B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
markazlashmagan (AQSh, Germaniya va b.)
Qator mamlakatlarda prognozlarni ishlab chiqishga xos bo’lgan umumiy belgilarni ko’rib chiqamiz. AQShda prezident apparatida statistik- siyosiy bo’lim mavjud bo’lib, u davlat boshlig’i uchun prognoz ma’lumotlarini tayyorlaydi. Amerika kongressida fan-texnika taraqqiyoti oqibatlarini baholash Byurosi faoliyat yuritadi. Bu erda maslahat-axborot xizmatlari ko’rsatuvchi muassasa, prognozlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan ko’plab muassasalar (bo’limlar) tashkil etilgan. Ularni tashkil etish 60-yillarda avjiga chiqdi. Biroq keyinchalik ushbu muassasalarning yuztasiga yaqini o’z faoliyatini saqlab qoldi. Mamlakatda hukumat muassasalari yoki xususiy korporastiyalar uchun prognozlarga sharnoma buyurtmalari amaliyoti ustunlik qiladi. Bundan tashqari, ayrim shtatlarda 70-yillardan boshlab shtatlarni rivojlantirishning uzoq muddatli yig’ma prognozlarini ishlab chiqish uchun maxsus komissiyalar va markazlar tashkil etilgan. Prognoz axboroti bilan almashish “Kelajak olami” xilidagi turli ilmiy jamiyatlar orqali amalga oshiriladi. Prognozlashtirish nazariyasi va amaliyoti masalalari bo’yicha qator jurnallar chop etiladi. AQShda 60-yillarda qator manfaatdor vazirliklarning birgalikdagi rejali harakatlarini nazarda tutuvchi RDB (rejalashtirish – dasturlash – byudjetlash) tizimidan foydalanishga urinib ko’rildi. Keyinchalik hukumat bir necha marta rejalashtirish imkoniyatlariga murojaat etdi. Biroq mamlakatning antistiklik tartibga solishdagi muvaffaqiyatsizligi rejaga qarshi kayfiyatning o’sishiga olib 45 keldi. Shuning uchun AQShda davlat yo’li bilan tartibga solishning zamonaviy nazariyasi oldida quyidagi muhim masalalarni hal etish zarurati turibdi: • amaldorlar apparatining byurokratiyasi, korrupstiyasi va mikrodarajada qarorlar deformastiyasining oldini olgan holda davlatning iqtisodiyotga o’z vaqtida va samarali ta’sirini qanday qilib ta’minlash mumkin; • volyuntarizm, byudjet-soliq bosimi va davlat qarzining ortib ketishiga yo’l qo’ymagan holda raqobat erkinligi, tashabbus va tadbirkorlik, mehnat qilish, investistiyalar va innovastiyalarga qiziqtirishni qanday qilib ta’minlash mumkin. Buyuk Britaniyada iqtisodiy prognozlashtirish masalalari bilan shug’ullanuvchi universitetlar qoshida bir necha ilmiy va prognoz markazlari tashkil etilgan. Germaniyada prognoz markazlari ichida o’z ahamiyati bo’yicha Jahon iqtisodiyoti instituti hamda kasaba uyushmalari birlashmalarining Iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti ajralib turadi. Boshqa mamlakatlarda bo’lgani kabi axborot almashuviga katta e’tibor qaratiladi. Hozirgi vaqtda jahonda jamiyat hayotining turli sohalarida, shu jumladan iqtisodiyotda prognozlashtirishni amalga oshiruvchi qudratli xalqaro tashkilotlar tashkil etilgan. "Futuribl" xalqaro uyushmasi, Kelajakni tadqiq etish qo’mitasi, Rim klubi va boshqalar katta nufuzga ega. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda kon’yunktura prognozlari alohida o’rin tutib, ularda: 1) alohida tovar bozorida, 2) iqtisodiyotning muayyan sektorida, 3) jahon bozoridagi iqtisodiy vaziyat baholanadi. Prognozlarda nafaqat rivojlanishning obyektiv yuzaga keladigan tendenstiyalari, balki bozorni davlat yo’li bilan tartibga solishning ehtimoliy oqibatlari ko’rib chiqiladi. Jahon xo’jalik yuritish tizimi hozirgi vaqtda nafaqat prognozlashtirish, balki rejalashtirish imkoniyatlaridan ham faol tarzda foydalanmoqda. Rejalarni ishlab chiqishda quyidagi usullar qo’llaniladi: a) makrorejalashtirish; b) mezorejalashtirish, ya’ni tarmoqlar, kichik tarmoqlar, hududiy-ishlab chiqarish majmualari, "metakorporastiyalar"dan hosil bo’luvchi sanoat uzellari, ular jumlasiga tarmoqlararo, mintaqalararo va xalqaro moliya-sanoat guruhlari kiradi; v) hududiy rejalashtirish, ya’ni mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlarining prognozlari, byudjet rejalari va dasturlari; g) firma darajasida mikrorejalashtirish. Jahonning qator mamlakatlarida bir necha o’nlab yillardan buyon samarali 46 foydalanilayotgan indikativ rejalashtirish tajribasi alohida e’tiborga loyiq. Chet el amaliyotida rejalashtirishning sho’rolar tajribasidan keng foydalaniladi. Lekin, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatlarning hozirgi rejalari ko’rsatmali xususiyatga ega emas. Rejalashtirishga nisbatan munosabat ko’p jihatdan shu bilan bog’liqki, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda (masalan, AQShda 30-yillardagi “Buyuk qatag’ondan” keyin) takomillashuv va bozor mexanizmlarining o’zini o’zi tartibga solishiga ishonch yo’qoldi. Mutaxassislar ichida bozor iqtisodiy muvazanatga erishishni qiyinlashtiruvchi barham etilmaydigan nuqsonlarga ega degan fikr ustunlik qila boshladi. Ularning hisoblashlaricha, aynan davlatning bozorni tartibga soluvchi institutlarni ma’lum takomillashtirish yo’li bilan aralashuvi vaziyatni o’nglashi mumkin. Davlatning iqtisodiyotga bunday aralashuvini insonlar tomonidan biologik qonunlardan foydalanilishi bilan taqqoslash mumkin: biologiyada selekstiya tirik mavjudodlar evolyustiyasi jarayonini ko’p marta jadallashtirish imkonini beradi. Iqtisodiyotda ham: institutlarni tashkil etish va davlatning tegishli siyosati mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadlariga erishish vaqtini qisqartirishi mumkin. Shuning uchun hozirgi vaqtda ko’plab davlatlar prognozlashtirish, byudjetlash, dasturlash va kontraktastiya (shartnoma asosida davlat xaridlari)dan faol tarzda foydalanmoqda. Davlat va firmaning prognoz va reja ishining yo’nalishlari vaziyatni rivojlantirish va barqarorlashtirish vazifalari bilan belgilanadi. Shuning uchun tadbirkorlik tuzilmalari bilan davlat hokimiyati o’rtasida manfaatlarni yaqinlashtirish usullarini topish va indikativ rejalashtirishga xos bo’lgan shartnoma munosabatlarining imkoniyatlaridan foydalanishga o’tish kuzatilmoqda. Bir tomondan, tijorat munosabatlari firmaga rejalashtirishdan faoliyatning samarali yo’llarini tanlash va asoslash bo’yicha boshqaruv Funksiyasi sifatida foydalanishni belgilab beradi, ikkinchi tomondan esa, istalgan firma rahbariyati bozor muhitida o’zining barqaror mavqeiga ega bo’lish uchun butun jamiyatning xo’jalik munosabatlari rejalarida o’z ishtirokining maqsadga muvofiqligini tushunadi. O’z navbatida ko’plab mamlakatlar hukumatlari o’z davlat buyurtmalarini bajarish, davlat dasturlarida aks etgan va mamlakat indikativ rejasiga kiritilgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziflarni hal etishga eng ishonchli tadbirkorlik tuzilmalarini faol jalb qilishmoqda. Prognozlashtirish va rejalashtirishning zamonaviy amaliyoti rivojlangan matematik-statistik vositalarga tayanadi va yuzlab modellarga hamda turli hisob-kitoblar usullariga ega. Optimal dasturlash va operastiyalarni tadqiq 47 etish usullari keng qo’llanilmoqda. Mamlakatimizda bozor munosabatlari doirasida rejalashtirish nazariyasi va amaliyoti o’zining dastlabki bosqichlarida turibdi. O’tmishda orttirilgan tajribani yangi iqtisodiy sharoitda qo’llashning iloji bo’lmay qoldi. Bozor vazifalarini hal etishda uni yangilash uchun vaqt talab etiladi. Agar rejalashtirish tamoyillari tubdan o’zgarsa, uslubiy salohiyat kamroq o’zgaradi. Bir tomondan, bozor muvazanatiga erishish, ikkinchi tomondan, xo’jalik ichida rejalashtirish qator umumiy belgilar mavjud. Harakatlarni optimallashtirish algoritmlarining xususiyatlari bozor iqtisodiyotining ko’plab institustional xususiyatlariga qat’iy nazariy ma’no berish va ularni matematik ifodalash imkonini beradi. Shuning uchun bozor sho’ro rejalashtirish metodologiyasining ishlanmalaridan ijodiy va o’rinli foydalanishni talab etishi mumkin. Ilgari sobiq ittifoqda ishlab chiqilgan, axborot yig’ish va unga ishlov berishning davlat tizimini hisobga olgan holda EHMdan foydalanish asosida tuzilgan iqtisodiyotning optimal tarzda faoliyat ko’rsatishi tizimi (IOFKT), mutaxassislar fikriga ko’ra, unga tegishlicha ishlov berilgach, yangi iqtisodiy tizimda ham samarali bo’lishi mumkin. IOFKT asosini narxlar va iqtisodiy me’yorlar yordamida makro va mikrodarajalarda rejalarni kelishish tartibotlari tashkil etadi. Shunday qilib, iqtisodiy oldindan ko’ra bilishning jahon amaliyoti o’zining haqiqiy ustunliklarini aniqlaguncha uning imkoniyatlarining tan olinmasligidan tortib to ma’muriy-buyruqbozlik rejimida rejaning fetishigacha bo’lgan uzoq evolyustiya yo’lini bosib o’tdi. Insonlarga rejalashtirishning jamiyat iqtisodiy hodisalarga ta’sir etishining keng imkoniyatlari oydinlashdi. Sobiq ittifoqning ushbu sohadagi tajribasi davlat tomonidan rejalashtirishning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga yordam berdi. Hozirgi vaqtda ko’plab mamlakatlar hukumatlari o’z vazifalarini hal etish uchun dasturlash va indikativ rejalashtirishdan faol tarzda foydalanishmoqda. Jahonning sanoati rivojlangan mamlakatlari rejalashtirish va prognozlardan foydalanish orqali butun jamiyatni rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun bozor jarayonlariga ta’sir ko’rsatishga urinishadi. Firma darajasida reja ko’rsatkichlari mulkdor yoki rahbar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bu erda biznes- rejalashtirish usuli faol qo’llaniladi. Ayniqsa, yirik firmalarda strategik rejalashtirishning barqaror amaliyoti yaxshi natija bermoqda. Ushbu jahon tendenstiyalari sobiq sho’rolar tuzumi mamlakatlari iqtisodiyotida ham amal qila boshladi. Tegishli adabiy manbalar tahlili indikativ rejalashtirish evolyustiyasining mohiyati va shakllari, uning davlat yo’li bilan tartibga 48 solish va aralash iqtisodiyotning bozor usuli bilan o’zini o’zi tartibga solishi o’zaro nisbati yuzasidan boshlang’ich fikrlarni shakllantirishga yordam berdi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling