- maqsalarning yo’naltirilishi: rejalashtirish yo’li bilan quyi tartib
maqsadlari va shaxslar hamda bo’limlar harakatlari yuqori tartib
maqsadlari bilan muvofiqlashtiriladi;
- oldindan ogohlantirish: rejalashtirish muammolarni
loyihalashtirish yo’li bilan o’z vaqtida qaror yoki preventiv choralarni
ko’rish imkonini beradi;
- alohida rejalarni muvofiqlashtirish: rejalashtirish yordamida
alohida muammolar echimlari muvofiqlashtiriladi va bu bilan ularning bir
biriga o’zlarining amalga oshirilishiga to’sqinlik qiluvchi ta’sirining oldi
olinadi;
- qarorlarni qabul qilish uchun tayyorlash: rejalashtirish
jarayonida ilgari aniqlangan muammolar tahlil qilinadi va muammolarning
hal etilishiga (maqsadlarga erishishga) olib keluvchi muqobil variantlar
tadqiq etiladi. Shunday qilib, eng mos muqobil variant bo’yicha qaror
tayyorlanadi. Keyingi barcha qarorlar uchun bir vaqtning o’zida qarorlarni
qabul qilishning muayyan doiralari qayd etiladi;
- nazorat qilishning asosiy usullarini aniqlash: rejalashtirish yo’li
bilan rejaning istalgan parametrlarini ham prognoz bilan, ham amalda
erishilgan miqdorlar bilan taqqoslash va bir vaqtning o’zida keyingi
rejalashtirish uchun zaminlarni kuzatish mumkin bo’ladi. Shunday qilib,
rejalashtirish samarali nazoratning asosiga aylanadi;
- xodimlar uchun axborot: rejalashtirish yordamida xodimlarni
maqsadlar, muqobil variantlar, mablag’larning ishlatilishi, cheklovlar va
muddatlar to’g’risida tegishlicha xabardor qilish mumkin;
- xodimlarni qiziqtirish: rejani ishlab chiqish, shuningdek reja
vazifalarini kelishish jarayonida hamkorlik qilish xodimlarning rejani
bajarish bo’yicha ishlarini rag’batlantirish, ya’ni ishlab chiqarish va
shaxsiy maqsadlarga erishishni rag’batlantirish imkonini beradi.
Rejalashtirishning yuqoridagi maqsadlaridan qator alohida vazifalar
kelib chiqadi. Rejalashtirgan shaxs maqsadlar haqida, ya’ni: umuman
qaysi maqsadlarni ko’zlash lozim, yuqori darajadagi maqsadlar qaysi
Do'stlaringiz bilan baham: |