B 2022 2024-yillarda Agentlik tizimida 25 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni 4-ilovaga muvofiq qurish


Download 1.24 Mb.
bet13/15
Sana06.04.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1335181
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
PF-106 14.04.2022

(Umarova)

2. O‘quvchilarga yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalar to‘g‘risida ma’lumot berib borish, ularda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish.

2022-yil sentyabrdan doimiy

3. Ta’til vaqtlarida o‘quvchilarning yetakchi xorijiy davlatlardagi yozgi kurs va treninglar, xalqaro kempinglarda ishtirokini ta’minlash.

2022-yil sentyabrdan boshlab doimiy

4. Fanlar bo‘yicha yetakchi xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish.

Alohida reja asosida

5. O‘quvchilarda frilanserlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning mahalliy va xalqaro tadbirlarda ishtirok etishiga ko‘maklashish.

Doimiy

21.

Agentlik tasarrufidagi “Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyatini takomillashtirish.

1. 10 — 17 yoshli o‘quvchilarning fizika, matematika, kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarini, musiqa, tasviriy san’at, sport sohalaridagi iqtidorlarini er?a aniqlash va rivojlantirish hamda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan xorijiy tajribani o‘rganish.

2022-yil may



Prezident ta’lim muassasalari agentligi
(Umarova), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Qudratov)

2. O‘rganilgan tajribani Agentlik tizimidagi “Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohiga tatbiq etish choralarini ko‘rish.

Alohida reja asosida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoniga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmonida:
a) 1-ilovaning 108, 244, 253 va 281-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 86-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovaning 32, 98 va 102-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
g) 5-ilovaning 4 va 42-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
d) 6-ilovaning 3, 5, 6, 9 va 83-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6269-son Farmoniga 2-ilovaning 70 va 71-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-son qarorida:
a) 4 va 6-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 1-ilovaning 3-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-son qarorida:
a) 1-bandda:
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 2-bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
v) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son qarorida:
a) 1-band, 2-bandning uchinchi xatboshisi hamda 3 va 4-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 5-bandda:
birinchi xatboshi “Xalq ta’limi vazirligi” so‘zlaridan oldin “Prezident ta’lim muassasalari agentligi,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“v” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovaning 1, 3, 9 va 12-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
v) 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarori 3-bandining “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5188-son qarorida:
a) 8-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi “Agentlik tizimidagi” so‘zlaridan keyin “Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 10-bandning to‘rtinchi xatboshisi “Agentlik tizimidagi” so‘zlaridan keyin “Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarni qurish, ta’mirlash hamda zarur mebel jihozlari, o‘quv adabiyotlari va moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha 2022 — 2025-yillarga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxat1


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling