B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Оlefinlarni aldegidlar va ketonlargacha oksidlash


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   113
1.2.2. Оlefinlarni aldegidlar va ketonlargacha oksidlash
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan hamma aldegidlar ichida ishlab
chiqarish ko‘lami bo‘yicha atsetaldegid birinchi o‘rinni egallaydi.
АQSHda 2000-yilda 5630 ming tonnaga yaqin atsetaldegid ishlab
chiqarilgan.


73
Yaqin paytlargacha uni olishning quyidagi usullari ma’lum edi:
etil spirtini oksidlab degidridlash, mis katalizatorida etil spirtini de-
gidrirlash, Kucherov usuli bo‘yicha atsetilenni gidratatsiya qilish,
etilen oksidini izomerlash.
1959-yili Shmidt tomonidan palladiy xloridi katalizatoridan foy-
dalanib suv yoki suv bug‘i ishtirokida olefinlarni karbonil birikma-
larga oksidlash jarayoni ishlab chiqildi. Bir bosqichda ushbu usul
bo‘yicha etilen oksidlanganda atsetaldegid hosil bo‘ladi:
Оksidlash 100–200ºC haroratda palladiy xloridni suvli eritmasi-
da 3–10 atmosfera bosim ostida olib boriladi. O‘tkazilgan etilenga
nisbatan atsetaldegidning salmog‘i 90–95% ga yetadi, shu bilan bir-
ga 1–1,5% sirka kislotasi va 1–1,3%ga yaqin xlorli hosilalar hosil
bo‘ladi.
Etilenni atsetaldegidga oksidlash reaksiyasi turli usullar bilan olib
borilishi mumkin: bir va ikki reaktorli jarayonni suyuq katalizator
vositasida va qattiq katalizator ishlatish orqali.
Birinchi holida reaktorga hamma komponentlar kiritiladi. Ikki
reaktorli sxemada metallik palladiyni palladiy xloridga aylantirish,
ya’ni katalizatorni regeneratsiyasi alohida apparatda amalga oshiri-
ladi.
Statsionar katalizator ishlatilganda promotorlar va katalizator qat-
lamlari orqali etilen hamda suv bug‘i aralashmasi o‘tkaziladi.
Аtsetaldegid hosil bo‘lish reaktsiyasi ekzotermikdir, shuning
uchun reaktor yaxshi sovutishni talab qiladi.
1970-yili xorijda atsetaldegid ishlab chiqarish 2 mln. t/yiliga
(1,03 mln t. АQSHda, 550 ming t./yildan G‘arbiy Yevropa va Yapo-
niyada) dan ortib ketdi.
1965-yildayoq Yaponiyada ishlab chiqarilgan hamma atse-
taldegidning 68% etilen asosida bo‘lgan. GFRda etilen asosga o‘tish
sekinroq amalga oshgan (atsetilenda ishlagan qurilmalarning ko‘p
sondaligi bois). АQSHda ishlab chiqarishning ko‘pchiligi etanol
asosda edi, biroq 2000-yili etilen usulining ulushi 54% ni tashkil


74
etdi. 2000-yildagi yetakchi kapitalistik davlatlarni atsetaldegid ishlab
chiqarish xomashyo bazalari strukturasi 9-jadvalda keltirilgan.
9-jadval

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling