B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113
25. Ilmning elementlari nechta? 
a) Ikkita (bilimni to‘plash va shaxs faoliyati)
b) Uchta
c) Ilmni elementlari mavjud emas
d) Bitta (bilimni to‘plash)
26. Institutda qaysi jurnal chiqariladi? 
a) Hozircha jurnal chiqarilmaydi
b) Kimyoviy texnologiya
c) Kimyo va kimyo texnologiyasi
d) Informatika va kimyo texnologiyasi
27. Ixtiro deb nimaga aytiladi? 
a) Bor priborni takomillashtirish
b) Аvtorlik guvohnomasi berilmasligiga
c) Ratsionalizatorlik taklifiga
d) Хalq xo‘jaligida biron-bir yangi va texnik muammoning yechimini topish
majmuidir
28. Ixtiro turlari necha xil? 
a) 1 ta (asosiy)
b) 3 ta (asosiy, qo‘shimcha va kombinatsion ixtiro)
c) 4 ta
d) 2 ta (asosiy va qo‘shimcha)
29. Qaysi ixtironi mustaqil ravishda qo‘llash mumkin?
a) faqat qo‘shimcha ixtironi
b) asosiy va kombinatsion ixtironi
c) asosiy ixtironi
d) faqat kombinatsion ixtironi


158
30. Katalitik krekinglash jarayoni mexanizmi qanaqa? 
a) Karboniy ion radikallari hosil bo‘lishi bilan boruvchi zanjir reaksiya
b) Оddiy reaksiyalardan iborat
c) Polimerlanish va oksidlanish reaksiyalaridan iborat
d) Zanjirni uzilishi mexanizmi bilan
31. Katalitik riforming nima uchun ishlatiladi? 
a) Kerosin va gazoyl yoqilg‘ilarini olish uchun
b) Dizel yoqilg‘isi va mazut olish uchun
c) Benzinlarni oktan sonini oshirish va aromatik uglevodorodlar olish uchun
d) Faqat aromatik uglevodorodlar olish uchun
32. Kimyo fanini referativ jurnali (RJХ) nechta sonda bosib chiqariladi? 
a) Yiliga 12 sonda
b) 18 sonda
c) 9 seriyada 48 marotaba
d) Yiliga 24 sonda
33. Kimyoviy reaksiyalarning boshlanishi, borishi, tugashi haroratlarini topishga, 
o‘zgarishlar tezligini aniqlashga qaysi usul yordam beradi?
a) Barcha fizik-kimyoviy usullar
b) DTА usuli
c) Infraqizil soektroskopiya usuli
d) Faqat fizikaviy usullar
34. K
taqsim
 nimalarga bog‘liq?
a) Harorat va rh ga
b) Modda harakatchanligi, harorat va rH ga
c) Modda va fazalar tabiatiga harorat, rN, eritma konsentratsiyasi va ion
kuchiga
d) Moddaning tabiati va rH ga
35. Litsenziya nimani anglatadi?
a) Litsenziya – patent egasi bilan shartnoma asosida undan foydalanuvchi
o‘rtasidagi bitim
b) Litsenziya – o‘zaro pul o‘tkazish
c) Litsenziya – xalqaro kelishuv bitimi
d) Litsenziya – sotish huquqini beruvchi bitim
36. Litsenziya ro‘yxatdan o‘tkaziladimi? 
a) Ha, ariza bilan murojaat qilinmasa ham bo‘ladi
b) O‘tkaziladi, faqat og‘zaki tarzda kelishuv asosida
c) Yo‘q, faqat talabnoma berilsa bo‘ladi
d) O‘tkaziladi
37. Masalani qo‘yish nimani belgilaydi? 
a) O‘zgarishlarni aniqlash, tanlab olish, aniqlash va fiksatsiya qilish


159
b) Maqsadni ishlab chiqish va o‘zgarishlarni tanlab fiksat si yalash
c) Tajriba maqsadini ishlab chiqish, aniqlash, faktorlarni tanlab olish,
ko‘rsatkichlarni fiksatsiyalash
d) Ko‘rsatkich va faktorlarni topish
38. Matematik modellash qachon mavjud bo‘ladi? 
a) Fizik-kimyoviy parametrlar aniqlanganda
b) Matematik tenglamalar bilan ifodalansa
c) Fizikaviy modellash sodir bo‘lsa
d) Moddiy modellash ro‘y bermasa
39. Moddalar tarkibi bilan uning analitik xossalari orasidagi bog‘liqlik qanday 
aniqlanadi?
a) Miqdoriy usulda tortish bilan
b) Grafik usulda emas
c) Kalibrovka grafigi bilan
d) To‘g‘ridan to‘g‘ri tarzda bug‘latish bilan
40. Moddalarning juda kichik miqdordagi konsentratsiyalari qanday topiladi?
a) Sifat analizlarini o‘tkazish bilan
b) Kinetik usullar yordamida
c) Kimyoviy reaksiyalar olib borish bilan
d) Tarozida tortish orqali

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling