B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejalarning muvofiqlik darajasi.
Aniqlik
darajasi. Rejalashtirishning aniqligi rejalashtirish obyektlari, rejaning tarkibiy qismlari xususiyatlarini o’lchashning va bu bilan reja mazmunining aniqlik darajasini anglatadi. Aniqlik darajasi tizimning alohida rejalari uchun bir xil bo’lishi shart emas. Aniqlik darajasiga nisbatan qo’yiladigan talablar shu bilan belgilanadiki, bir alohida reja taxminiy reja ko’rinishida, boshqasi esa batafsil ishlab chiqilgan reja sifatida tuziladi. Rejalarning muvofiqlik darajasi. Rejalashtirish tizimining barcha alohida rejalari muvofiqlashtirilgan va integrastiyalangan bo’lishi kerak. Rejalarning muvofiqligi, birinchi galda, rejaning tarkibiy qismlariga va alohida rejalar o’rtasidagi munosabatlarga bog’liq. Rejalarning mazmuni nuqtai nazaridan maqsadlar, prognozlar, tadbirlar, mablag’lar, reja uchun mas’ul bo’lgan shaxslarning harakatlari, muddatlarni muvofiqlashtirish mumkin. Bundan tashqari, alohida rejalarni zarurat, muddatlilik, ierarxiya, izchillik, shartlanganlik va moslashuvchanlik darajasi bo’yicha muvofiqlashtirish zarur. Bir darajadagi rejalarning muvofiqlashuvini ta’minlashni rejalarni muvofiqlashtirish deb, turli darajadagi rejalarning muvofiqlashuvini esa rejalarni integrastiyalash deb nomlaymiz. 4.4. Qishloq xo’jaligini rejalashtirishda prognozlashning ahamiyati Qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish bozor iqtisodiyoti munosabatlariga mos holda, ya’ni bozorga va iste’molchiga qaratilgan holda tashkil etish lozim. Iqtisodiyotning agrar sektorini rivojlantirish muammolarini hal etish O’zbekistonning bozorga o’tishdagi butun strategiyasini hal qiluvchi bo’g’indir. Bu qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi rolidan kelib chiqadi. Aholining 60 % qishloq joylarda yashaydi. Milliy daromadning 32 foizidan ko’prog’i bugungi kunda qishloq xo’jaligidan olinadi. Qishloq xo’jaligi respublika hayotini ta’minlashning asosi, sanoatning etakchi tarmoqlarini rivojlantirish uchun shuningdek, eksport resurslari va valyuta tushumlarining eng muhim manbalaridandir. Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini rejalashtirishtirishning muhimligi ham shundaki, xo’jaliklarda ishlab chiqarishni rejalashtirishning eng muhim tomonlarini izlab topishdan iboratdir. Xalq xo’jaligni rivojlantirish rejalarini tuzish va ishlab chiqarishni yanada yuksaltirish asosida tashkil etish rejalashtirish deb ataladi. Iqtisodiy reja tuzganda, ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlarini nazarda tutadi, 82 ya’ni ishlab chiqarishni taqsimot va ayriboshlashni butun jamiyat miqyosida rejali ravishda tashkil etadi. Xo’jaliklarda rejalar aniq va ilmiy jihatdan asoslangan bo’ladi. Chunki, har bir xo’jalik rejani tuzishda rejalashtiruvchi bo’limlar iqtisodiy shart-sharoit va imkoniyatlarga, ishlab chiqarish ilg’orlarining tajribasidan keng foydalangan holda ishlab chiqaruvchi kuchlarni, fan va texnikani rivojlantirishda erishilgan darajaga asoslanadi. Rejalarning aniqligi xo’jalikda tashkilotchilik ishi va mehnatkashlarning ijodiy tashabbusi bilan ta’minlanadi. Rejalashtirish bevosita xo’jaliklarning o’zida amalga oshirilishi hamda asosiy e’tibor xujalikni intensiv rivojlantirish yo’li bilan qishloq xo’jalik mahsulotlarini har tomonlama ko’paytirib borishga qaratilishi kerak. Xo’jaliklarda ishlab chiqarish rejasini tuzganlarida rejalashtirilayotgan tadbirlarning iqtisodiy jihatdan qanchalik ahamiyatli ekanligiga alohida e’tibor berish kerak. Masalan: ekin maydonining strukturasini belgilash bilan birga ekiladigan har bir gektar ekinning ahamiyati, qimmati va hosildorligini puxta tahlil qilish, uning xo’jalikka iqtisodiy jihatdan qanday foyda keltirishini aniqlash zarur. Xo’jaliklarda quyidagi turdagi rejalar tuziladi: Perspektiv reja. Bu rejaga xo’jalikni rivojlantirishning bir necha yillarga mo’ljallanib tuzilgan rejalari kiradi. Unda tegishli yillarda bajarilishi ko’zda tutiladi. Bu reja qishloq xo’jalik mahsulotlarini harid qilish va tashkiliy-xo’jalik rejalari loyihalari asosida tuziladi. Yillik ishlab chiqarish - moliya rejasi hamda ichki bug’inlar va yordamchi korxonalarga beriladigan yillik ishlab chiqarish topshiriqlari. Bu rejaga xo’jalikning bir yilgi ishlab chiqarish - moliya rejasi hamda erdamchi korxona, ichki bo’g’inlarning yillik ishlab chiqarish topshiriqlari kiradi. Operativ reja. Bu rejaga qishloq xo’jalik ishlarining turli davrlariga qarab tuziladigan ish rejalari - ya’ni kvartallar, oylarda qilinadigan ishlar rejasi hamda plan-naryadlar kiradi. Bu rejada jamoaning bir yil davomida qilinadigan ishlari belgilanadi. Ishlab chiqarish - moliya rejalari asosida xo’jalikning ayrim tarmoqlariga yillik ishlab chiqarish topshiriklari beriladi. Xo’jalik istiqbol va joriy rejalarida xo’jalikning rivojlanish ehtiyojlari va aniq sharoitga qarab, xo’jalikning har bir sohasida ishlab chiqarishning o’sish sur’atlari aniqlanadi va xo’jalikning har bir tarmog’iga tegishli topshiriqlar belgilanadi. 83 Istiqbol rejada xo’jalikni bir necha yil mobaynida rivojlantirish ko’lami va sur’ati oldindan belgilab beriladi. Bu reja odatda, mamlakat xalq xo’jaligini rivojlantirish istiqbol rejasida ko’zda tutilgan muddatga mo’ljallab tuziladi. U bir necha yilga, jumladan 5, 10 va undan ko’prok yilga mo’ljallab tuzilishi mumkin. Istiqbol rejalar tufayli rejalashtirishning uzluksizligi ta’minlanadi. Shuning uchun ham istiqbol reja xo’jalikni rivojlantirishning ko’p yilga mo’ljallab tuzilgan dasturidir. Istiqbol rejaning eng muhim topshiriqlari yillar bo’yicha taqsimlanadi. Qishloq xo’jaligida istiqbol rejalarni tuzishda xalq xo’jaligini yanada rivojlantirish istiqbolli rejalariga hamda Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi va Vazirlar Mahkamasining qishloq xo’jaligini yanada yuksaltirish haqidagi qarorlariga amal qilinadi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling