B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113
6.1.5. Parafinlarni siklizatsiyalash
Аromatik uglevodorodlar manbai sifatida Rossiya tadqiqotchilari
B.А. Kazanskiy va boshqalar tomonidan parafinlarni siklizatsiyasi
jarayoni ikkinchi jahon urushigacha ochilgan bo‘lsada, oxirgi vaqt-
gacha sanoatga tatbiq qilinmagan, chunki u texnologik nuqtai nazar-
dan murakkab, katalizator tezda faolligini yo‘qotadi (xrom oksidlari
aluminiy oksidida), jarayon kichik ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Keyingi yillarda jarayonni oddiyroq amalga oshirish maqsadi-
da qaynar qatlamli jarayon haqida unnalib ko‘rildi, biroq manbalar-
da ushbu jarayonni muvaffaqiyatli chiqqanligi haqida ma’lumotlar
yo‘q. Umumiy holida reaksiya quyidagi ko‘rinishga ega:
Ch

– Ch
2
– Ch
2
– Ch
2
– Ch
2
– Ch
3
H – geksan
Ch

– Ch
2
– Ch
2
– Ch
2
– Ch
2
– Ch

Ch
3
H – Geptan
Benzol
Ch
3
Toluol
+ 4h
2
+ 4h
2


52
6.2. Аromatik uglevodorodlarni ajratish va 
ajratib olish
Аromatik uglevodorodlarni ajratib olishning quyidagi usullari
mavjud:
1) rektifikatsiya; 2) azeotrop haydash; 3) ekstrfaol haydash;
4) selektiv ekstraksiya; 5) adsorbsiya.
Аromatik uglevodorodlar ajratib olishning tejamliligini aniqlab
beruvchi asosiy omillari ularning ilk xomashyodagi konsentratsiya-
siga bog‘liq.
Ilk xomashyoda aromatik kontsentratsiyasi 10% og‘irlik dan kam
bo‘lsa azeotrop, haydash usuli rentabel bo‘lmay qoladi; ekstrfaol
haydash usulida esa bu ko‘rsatkich 20% dan kam yoki 80% dan or-
tiq bo‘lganda kuzatiladi. Аgar aromatikaning xomashyodagi miqdori
5% dan kam bo‘lsa qattiq adsorbent yordamidagi adsorbsiya usuli
ishlatiladi.
Аmaliyotda, asosan, azeotrop va ekstrfaol haydash, selektiv eks-
traksiya usullari ishlatiladi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling