B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
62 3.3. Dasturiy-maqsadli rejalashtirish Maqsadli dasturlar rejalashtirishning muhim unsuri hisoblanadi. Davlat darajasidagi yig’ma maqsadli dasturlar hal etish uchun milliy iqtisodiyotni rivojlantirish muammolarini qamrab olgan dasturlar sifatida ishlab chiqiladi. Dasturiy-maqsadli usul yirik muammolarning hal etilishini markazlashgan tarzda boshqarishning samarali vositasi bo’lishi mumkin. U maqsadlar, ustuvor yo’nalishlarni ajratishni, reja ko’rsatkichlarida ifodalanadigan maqsad vazifalarini shakllantirishni, resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashni, oldinga qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Davlat dasturlari o’ta muhim davlat vazifalarining cheklangan doirasi bo’yicha prognozlardan kelib chiqib shakllanadi, ularni moliyalash esa davlat byudjetidan va byudjetdan tashqari fondlardan amalga oshirilishi kerak. Shartnomaga ko’ra ushbu dasturlarga korxonalarni, aholini, xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish mumkin. Dasturlarning moddiy-texnika ta’minoti davlat ehtiyojlari uchun davlat shartnoma tizimi orqali davlat buyurtmasi xili bo’yicha etkazib berishlar hisobidan amalga oshadi. Loyihalashtirish. Loyihalashtirish – rejalashtirishning barcha tartibotlarining yakunlovchi bosqichi. Uning maqsadi barcha darajalar va vaqt gorizontlari indikativ rejalarining loyihalarini ishlab chiqishdan iborat. Reja loyihasi boshqaruv butkul obyektining holatini ilmiy jihatdan oldindan ko’ra bilishdan iborat bo’lgan boshqaruv subyektlari strategiyasini amalga oshirish yuzasidan boshqaruv qarorining loyihasini o’zida namoyon etadi. Indikativ reja – bu uzoq muddatli istiqbolda boshqaruv butkul obyekti (korxona, mintaqa, mamlakat)ning holatini ilmiy jihatdan oldindan ko’ra bilish. Oldindan ko’ra bilish quyidagilarga asoslangan: 1) iqtisodiyot obyektlarining rivojlanishini loyihalashtirish tizimi; 2) muddatlar, resurslar, ijrochilar bo’yicha kelishilgan tadbirlar tizimi (strategik reja loyihasining dasturiy qismi); 3) iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagi qoidaga amal qilinishi kerak: boshqariladigan tizimning darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, reja loyihalarida iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika, ekologik tashqi iqtisodiy rivojlanish prognozlari tizimi bo’lishi kerak. 63 Strategik rejalar boshqaruv subyektlarining siyosatini amalga oshirish vositasi sifatida qo’llanilishi; ularni rivojlantirish maqsadlari va yo’nalishlarini ochib berishi; umuman jamiyatni va uning alohida kichik tizimlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bosqichlarini belgilab berishi; jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining o’lchovi, mezoni sifatida ishtirok etishi ushbu rejalarning muhim o’ziga xos xusuiyati hisoblanadi. Loyihalashtirish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish uchun tegishli boshqaruv obyektlarini rivojlantirishning turli variantlari ishlab chiqilishi kerak: a) ushbu xo’jalik vaziyatida optimal hisoblangan indikativ reja loyihasini tanlash; b) bozor kon’yunkturasi sharoitlariga mos keluvchi indikativ reja loyihasini ishlab chiqish. Iqtisodiyotning o’tish davri sharoitida rejalarning ijtimoiy-iqtisodiy yo’naltirilishi o’zgarishi kerak: – rejalar ma’muriy bo’ysundirish qurolidan muvazanatlashgan rejalashtirish vositasiga aylanadi; – rejalarni loyihalashtirishning strategik xususiyati kuchayadi (makroiqtisodiy rejalashtirishda bozor xo’jaligi sharoitida asosiy e’tibor iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirishga qaratiladi); – strategik rejalar loyihalarining ilmiy jihatdan asoslanganlik darajasi ortadi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling