyalar gazsimon azotni oʻzlashtirmaydi. Bu jarayon faqat yuksak oʻsimliklar bilan simbioz holatda yuz beradi. Bakteriyalar oʻsimlik sintez qilgan organik birikmalar bilan, oʻsimliklar esa oʻz navbatida tuganaklardagi bogʻlangan azot birikmalari bilan oziqdanadi. Bog’langan azot tuganaklardan aminokislota shaklida oʻsimlikning yer ustki qismiga oʻtadi. Oʻzlashtirilgan azotning bir qismi ildiz orqali tuproqqa oʻtadi. Unumli azot toʻplanishini ta’minlovchi dukkakli oʻsimliklar bilan tuganakli bakteriyalar oʻrtasidagi munosabat ma’lum tadbirlar majmuasi (optimal namlik, yaxshi aeratsiya, temperatura, harakatchan fosfor, kaliy, mikroelementlarning boʻlishi va boshqalar) yordamida amalga oshadi. Gʻoʻza – beda almashlab ekishda beda tuganak bakteriyalari har gektarda 100–150 kg azot toʻplaydi.
Azot tirik organizmlar tanasining muhim tarkibiy qismidirAzot atmosferada gaz holatida uchraydi. 
Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling