B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
Xulosalar
Innovastiyalarning mavjud emasligi, muhit o’zgarishiga moslashishga qodir emaslik, xodimlar mustaqilligi va ijodiy 111 salohiyatining cheklanganligi rejalashtirishga nisbatan inaktiv yondashuvning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Shu munosabat bilan rejalashtirishga nisbatan “moslashtiruvchi” yoki “vaziyatli” yondashuv keng tarqaldi. Ushbu metodologik yondashuv ichki va tashqi sharoitlarning o’zgarishini hisobga oluvchi va erishilgan samaradorlik darajasining pasayishiga yo’l qo’ymaydigan barqaror qarorlarni qabul qilish imkonini beradi. Rejalashtirishga nisbatan say- harakatlarni kamaytirishga emas, balki optimal qarorlarni qidirib topishga yo’naltirilgan optimallashtiruvchi yondashuv metodologiyasi preaktiv yondashuvga mos keluvchi yo’nalishlarga ega. Tizimli yondashuv mohiyati tizimlar umumiy nazariyasi talablarini amalga oshirishdan iborat bo’lib, unga ko’ra har bir obyekt uni tadqiq etish jarayonida katta va murakkab tizim sifatida va bir vaqtning o’zida, umumiy tizim unsuri sifatida ko’rib chiqilishi lozim. Mazkur yondashuvning asosiy yo’nalishlari – asosiy va aylanma xarajatlarni kamaytirish, jonli mehnatni, tabiiy resurslarni tejash, tovarlar va noishlab chiqarish fondlarining muomalasi va iste’mol qilinishi jarayonida tejash. Ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liq va muvazanatlashgan tizimi davlatning ta’siri choralari bilan to’ldiriladi, shu jumladan byudjet mablag’lari, amortizastiya me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona bojlari, listenziyalar va kvotalar, davlat buyurtmalari va boshqalardan foydalaniladi. Tayanch tushunchalar Metodologiya, metodologik yondashuv, rejalashtirish metodologiyasi, iqtisodiyotning rivojlanish, iinnovastiyalar salohiyatini optimallashtirish, ideal, konsepsiya, normativ rejalashtirish, tizimli- dasturiy, strategik rejalashtirish tadbirlarning kompleksligi, tizimli- multiplikastion yondashuv, aylanma xarajatlarni tizimli yondashuvi, to’lov balansi, depozitlar, ekspert balans ko’rsatkichlari, sintez predmetlari. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling