B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2. Indikativ rejalashtirish metodologiyasining asosiy qoidalari. 6.3. Iqtisodiy inqirozlar va rejalashtirish tajribalari.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1995. 2. Basovskiy L.E. Prognozirovanie i planirovanie v usloviyax rinka. Uch.posob. M.: 2006.-260 s. 3. Bezrukov V. Organizastiya gosudarstvennogo planirovaniya i regulirovaniya ekonomiki // Planovoe xozyaystve. 1990 g. № 3. – 69 s. 4. Berkinov B.B., Ashurova D.S., Abdullaeva M.K., Zohidov G’.E. Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlash.-T.: TDIU,2010.- 216b. 5. Jumaev X.N., Otaniyazov B., Yugay L.P., Jalilov A. Matematik programmalashtirish: darslik. – T.:”Adabiyot jamg’armasi” nashriyoti, 2005. – 230b. 6. Knish M.I., Perekatov B.A., Tyutikov Yu.P. Strategicheskoe planirovanie investistinnoy deyatelnosti: Ucheb. posobie. – SPB.: Izd. dom “Bizness – Pressa”, 1998. – 315s. 7. O’zbekiston iqtisodiyoti. Axborot tahliliy sharh, 2007 y, 2008 y “O’zbekiston”, - Toshkent.; 2008, 2009. 99 6-bob. INDIKATIV REJALASHTIRISH VA IQTISODIY HODISALARNING TAMOYILLARI 6.1. Indikativ rejalashtirish funksiyalari. 6.2. Indikativ rejalashtirish metodologiyasining asosiy qoidalari. 6.3. Iqtisodiy inqirozlar va rejalashtirish tajribalari. 6.4. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot konsepsiyalari. 6.1. Indikativ rejalashtirish Funksiyalari Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan davlat va nodavlat sektorlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ongli ravishda boshqarish usuli sifatida indikativ rejalashtirish rivojlanadi. Indikativ rejalashtirish bozorning mustaqil subyektlarini davlat bilan mutanosib asoslarda rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga jalb qilish usuli hisoblanadi. U tovar ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va umuman bozorga ta’sir etishning iqtisodiy vositalaridan foydalanishga asoslanib, davlat va xususiy sarmoya manfaatlarini uyg’unlashtirish imkonini beradi. Indikativ reja ikkita asosga tayanadi. Bir tomondan, u dasturlar yoki alohida ko’rsatkichlarni ishlab chiqish uchun yo’naltiruvchi axborot hisoblanadi. Bu borada u tavsiyaviy xususiyatga ega: ko’rsatkichlar strategiya yoki iqtisodiy harakat to’g’risida qarorlar qabul qilishda indikatorlar sifatida foydalaniladi. Indikativ reja qamrab olgan xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun uning ko’rsatkichlari majburiy hisoblanadi, chunki ularni bajarmaslik rejada qo’yilgan vazifalarning bajarilmasligiga olib keladi. Indikativ rejalar ustuvor yo’nalishlarga asoslanadi, ularning ayrimlari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish siyosati bilan belgilansa, boshqalari rejalashtirish jarayonida aniqlanadi. Asoslangan ustuvor yo’nalishlar zamirida tegishli rag’batlantirish mexanizmlari ishlab chiqiladi; milliy ahamiyatga ega bo’lgan yirik loyihalar bo’yicha o’rta muddatli dasturlar doirasida davlat va xususiy sektorning birgalikdagi sa’y-harakatlari evaziga investistiya kelishuvlari tuziladi. 100 Indikativ rejalashtirishda korxonalar muvofiqlashtiruvchi organga (bu ijro etuvchi hokimiyat organi bo’lishi mumkin) o’zining mahsulotni sotish (etkazib berish) to’g’risidagi takliflarini yuboradi. Agar ular qabul qilinsa, bu ikkala tomon uchun ham tegishli majburiyatlarni yuklaydi: a) muvofiqlashtiruvchi organ hajmlarni amalga oshirish va rag’batlantirish tizimiga kiritadi; b) korxona olingan majburiyatni bajarishga majbur bo’ladi. Shunga o’xshash tartib direktiv rejalashtirishda ham yuqoridan va quyidan belgilangan rejalarni uyg’unlashtirish shaklida amal qilgan, farq faqat shundaki, endi reja korxonaga majburiy tartibda etkazilmaydi, balki u tomonidan ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari sifatida iqtisodiyotning dinamikasi, tarkibi va samaradorligini; moliya-kredit siyosatining holatini; tovarlar va qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozorining holatini; narxlar harakatini; aholining bandligi va turmush darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liq va muvazanatlashgan tizimi davlatning ta’siri choralari bilan to’ldiriladi, shu jumladan byudjet mablag’lari, amortizastiya me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona bojlari, listenziyalar va kvotalar, davlat buyurtmalari va boshqalardan foydalaniladi. Indikativ rejalashtirish bozor iqtisodiyotining faoliyat ko’rsatishiga ta’sir etishning asosiy usuli hisoblanadi. U faqat bozor usullari bilan amalga oshirishning iloji bo’lmagan yoki qiyin bo’lgan ko’plab masalalarning hal etilishini ta’minlashga qaratilgan. Bu davlat boshqaruv organlari tizimi barcha bo’g’inlarining ham o’zaro, ham mintaqaviy organlar bilan o’zaro hamkorligi shaklidir. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling