B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Mintaqaviy rejalarni ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlari


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/121
Sana02.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1741173
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   121
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

9.2. Mintaqaviy rejalarni ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlari 
 
Maqsadli kompleks dasturni ishlab chiqish asnosida mintaqani 


122 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlarini aniqlash 
jarayonining o’ta muhimligini ta’kidlash zarur. Dasturda belgilanadigan 
ustuvor yo’nalishlarning to’g’ri tanlanishi barcha sa’y-harakatlar va 
resurslarni iqtisodiy rivojlanish salohiyatini amalga oshirishga qaratish va 
bu bilan dasturiy tadbirlarning samaradorligini ta’minlash imkonini 
beradi. 
Biroq amaliyotda dasturiy ishlab chiqish uchun muammolarni 
tanlash mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojidagi “kasal” uchastkalar 
ro’yxati bilan cheklanadi, holbuki, ilmiy asoslangan yondashuvni 
qo’llagan holda barcha muammolar ichidan ularning hal etilishi mintaqa 
uchun sifat jihatdan yangi istiqbollarni ochib beruvchi muammolarni 
tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bundan tashqari, aksariyat 
holatlarda maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda maqsadlar, ustuvor 
yo’alishlar, indikatorlar va mintaqaviy rivojlanishning tartibga 
soluvchilari o’rtasida o’zaro bog’liqlik ta’minlaymaydi. 
Mintaqaviy rejalashtirishning «maqsadlar daraxti» uchta darajadan tarkib 
topgan (2-rasm). 
2-rasm. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish «maqsadlar 
daraxti»  
1-daraja. Hudud jadal o’sish salohiyatiga ega bo’ladigan rivojlanish 
variantini shakllantirish. 
2-daraja. 
2.1. Tabiiy-resurs majmuini saqlab qolish va rivojlantirish. 
2.2. ASM va sanoatni takomillashtirish. 
2.3. Sayyohlik-rekreastion majmuani istiqbolli rivojlantirish. 
2.4. Mintaqaning investistiyaviy jozibadorligini oshirish. 
2.5. Mintaqa aholisining turmush darajasini oshirish. 
3-daraja. 
3.1. Geologiya-razvedka ishlarining sifatii va ma’danli xomashyo 
bazasini yaxshilash. 
3.2. Atrof muhitni muhofaza qilish. 
3.3. Mintaqaning o’rmon xo’jaligini rivojlantirish. 
3.4. Qishloq xo’jaligi mahsuloti, xomashyo va oziq-ovqat 

2.1 
2.2 
2.3 
2.4 
2.5 
3.1
3.2
3.3

3.4
3.5
3.6

3.7
3.8
3.9

3.10
3.11
3.12

3.13
3.14


123 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish chora-tadbirlarini amalga 
oshirish. 
3.5. Mintaqa ASMda agrar islohotlarni amalga oshirish. 
3.6. Sanoat korxonalarida innovastion va investistiya jarayonlarini 
jadallashtirish. 
3.7. Sayyohlikning turli xillarini yanada rivojlantirish. 
3.8. Tarmoqqa malakali ishchi kuchini jalb qilish. 
3.9. Investistiyalarni jalb qilish mexanizmlarini shakllantirish. 
3.10. Mintaqaga investistiyalarni jalb qilish. 
3.11. Tashqi sarmoyadorlar sarmoyasini mintaqaga jalb etish 
maqsadida ular bilan tizimli ishlash. 
3.12. Kichik biznes va xizmatlar ko’rsatish sohasini rivojlantirish 
uchun shart-sharoitlarni yaratish. 
3.13. Mintaqa aholisining turmush darajasini oshirish. 
3.14. Mintaqa aholisining turmush sifatini yaxshilash. 
Dasturning tarkibiy tuzilishi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga olishi 
lozim: 
1. Dastur pasporti. 
2. Asosiy mazmuni. 
2.1. Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy holati va uni rivojlantirish 
strategiyasi. 
2.2. Mintaqani rivojlantirish muammolarini hal etishning ustuvor 
yo’nalishlarini asoslash. 
2.2.1.Mintaqani 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish 
«maqsadlar 
daraxti». 
2.2.2. Mintaqani rivojlantirish muammolarini hal etishning ustuvor 
yo’nalishlarini aniqlash. 
2.2.3. Dasturning ustuvor maqsadlari va yo’nalishlarini belgilash. 
2.3. Dasturni amalga oshirish maqsadlari, vazifalari, muddatlari va 
bosqichlari. 
2.4. Dasturiy tadbirlar tizimi. 
2.5. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni dasturiy indikativlash. 
2.6. Dasturni boshqarishni tashkil etish. 
2.7. Dasturni resurslar bilan ta’minlash. 
2.8. Dasturni amalga oshirish natijalarining samaradorligini 
baholash. 
2.8.1. Har maqsad va vazifa bo’yicha dasturiy tadbirlar 
bajarilishining sifat va miqdoriy natijalari. 
2.8.2. Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini joriy dasturiy-


124 
indikastion baholash. 
2.8.3. 
Mintaqaning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini 
yakuniy 
dasturiy-indikastion baholash. 
Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darjasini baholash 
jarayonida integral indikatorlardan foydalanish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Indikatorlarni hisoblab chiqishda taqqoslash bazasi sifatida 
quyidagilardan foydalanish mumkin: tahlil qilinadigan har bir davr uchun 
mintaqaviy o’rtacha va maksimal ko’rsatkichlar; mintaqaning ma’muriy 
birliklari bo’yicha o’rtacha va maksimal ko’rsatkichlar (2-jadval). 
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoniga ta’sir ko’rsatish belgisi 
bo’yicha indikatorlarni ikkita guruhga bo’lish mumkin: 
- ijobiy jarayonlarni yorituvchi indikatorlar. 
- salbiy jarayonlarni yorituvchi indikatorlar.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling