B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Indikativ rejalashtirish shakllarining evolyusiyasi. 2.2. Jahonda, shu jumladan O’zbekistonda prognozlashtirish va rejalashtirishning holati.
- “Yangi uy qurmasdan turib, eskisini
32 2-bob. JAHON IQTISODIYOTIDA INDIKATIV REJALSHTIRISHNING EVOLYUTSION RIVOJLANISHI VA TARTIBGA SOLINISHI HAMDA ULARNING HOZIRGI HOLATI 2.1. Indikativ rejalashtirish shakllarining evolyusiyasi. 2.2. Jahonda, shu jumladan O’zbekistonda prognozlashtirish va rejalashtirishning holati. 2.3. O’zbekiston Respublikasida indikativ rejalashtirish konsepsiyasi. 2.1. Indikativ rejalashtirish shakllarining evolyustiyasi Zamonaviy prognozlar va rejalar o’tmishdagilaridan birinchi galda asoslash metodologiyasi bilan farq qiladi. Prognozlar va rejalarni asoslash darajasining oshishi kelajak timisolini ishlab chiqishga nisbatan to’plangan va bashariyat tomonidan foydalaniladigan ilmiy yondashuv tajribasidan dalolat beradi. Tajribani ijodiy o’zlashtirish esa – faoliyatning istalgan sohasida muvaffaqiyat garovidir. Agarda muayyan iqtisodiyotni oladigan bo’lsak, u holda ushbu sohada prognozlashtirish va rejalashtirish natijalari iqtisodiy munosabatlar qonunlari va tendenstiyalarini to’g’ri tushunishga, muayyan xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati sharoitlarini yaxshi bilish va hisobga olishga bog’liq. O’tgan asrlardayoq bashariyat tomonidan jamiyatning kelajagi haqida muayyan tasavvurlar shakllantirilgan edi. Hozirgi nuqtai nazardan ushbu qarashlar sodda (qaloq) hisoblanadi, biroq kuchli falsafiy jihat ularning bugungi kunda ham dolzarbligini oshiradi. Bunday qarashlar jumlasiga Lao-Цza, Konfustiy, Platon nazariyalarini kiritish mumkin. O’rta asrlarda klajak haqidagi tasavvurlarda ijtimoiy-texnik xomhayollar (utopiyalar)ning kuchli ta’siri (R.Bekon, Spinoza va b.) sezildi. Olamning umumiy tarqqiyoti va oldindan aytib berilajakligini e’tirof etishda regress konsepsiyasi va stikllar nazariyasi keng tarqaldi. Taraqqiyot inson ongi takomillashuvi va tashqi omillar ta’sirining natijasi sifatida tushunildi. Olamni soddalashtirilgan tarzda tushunish, ya’ni pozitivizm avj oldi, unda fanning oldindan aytib berish Funksiyasi tahlil va tashxisdan kelib chiqdigan mantiqiy xulosa sifatida amalga oshirildi. Jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muayyan darajasiga 33 erishilishi munosabati bilan utopizm va pozitivizm evolyustiyasidagi burilish yuz berdi. G’arbiy Evropada bu XIX asrning o’rtalarida, Rossiyada XIX asrning 80-yillarida, Xitoy, Hindiston va Osiyoning boshqa mamlakatlarida yanada kechroq sodir bo’ldi. Hamma vaqt jamiyat rivojini prognozlashtirish bilan bir qatorda xo’jalik hayoti ham prognoz qilingan. Har qanday tarixiy davrda xo’jalik yuritish obyektining egasi o’z qarorlarining ehtimoliy oqibatlarini ko’rib chiqishi lozim edi. Masalan, hosil qanday bo’ladi, uni qanday narxda sotish va olingan daromaddan qanday foydalanish mumkin. Albatta, davlat boshliqlari ham o’zining iqtisodiy tasavvurlariga va ularga erishish vositalariga ega edi. Ko’zlangan hukumdorlik qarorlariga erishi vositalari jumlasiga jazolar, soliqlar va sovg’alarni kiritish mumkin. Ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi bilan jazolovchi choralardan bilvosita choralarni qo’llashga o’tish ko’zga tashlandi. Oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishishning iqtisodiy vositalarini shular jumlasiga kiritish mumkin. Turli mamlakatlar boshliqlarining o’z fuqarolarining daromadlariga “ta’sir ko’rsatishi”ning turli choralarini, savdogarlar huquqlarining tartibga solinishini (ma’lum turdagi tovarlarni mamlakatga olib kelish va undan olib chiqish uchun ruxsat), birjalar va banklarni tashkil etish va ularning ishlashini nazarda tutuvchi farmonlari bizga yaxshi ma’lum. Lekin XX asrning boshidan boshlab iqtisodiy prognozlashtirish va rejalashtirish imkoniyatlariga nisbatan qiziqish uyg’ondi. Agar ilgari iqtisodiyot va madaniyatni oldindan aytib ko’rib bo’lmaydi degan fikr ustunlik qilgan bo’lsa, XX asrning boshiga kelib insonlar iqtisodiyotda ilmiy oldindan ko’ra olish birinchi galda davlatning jamiyatga ta’sir etishi uchun, shuningdek firmaning ishlarini boshqarish uchun ham keng imkoniyatlarni yaratishini tushuna boshlashdi. Mamlakatimizda sodir bo’lgan voqealar iqtisodiy fikrga katta turtki berdi. Ushbu bosqichni batafsil ko’rib chiqamiz. O’z rivojlanishi jarayonida urushdan keyingi davrda indikativ rejalashtirish aralash iqtisodiyotni davlat yo’li bilan tartibga solishning turli bosqichlariga mos keluvchi turli shakllar orqali o’tdi. YaIMdagi davlat xarajatlarining oshishiga qarab byudjetning iqtisodiy o’sish sur’atlariga va ulushiga ta’sirining kuchayishi bilan bog’liq kon’yunktura shakli indikativ rejalashtirishning tarixan birinchi shakli bo’ldi. Iqtisodiyotlarni tarkibiy qayta qurish va ularning jadal rivojlanishi sharoitida byudjetlarni soliq tushumlarini baholashning asosida yotuvchi xalq xo’jaligini prognozlashtirish ko’rsatkichlari bilan muvofiqlashtirish zarurati paydo bo’ldi. Bu hol o’rta va uzoq muddatli prognozlarning ishlab 34 chiqilishiga olib keldi, masalan, Yaponiyada «Milliy daromadni ikki marta oshirishning o’n yillik rejasi» (1961–1970), Kanadada «Iqtisodiy o’sish yo’llarini tanlash» (1976–1985), AQShda Mehnat vazirligining 1986–1995 yillarga mo’ljalangan prognozi shular jumlasidandir. Prognoz faoliyatining takomillashuvi va murakkablashuviga qarab u byudjetlashdan ham uslubiy, ham tashkiliy jihatdan ajrala boshladi: agar dastlabki bosqichda milliy iqtisodiy rejalar (prognozlar) moliya vazirliklarida tuzilgan bo’lsa, 60-yillarning boshidan boshlab maxsus reja organlari (Franstiyada rejalashtirish bo’yicha Bosh komissariat, Kanadada Iqtisodiy kengash, Yaponiyada Iqtisodiy maslahat kengashi, Niderlandiyada Markaziy reja byurosi va h.k.) tuzildi. EIda rejalashtirish tezda milliy darajadan yuqoriga chiqdi, Ittifoq organlari mintaqa xo’jaligini rivojlantirishning qisqa va o’rta muddatli dasturlarini tayyorlay boshlashdi va ular asosida milliy iqtisodiyotlar uchun tavsiyalar tayyorlandi. 1962 yilda «1960–1970 yillarga mo’ljallangan EIni iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari» paydo bo’ldi, so’ngra 1971-1975 va 1976-1980 yillarga mo’ljallangan o’rta muddatli iqtisodiy siyosat dasturlari ishlab chiqildi. Selektiv tarkibiy siyosat doirasida soliq imtiyozlari, imtiyozli kreditlar va davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlashning boshqa chora- tadbirlaridan foydalangan holda xususiy korxonalar va hududiy hokimiyatlarning indikativ rejalarini bajarishga kirishish mos ravishda indikativ rejalashtirishning tarkibiy shaklini yuzaga keltirdi. Undan foydalanishda Yaponiya katta muvaffaqiyatlarga erishdi; mamlakat hududini yalpi rivojlantirishning dastlabki rejasi (1960–1970 yillarga mo’ljallangan) 1962 yilda paydo bo’ldi. Unda va 1969 yilda qabul qilingan ikkinchi rejada (1969–1985 yillarga mo’ljallangan) asosiy sanoat markazlaridan uzoqda joylashgan hududlarda “o’sish polyuslari”ni barpo etish konsepsiyasiga asos solindi. Uchinchi rejaning asosida “integrastiyalashgan” joylashtirish konsepsiyasi yotadi, 1987 yilda esa «Xalqaro uyg’unlikka erishish maqsadida Yaponiya iqtisodiyotining tarkibini isloh qilish dasturi» yoki «Maekava ma’ruzasi» tasdiqlandi 9 . Shunday qilib, aniq maqsadga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar, shu jumladan ishlab chiqarishni hududiy faollashtirish chorak asr mobaynida davlat iqtisodiy siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi bo’lib qoldi. 80- yillar boshida yuz bergan moliya tizimini erkinlashtirishdan keyin ham Yaponiya faol va uzoq muddatli tarkibiy siyosatni amalga oshirishdan voz kechmadi. Yaponiya Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1987 yil 30 iyunda 9 Соколова И. О взаимодействии федеральной и местной властей в региональных экономических программах //США: экономика, политика, идеология. 1994 г. № 1. – 83 с. 35 tasdiqlangan va joriy asrning oxirigacha bo’lgan davrga mo’ljallngan «Milliy rivojlanishning to’rtinchi rejasi»da ham avvalgi uchta rejadagi kabi hayotning barcha sohalarida mamlakatni rivojlantirishning asosiy maqsadlari ifodalandi. Ushbu maqsadlar ichida eng asosiysi “Davlat hududini rejali rivojlantirishning mavjud muammolari va uning xavfsizligini ta’minlash zaruratidan kelib chiqib uning o’ziga xos imkoniyatlaridan foydalanishning ko’p qirraligiga erishish, shuningdek mamlakatning asosiy hududlarida aholi, iqtisodiyot va davlatning ma’muriy Funksiyalarining haddan tashqari jamlanishiga barham berish yo’li bilan alohida hududlar o’rtasidagi aloqalarni va xalqaro miqyosda hamfikrlilikni chuqurlashtirish yo’lida uning hududini rivojlantirishning multipolyarligiga erishish”dan 10 iborat. Indikativ rejalashtirishning tarkibiy shakliga nisbatan huddi shunda evolyustiya Franstiyada yaqqol ko’zga tashlandi: mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, 70-yillarning boshidan boshlab «indikativ reja jamiyat farovonligini yaratuvchi davlatning rejasi hamda davlat siyosatiga bog’liq bo’lgan iqtisodiyotning tarmoq va mintaqaviy kichik tizimlari daromadlari va xarajatlarining harakatlarini muvofiqlashtirish usuli sifatida ko’rib chiqila boshladi. Boshqa so’z bilan aytganda rejaning majburiy va prognoz jihatlari aniq bo’lingan» 11 . Aralash iqtisodiyotning rivojlanishi va bozorlarning globallashuviga qarab indikativ rejalashtirish o’zining strategik shakliga ega bo’ladi. Franstiyada strategik rejalashtirish g’oyasi birinchi marta o’ninchi indikativ rejada o’z aksini topdi (1989–1992): har biri turli xildagi moliyaviy preferenstiyalar bilan ta’minlangan maqsadli davlat dasturi maqomiga ega bo’lgan rivojlanishning oltita asosiy yo’nalishi belgilandi (milliy valyutani mustahkamlash va bandlikni ta’minlash, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, aholini ijtimoiy himoyalash, hududni obodonlashtirish, davlat xizmatlarini yangilash). Strategik rejalashtirish Funksiyasi Amerika hokimiyat organlari tomonidan ham shunga o’xshash tarzda talqin etiladi: «muvaffaqiyatli raqobatga erishish, har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, to’liq ishonchga va shtat va mahalliy hokimiyatlarning moliyaviy ko’magiga asoslangan iqtisodiy siyosatning samaradorligiga maksimal tarzda ko’maklashish uchun yangi qarorlarni qidirib topish» 12 . So’nggi yillarda yuz bergan moliyaviy larzalar shuni ko’rsatdiki, 10 Соколова Соколова И. О взаимодействии федеральной и местной властей в региональных экономических программах //США: экономика, политика, идеология. 1994 г. № 1. – 83 с. 11 Евграшин А. Из практики французского индикативного планирования // Российский экономический журнал. 1998 г. №2. – 84, 85 с. 12 Соколова И. О взаимодействии федеральной и местной властей в региональных экономических программах //США: экономика, политика, идеология. 1994 г. № 1. – 83 с. 36 bozorlarning baynalminallashuviga qarab bozor mexanizmlari rolining kuchayishi kredit-moliya tizimi inqirozga yuz tutishining xavfini keskin oshiradi. Bugungi kunda, shu tariqa, nafaqat milliy darajada, balki xalqaro darajada ham xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish zarurati kuchaymoqda. Evropa uning iqtisodiyotini yagona valyuta tizimiga moslashtirishdan manfaatdordir, Yaponiya esa surunkali tarkibiy tanglikni boshdan kechirmoqda. Shu munosabat bilan ayrim g’arb olimlari kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotlarini erkinlashtirish davridan so’ng rejalashtirishning roli kuchayishini bashorat qilishmoqda 13 . Shu nuqtai nazarda O’zbekiston Prezidenti I. Karimovning “Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o’tish jarayonida tadrijiy yondashuvni, “Yangi uy qurmasdan turib, eskisini Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling