B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
Xulosalar
1. Bir qator etakchi rivojlangan mamlakatlarda (shu jumladan Franstiya, Buyuu Britaniya, Germaniya, Yaponiyada) urushdan keyingi davrda yaxshi rivojlangan indikativ rejalashtirish bozor iqtisodiyotini davlat yo’li bilan tartibga solishning muhim vositalaridan biri sifatida o’zining yuqori samaradorligini ko’rsatdi. 2. Iqtisodiy oldindan ko’ra bilishning jahon amaliyoti o’zining haqiqiy ustunliklarini aniqlaguncha uning imkoniyatlarining tan olinmasligidan tortib to ma’muriy-buyruqbozlik rejimida rejaning fetishigacha bo’lgan uzoq evolyustiya yo’lini bosib o’tdi. 3. Hozirgi kunda O’zbekistonda bozor islohotlari tegishli tajriba va uni aks ettiruvchi ushbu sohadagi uslubiy asoslarni o’rganish faollashmoqda. Indikativ rejalashtirish konsepsiyasini amalga oshirish uchun O’zbekiston “Davlat tomonidan prognoz qilish va O’zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari to’g’risida”gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish zarur. Tayanch tushunchalar Ko’rsatmali-markazlashgan tarzda boshqarish, boshqarishning soliq yuki, davlat xaridlari, xufyona iqtisodiyot, bozor stixiyasi, industrial 52 rivojlangan korporativ-kapitalistik iqtisodiyot, mexanizmlar, bozor iqtisodiyotini davlat yo’li bilan tartibga solishning iqtisodiy munosabatlari, iqtisodiy prognozlar, pozitivizm, YaIM, o’rta va uzoq muddatli prognozlar, milliy daromad, iqtisodiy o’sish, o’rta muddatli iqtisodiy siyosat dasturlari, integrastiyalashgan, Maekava ma’ruzasi, multipolyarligi, strategik rejalashtirish, bandlikni ta’minlash, kredit-moliya tizimi. Nazorat va muhokama uchun savollar. 1. Iqtisodiyotda indiakativ rejalashtirishdan foydalanishning qulayligi va kamchiligining sababalari nimada? 2. Indikativ rejalashtirish nazariyasi qaysi davrlarda, qanday sababalar ta’sirida shakllandi? 3. Davlat tomonidan markazlashgan tarzda rejalashtirishning ijobiy va salbiy tomonilarini tushuntiring. 4. Etakchi rivojlangan davlatlarda prognozlashtirishning qanday shakllari mavjud? 5. O’zbekistonda prognozlashtirish va rejalashtirishning holati qanday? 6. O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida indiaktiv rejalashtirishning tashkiliy-huquqiy va uni joriy etishning holati qanday? Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling