ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang
To‘yxonada esa o‘yin-kulgi, ashula yanada avjiga
chiqadi. «Qiz bolaga tosh otmang» — «Õurshida» telefilmi haqida To‘rt qismli «Õurshida» telefilmining bosh qahramoni balog‘at yoshidagi did-farosatli, shaharning manaman degan qizlaridan sira qolishmaydigan, hayotda o‘z yo‘lini topib olgan qishloq qizi. U ot minadi, traktor hay- daydi, dala-tuzga dehqon nigohi-la boqadi. Õurshida — ishning ko‘zini biladigan tadbirkor, hisob-kitobni to‘g‘ri 341 oladigan fermer. Taniqli yozuvchi Õudoyberdi To‘xtabo- yev va bosh rejissyor Shavkat Junaydullayev qizning g‘aroyib sepi — fermerligi, tadbirkorligi, izlanuvchi aqli orqali uning ruhiy-ma’naviy olamini yoritib berishni ma- qsad qilib qo‘yganlar. G‘isht zavodi boshlig‘i Beksulton (aktyor Àlisher Hamroyev) Õurshidani sevadi. Fermer qiz (aktrisa Tamara Hazratqulova) ham unga befarq emas: yigitning qo‘llab-quvvatlashlarini, o‘ziga beg‘araz yordam berayotganligini yurakdan his qiladi. Yigit ham, qiz ham mulkdorlik jabhasiga endi-endi kirib kelyapti: bu sohada ularga na ota-onalari va na qishloqdoshlari yordam bera oladi. Izlanish, o‘rganish, tadbirkorlik mashaqqatlari ularni o‘zaro yaqinlashtiradi. Õurshida va Beksulton uzukka ko‘z qo‘yganday bir-biriga mos. Lekin olam olam bo‘libdiki, sevishganlar, maslakdosh- lar osonlikcha murod-maqsadlariga yetmaganlar... Sho‘ro zamonida rahbar bo‘lib shakllangan, amaln- ing huzur-halovatiga ko‘nikkan sobiq rais Shokalon ham Õurshidaga, to‘g‘rirog‘i, uning bebaho sepi — fer- masiga, tadbirkorlik uquviga befarq emas. U bir nar- sani aniq biladi: ertangi kun Õurshida singari uquvli, tadbirli, epli yoshlar inon-ixtiyorida. Shokalon sirtdan tuppa-tuzuk yigit bo‘lsa-da, aqlan-ruhan notavon, bola- lik pallasida qotib qolgan, Àbdulla Qahhor iborasi bilan aytganda, «boshsiz odam» — o‘g‘li Shoumarni Õurshi- daning oshiq-u beqarori qiyofasida maydonga kiritadi. Shoumar (aktyor Bahodir Mirmaqsudov) filmga tragik — komik holatlarni olib kirgan. Raisning erkatoy o‘g‘li o‘zi singari bekorchi, bo‘z bolalarni gijgijlab Beksultonni do‘pposlatadi. Zo‘raki oshiq rolini otasi rejissyorligida pala-partish va bachkana holda «o‘ynay boshlaydi». Àktyor B.Mirmaqsudov o‘z personajida tadbirkorlik farosati, mulkdorlikka olib boriladigan aql, uquvdan boshqa xususiyatlar — o‘jarlik, jangarilik, bachkanalik borligini ko‘rsata olgan. Shokalon makkor, odamni bir 342 ko‘rishda bilib oladigan xislatga ega emasmi, o‘g‘lidan hech narsa chiqmasligini yaxshi biladi. Lekin u sho‘ro davri rahbari sifatida taslim bo‘lishni xayoliga ham keltirmaydi. Àvtoulovlar to‘qnashuvini uyushtirib, Bek- sultonning hayotiga suiqasd qiladi. Ssenariy puxtaligi, rejissyor mahorati shundaki, maydonda Beksulton va Shoumar kurashyapti-yu, aslida bu yovuzliklar ortida Shokalon turganligi, Õurshida ro‘y berayotgan hodis- alarni yurak-yurakdan his etayotganligi aniq-ravshan seziladi. Boshqacha aytganda, kurashning g‘irrom usuli — olovni o‘zganing qo‘li bilan tutish namoyon bo‘ladi. Àfsuski, ommaviy sahna ishtirokchilari, xusu- san, O‘nboshi (M.Miraliyev), Inoyat aya (À.Êimsanova), Bahrom (I.Muhammadibrohimov), Umida (M.Àshur- boyeva), Àmma, Shofyor, Guvoh singarilar ro‘y be- rayotgan murakkab hodisalarni personajlari ruhiyatida yetarli darajada aks ettira olmaydilar. O‘ylab ko‘rilsa, avvallari bizning hayotimizda mulkdorlik yo‘lidagi xatti-harakatlar bo‘lmagan, tadbirkorlik qo‘llab-quvvat- lanmagan. Sho‘ro tuzumi odamlardan faqat ishlashni, qora kuch sifatida faoliyat yuritishni talab qilgan. Êatta-katta kashfiyotlar qilgan olimlar iste’dodi, ilmi yetarli baholanmagan. «Õurshida» filmida tadbirkorlik uquvining shakllanishi, mulkdorlik yo‘lidagi ilk intilish- lar ko‘rsatilgan. Filmning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida kurash, asosan, Õurshida va Shokalon o‘rtasida davom etadi. Ta’kidlash joizki, bu kurashda rahbarlik, yetak chilik- ning ikki — bir-biriga zid uslubi namoyon bo‘ladi. Shokalon (artist Muhammadjon Uzoqov) — sho‘ro boshqaruvini o‘zida mujassamlashtirgan rahbar. U hamisha omma orasida bo‘ladiki, o‘zini xalqparvar, mehribon qilib ko‘rsatadi. Àslida u baayni zamonaviy Yago: kishilar orasida gumon, ishonchsizlik paydo qiladi. Sobiq rais Õurshidani ham, Beksultonni ham 343 osmon-u falakka ko‘tarib maqtaydi. Mohiyatan esa u ishbilarmon yoshlar payini qirqishga intiladi. Uning rahbarlik uslublaridan biri yolg‘onchilikka asoslan gan. Bu jabhada u mashhur Õlestakovni ham yo‘lda qoldirib ketadi. Mana, tumonat odam yig‘ilgan. Hammaning diqqati Shokalonga qaratilgan. Sobiq rais yonidan telefonini chiqaradi-da, raqamlarni teradi, odamlarga mamnun jilmayib turib, viloyat hokimi ism-familiyasini tilga oladi, suhbatni boshlaydi. Yig‘ilganlar hang-mang bo‘lib qoladilar: raisbuva kimsan, viloyat hokimi bi- lan to‘ppa-to‘g‘ri gaplashyaptilar. Vaholanki, telefon yoqilmagan, hokim bilan suhbat qalbaki edi. Bu sirni Õurshidagina biladi, ensasi qotadi. Shokalon zinhor haqiqiy qiyofasini ko‘rsatmaydi: yig‘lab turib kuladi, yengilib turib g‘oliblikni da’vo qiladi, ichidan qirindi o‘tadi-yu shox tashlab, sho‘x-sho‘x raqs tushadi. O‘zaro suhbatlarning birida raisning xotini (G.Qalandarova): — Siz uch qavatli uyga o‘xshaysiz. Qirq yil siz bilan yashab arang bitta qavatingizni sal-pal o‘rgandim, — deydi. Rais xaxolab kuladi. U na xudoga, na bandaga, na oxiratga ishonadi. Barcha raqiblari bilan shu dun- yoda orani ochiq qilib olishni maqsad qilib yashaydi. Shokalon xarakteri yozuvchi Õudoyberdi To‘xtaboyev, aktyor Muhammadjon Uzoqov ijodining ulkan yu- tug‘i. Mana shu xarakter filmdagi hodisa-voqealarni umumlashtirib turadi, Õurshida, Beksulton singari qahramonlarni ogoh bo‘lishga undaydi. Õurshida o‘zi sezmagani holda sobiq raisdan kurashchanlikni, ma- qsad sari intilishni o‘rganadi. Shokalon bilan kurash- da chiniqqanligi bois, yo‘l-yo‘lakay kelgan taftishchi tekshiruvchilar kavushini to‘g‘rilab qo‘yadi. Darvoqe, filmda tadbirkorlar yo‘lidagi katta to‘siq — bank, pul ol- di-berdisi masalalari sal-pal ko‘rsatiladi. Imkoni bo‘lsa, shu ziddiyatni chuqurroq yoritish joiz edi. 344 «Õurshida» telefilmida Tagob qishlog‘i ahli, «Êo‘k- dala» fermasi, g‘isht zavodi ishchilari faoliyati tasvirlan- gan. Demoqchimizki, filmda hayot aslicha: g‘ala-g‘ovuri, murakkabliklari, yetishmovchiliklari bilan aks ettiril- gan. To‘y sahnasi, askiyachilar payrovi tabiiyligi bilan e’tiborga molik. Lekin, afsuski, ba’zi personajlar ruhi- yati, betakror o‘zligi yetarlicha ochilmagan. O‘nboshi – filmdagi jiddiy timsollardan biri. Qolaversa, kimsan Shokalon rais ikki gapning birida: «Do‘stim O‘nboshi, Qadrdonim O‘nboshi», deb turadi. Beksultonday tad- birkor yigit O‘nboshining farzandi. Lekin O‘nboshidagi o‘ziga xoslik, betakrorlik fazilatlari yoritilmagan. Inoyat aya timsolida ham aniqlik ko‘rinib turmaydi. Filmda Õurshida-yu Beksultonlar izidan kelayotgan avlod — Umida, Bahromlar timsoli berilgan. Muborak Àshurboyeva, Ilhom Muhammadibrohimov o‘z qahra- moni ruhiyatini yoritishga harakat qilgan. Ijro etilgan qo‘shiqlar (D.Omonullayeva musiqasi, Usmon Qo‘chqor she’ri) film jozibasini oshirgan. Film ning yutug‘ida oper- ator Àbduhakim Qoriyev, bastakor Vladimir Baromikov va boshqa ijodiy xodimlarning xizmati katta. Õullas, «Õurshida» zamondoshimiz hayotini, intilish- larini, qalbini ishonarli tasvirlab bergan film sifatida elga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz. Àbdug‘afur Rasulov, filologiya fanlari doktori, professor |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling