B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
qarorlarni
qayta ko’rib chiqish imkoniyatlari to’g’risidagi axborotga muhtoj. Rejalashtiruvchi o’zi qabul qilgan qaysi qarorlar keyingi davrlarda qanday hajmda qayta ko’rib chiqilishi, modifikastiyalanishi va ularga aniqliklar kiritilishi mumkinligini bilishi lozim. Uzoq istiqbol uchun qabul qilingan va reja davrida qayta ko’rib chiqilmaydigan qarorlar muvaffaqiyatga erishish uchun xatarlar bilan bog’liq. Maqsadlar, tashqi muhit ma’lumotlari, korxonaning ahvoli to’g’risidagi ichki ma’lumotlar, rejalashtirilayotgan o’zgarishlar, muayyan muqobil variantlarning maqsadlarga erishishga ta’siri, shuningdek rejani ehtimoliy qayta ko’rib chiqishlarning har tomonlama va muntazam tahlil qilinishi pirovardida xato qarorlarni qabul qilish xatarini pasaytiruvchi va ko’zlangan maqsadlarga erishish imkoniyatini oshiruvchi rejalarni ishlab chiqishga ko’maklashishi zarur. Agar rejalashtirish jarayoni boshdan oxirigacha ko’rib chiqilsa, unda alohida davr (faza)larni ajratish mumkin. Har bir davr alohida 68 vazifalarning qo’yilishi bilan tavsiflanadi va boshqa davrlar bilan bajarilishning izchilligi va axborot almashish bilan tizimli bog’langan. Alohida davrlar vazifalarining mazmunini alohida vazifalardan chiqarish mumkin. Ularni turli darajada detallashtirilgan holda aniqlash mumkin. Birinchi yondashuvda shuni aytish mumkinki, rejalashtirish va boshqarish jarayonlari muammolarni shakllantirish, muammolarni hal etish, ijro, nazorat va qarorning bajarilishini ta’minlash bosqichlarini qamrab oladi. Agar ushbu bosqichlarni tabaqalashtiradigan bo’lsak, unga quyidagilar kiradigan qismlarga ega bo’lamiz: maqsadlarni ishlab chiqish; muammolarni qo’yish; muqobil variantlarni topish; prognozlashtirish; qarorlarni baholash va qabul qilish; ijro; reja ko’rsatkichlarini aniqlash; amaldagi ko’rsatkichlarni hisoblab chiqish; amaldagi va reja ko’rsatkichlarini taqqoslash (rejaning faktdan farq qilishini aniqlash); farqlarni tahlil qilish, tuzatishlar kiritish choralarini ko’rish. Maqsadlarni ishlab chiqish, muammolarni qo’yish, muqobil variantlarni topish, prognozlashtirish, qarorlarni baholash va qabul qilish bosqichlari rejalashtirish jarayoniga kiradi. Reja topshirig’i tanlanganidan keyin amalga oshiriladigan tadbirlar, ya’ni ijro, reja ko’rsatkichlarini aniqlash, amaldagi ko’rsatkichlarni hisoblab chiqish, amaldagi va reja ko’rsatkichlarini taqqoslash, farqlarni tahlil qilish, tuzatishlar kiritish choralarini ko’rish “ijroni boshqarish” yoki “tor ma’nodagi boshqaruv” nomi bilan umumlashtirilgan. Ijroni boshqarish, shu tariqa, rejalashtirish va yakuniy nazorat, umumiy nazorat o’rtasidagi ijroni, shuningdek qarorning ijrosini ta’minlashni qamrab oladi. Nazorat, shu tariqa, ijroni boshqarish davrlaridan birini hosil qiladi. Agar dastlabki davr boshida nafaqat ushbu davrning muqobil variantlari bo’yicha, balki qarorlar daraxti muqobil variantlarining butun zanjiri bo’yicha majburiy qaror qabul qilinsa, u holda gap qat’iy rejalashtirish haqida boradi. Agar korxonani umumiy rejalashtirish kelgusi rivojlanish haqidagi to’liq axborot mavjud bo’lgan holatda amalga oshirilsa, bunday yondashuv maqbul bo’ladi. Chunki axborot to’g’risidagi bunday taxmin haqiqatdan 69 juda yiroq bo’lganligi bois, amaliyotda qat’iy rejalashtirishning zaif nuqtasi mavjudligi, xususan, kutilayotgan vaziyatlar paydo bo’lmaganda barcha keyingi qarorlar qabul qilingan va boshqa mos qarorlarni qabul qilib bo’lmaydigan holat aniqlanadi. Alohida rejalar qat’iy rejalashtirishda optimallashtirish modellaridan birining yordamida yoki tajriba asosida aniqlanadi. Qat’iy rejalashtirishning ikkala holatida ham amalda rejalashtirilayotgan muammoning optimal tarzda hal etilishiga erishishni kutish amri mahol. Rejalashtirishning ushbu usuli predmetli muvofiqlashtirishni va alohida rejalar va butun tizimning amalga oshirilajakligini ta’minlaydi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling