B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Rejalashtirishning asosiy vazifalari va bosqichlari
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsadlarni shakllantirish
4.2. Rejalashtirishning asosiy vazifalari va bosqichlari
Rejalashtirish vazifalarini yoritishda rejalashtirishning qator usullariga to’xtalib o’tiladi. Mazkur usullari ro’yxati va ularning rejalashtirish bosqichlariga mos kelishi 1-jadvalda keltirilgan. Rejalashtirish jarayonining birinchi bosqichi maqsadlarni shakllantirishdan iborat. Maqsadlarni shakllantirish – bu keyingi harakatlar uchun aniq, tarkiblangan va amalga oshirish uchun yaroqli bo’lgan me’yorlar tizimini yaratish. Rejalashtirishda, agar aniq ifodalangan maqsadlar tizimi mavjud bo’lmasa, ushbu bosqich alohida ahamiyatga ega. “Maqsadlarni shakllantirish” bosqichi vazifalarining hal etilishi keyingi harakatlar uchun me’yorlarni aniq belgilashga yordam beradi. Agar, aksincha, maqsadlar tizimi mavjud bo’lsa, u holda rejalashtirish jarayonining birinchi bosqichidan, odatda, voz kechish mumkin. Maqsadlarni shakllantirishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: maqsadlarni topish, maqsadlarga aniqliklar kiritish, maqsadlarni tarkiblash, maqsadlarning amalga oshirilish imkoniyatini tekshirish, maqsadlarni tanlash. Ularda yuqori tartibdagi boshlang’ich maqsadlar belgilanadigan tadbirlarga maqsadlarni topish deyildi. Boshlang’ich maqsadlardan turli darajadagi quyi tartibning alohida maqsadlari ajratiladi. Quyi maqsadlar yuqori maqsadlarga bo’ysunadi. Ehtimoliy maqsadlar ularning boshlang’ich maqsadlarga mos kelishini o’lchash orali muntazam tekshirilib turiladi. Maqsadlarga aniqliklar kiritish maqsadlar mazmuni, shakllari, atamalar, alohida maqsadlar cheklovlarini yanada aniq belgilashni anglatadi. Maqsadlarga aniqliklar kiritish va maqsadlarni topish o’zaro 70 uzviy bog’langan. Aniq ifodalanadigan maqsadlar ancha aniq rejalashtirish va nazorat qilish imkonini beradi va bu bilan boshqaruvning barcha vositalarining ta’sirchanligini oshiradi. Maqsadlarni tarkiblashda barcha topilgan maqsadlarni ko’p pog’onali tartibga keltirishga intilinadi. Bunda turli maqsadlar maqsadlar ierarxiyasi (maqsadlar tizimi) bo’lishi mumkin. Maqsadlarning «teleologik» ierarxiyasi yuqori va quyi tartib maqsadlarli “maqsad va vosita” munosabatida bo’lgan holatda yuzaga keladi. Maqsadlarning mantiqiy ierarxiyasi tushunchalarning muayyan tizimini qo’llashdan kelib chiqadi. Agar R davrining foydasi quyidagicha aniqlansa: R = (davr daromadi) – (davr xarajatlari), u holda davr foydasi daromad va xarajatlarga qaraganda yanada yuqori tartib maqsadi hisoblanadi. Ustuvor yo’nalishlar bo’yicha ierarxiya maqsadlarning yana bir ierarxiyasi bo’lib, unda yuqori tartib maqsadlari sifatida ularni amalga oshirishda yuqori ustunlik beriladigan maqsadlar ko’rib chiqiladi. Qarorlar qabul qilishdagi maqsadlar nisbatiga ko’ra maqsadlar ierarxiyasi qarorlar qabul qilish modeli uchun maqsadlarning ahamiyatini hisobga olish asosida shakllanishi mumkin. Bunda asosiy maqsadlar ikkinchi darajali maqsadlardan farq qiladi. Va, nihoyat, korxonani boshqarish unsurlari bilan shakllanadigan va korxona maqsadlari, bo’linmalar maqsadlari, bo’limlar maqsadlari va lavozim maqsadlarining ajralishiga olib keluvchi maqsadlarning tashkiliy ierarxiyasi haqida ham to’xtalib o’tish lozim. Agar boshqaruv tizimi bilan maqsadlar tizimini o’zaro muvofiqlashtirish zarur bo’lsa, maqsadlarning ushbu ierarxiyasi dastlabki o’ringa chiqadi. Maqsadlarni tanlash (maqsadlar bo’yicha qarorlar qabul qilish) deganda qarorning pochta orqali qabul qilinishiga olib keluvchi harakatlarni tushunish lozim. Agar maqsadlarning bir necha muqobil tizimlari ishlab chiqilgan bo’lsa, u holda yuqori tartib maqsadlariga erishishni yaxshiroq ta’minlaydigan maqsadlar tizimini tanlash zarur. Maqsadlarning amalga oshirilish imkoniyatini tekshirish tamoyili alohida maqsadlar texnik-iqtisodiy shartlar, maqsadlar tizimining tarkibi, xodimlarning mavjudligi nuqtai nazaridan erishilajakligini, amalga oshirilajakligini aniqlashga yo’naltirilgan. Tarkibiy-maqsadli jihat maqsadlarning ularning birgalikda mavjud bo’la olishligi bo’yicha munosabatlarini qamrab oladi. Bunda maqsadlar birgalikda mavjud bo’la olishi ham, bo’la olmasligi ham mumkin. Birgalikda mavjud bo’la oladigan maqsadlar xolis (betaraf) va bir-birini to’ldiruvchi maqsadlar bo’lishi mumkin. Birgalikda mavjud bo’la olmaydigan maqsadlar haqida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling