B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Iqtisodiy inqirozlar va rejalashtirish tajribalari


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/121
Sana02.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1741173
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   121
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

 
6.3. Iqtisodiy inqirozlar va rejalashtirish tajribalari 
 
Hech bir davlat iqtisodiy tizimning beqarorligi bilan bog’liq 
xatarlardan 
himoyalanmagan. 
Biroq 
o’tish va rivojlanayotgan 
iqtisodiyotlar bunday xatarlarga tez-tez duchor bo’ladi, chunki ularning 
bozorlari ochiq, lekin shu bilan birga moliyaviy beqarorlik paydo bo’lishi 
omillarining ta’sirini yumshatuvchi mexanizmlar shakllanmagan. 
Iqtisodiy beqarorlikni mamlakat moliyaviy tizimidagi iqtisodiy 
faollikka salbiy ta’sir ko’rsatuvchi muammolar sifatida ta’riflash mumkin. 
Ko’p sonli tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, tanglikdan oldin yuz 
beradigan moliyaviy beqarorlik davrlari umumiy asosiy unsurlarga ega 
bo’lishi mumkin. Moliyaviy inqirozlar natijasida iqtisodiyot ko’radigan 
katta miqdordagi xarajatlar tanglik oldidan yuz beradigan hodisalarning 
o’sishini bilish va iqtisodiy agentlarga ularga barham berish uchun vaqt 
berish imkonini beruvchi modellarni tuzishga undaydi. Shunday qilib, 


103 
tanglik avj olishining oldini olish uchun mamlakat iqtisodiyoti holatining 
monitoringini yuritish zarur. 
Mamlakat iqtisodiyotidagi umumiy vaziyatni aks ettiruvchi asosiy 
makroiqtisodiy indikatorlar quyidagi tarzda guruhlanishi mumkin: 

Iqtisodiy o’sish sur’atlari: 
­ YaIMning o’sish sur’atlari; 
­ sanoat ishlab chiqarish dinamikasi. 

To’lov balansi: 
­ joriy hisobvaraq saldosi
­ oltin-valyuta zahiralari; 
­ tashqi qarz; 
­ savdo shartlari (eksport narxlari); 
­ import va eksport
­ real samarali kurs; 
­ sarmoyaning oqib chiqishi. 

Foiz stavkalari: 
­ real foiz stavkasi; 
­ ichki foiz stavkasi bilan LIBOR stavkasi o’rtasidagi farq; 
­ 
kreditlar 
bo’yicha 
stavkalarning 
depozitlar 
bo’yicha 
stavkalarga nisbati. 

Pul indikatorlari: 
­ 
IPЦ; 
­ real ifodadagi ichki kredit dinamikasi
­ pul multiplikatori; 
­ real ifodadagi depozitlarning o’sish sur’atlari; 
­ pul massasining oltin-valyuta zahiralariga nisbati; 
­ 
real ifodadagi pullarning «ortiqcha» taklif etilishi. 

Valyuta bozoridagi bosim indeksi. 
Iqtisodiy barqarorlik monitoringini yuritish uchun iqtisodiyot holati 
haqida oldindan xabar beruvchi indikatorlarni miqdoriy tahlil qilish 
metodologiyasi qo’llanilib, uning doirasida indikatorlarning chegara 
ko’rsatkichlari tuziladi, shuningdek keyingi davrda moliyaviy 
beqarorlikning baydo bo’lish ehtimolini baholash imkonini beruvchi 
moliyaviy barqarorlikning jamlama indeksi hisoblab chiqiladi. 

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling