58
7.2. Benzolni gidrirlab siklogeksan ishlab chiqarish
Benzolni gidrirlash quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
Jarayon ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi. Jara-
yonni sharoitlari tanlash ilk xomashyo benzolning sifatiga bog‘liq.
Koksokimyo benzoli ishlatilganda, tarkibida bir qancha oltingu-
gurtli birikmali qo‘shimchalari
bois jarayon nikel, molibden, kobalt
sulfidlarida olib boriladi. Ushbu katalizatorlar
oltingugurtli birikma-
lar bilan zaharlanmaydi, ammo ular kam faollikka egaliklari sababli
jarayon yuqori temperatura (350–370ºC) va bosim (300 atmosfera)
da olib boriladi. Ushbu sharoitlarda gidrirlash
bilan birga gidrotoza-
lash ham ketadi.
Jarayon nikelli va platinali katalizatorlar ishtirokida 150–200ºC
haroratda hamda 50 atmosfera gacha bosim ostida olib boriladi, bi-
roq xomashyoda katalizatorni zaharlovchi oltingugurtli birikmalar
bo‘lmasligi shart. Gidrirlashda ishlatiladigan
vodorod ham oltingu-
gurtli birikmalardan tozalangan bo‘lishi kerak.
Nikel va platinali katalizatorlarda gidrirlab ajratib olingan siklo-
geksanni rektifikatsiya qilinish zarurati yo‘q; u 99% tozalikka ega.
Bu juda ahamiyatli, chunki tola ishlab
chiqarishda siklogeksandagi
qo‘shimchalar miqdori 0,1% dan ortmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: