B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. BOZOR XO’JALIGIDA REJALASHTIRISH METODOLOGIYASI VA ULARNI TASHKIL ETISH
- 3.3. Dasturiy-maqsadli rejalashtirish. 3.1. Indikativ rejalashtirish metodologiyasining tizimi
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1995. 2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi Qonun. 3. O’zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi Qonuni. 1993 yil 2 sentyabr, 915-XII-son. 4. Jumaev N.X., O.Q. Abduraxmonov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi: sabablari va uni bartaraf etish muammolari. – T.: Akademnashr, 2010.—160b. 5. Knish M.I., Perekatov B.A., Tyutikov Yu.P. Strategicheskoe planirovanie investistinnoy deyatelnosti: Ucheb. posobie. – SPB.: Izd. dom “Bizness – Pressa”, 1998. – 315s. 6. Xlinov V. Obshegosudarstvennoe planirovanie rinochnoy ekonomiki / /Ekonomist. 1994 g. №4. -90 s. 7. O’zbekiston iqtisodiyoti. Axborot tahliliy sharh, 2007 y, 2008 y “O’zbekiston”, - Toshkent.; 2008, 2009. 53 3-bob. BOZOR XO’JALIGIDA REJALASHTIRISH METODOLOGIYASI VA ULARNI TASHKIL ETISH 3.1. Indikativ rejalashtirish metodologiyasining tizimi. 3.2. Bozor sharoitida muvozanatlashgan rejalashtirishning zaruriyati. 3.3. Dasturiy-maqsadli rejalashtirish. 3.1. Indikativ rejalashtirish metodologiyasining tizimi Indikativ rejalashtirish metodikasi indikativ rejalashtirish metodologiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Indikativ rejalashtirish metodikasi – bu barcha darajadagi prognozlar, dasturlar, rejalar va reja ko’rsatkichlarini hisob-kitob qilish tizimining vaqt chegaralarini ishlab chiqish, asoslash va tahlil qilish usullarining yig’indisi. Indikativ rejalashtirish usuli deganda uning yordamida rejalashtirishning qandaydir muammosi hal etilib, prognozlar, dasturlar va reja ko’rsatkichlarining son qiymatlari hisoblab chiqiladigan muayyan usul, texnik yondashuv tushuniladi. Indikativ rejalashtirish muammolarining tarkibida farqlar mavjudligi tufayli prognozlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqishning bir necha usullaridan foydalaniladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: ekspert (baholash) yoki evristik usullar; ijtimoiy-iqtisodiy tahlil usullari; to’g’ridan-to’g’ri muhandislik-iqtisodiy hisob-kitoblar usullari; balans usuli; iqtisodiy-matematik usullar va modellar; tizimli tahlil va sintez usullari. Ekspert (baholash) yoki evristik usullar. Mazkur usullar bilvosita va to’liqsiz axborotdan, ekspert-mutaxassislar tajribasidan, ichki hissiyotdan foydalanishga asoslangan. Quyidagilar ulardan foydalanishning muayyan shakllari hisoblanadi: a) ommaviy baholash – aholi alohida guruhlarining sostiologik tadqiqotlar jarayonida rejalashtirishning qandaydir muammosining mohiyati yuzasidan fikrlarini aniqlash; b) ekspertlarning muntazam ishlashini (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlarining ekspert komissiyalari, institutlarning Ilmiy kengashlari va h.k.) tashkil etish. 54 Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil usullari. Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil ijtimoiy- iqtisodiy haqiqatni har tomonlama o’rganishni, ijtimoiy munosabatlar va ishlab chiqarishni rivojlantirishning ilg’or tendenstiyalarini va ularni takomillashtirish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida hodisalarning ichki aloqalari va bog’liqligini bilishni o’zida namoyon etadi. Tahlil chog’ida taqqoslash, strategik rejalashtirish, guruhlash, yirik obyektlarining ishlarini tanlab o’rganish, balans ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish, indekslarni hisoblab chiqish, regressiya va korrelyastiya koeffistientlarini hisob-kitob qilish kabi usullardan foydalaniladi. To’g’ridan-to’g’ri muhandislik-iqtisodiy hisob-kitoblar usullari bozor ehtiyojlari uchun mahsulotning muayyan turini ishlab chiqarishni, shuningdek uni ishlab chiqarish imkoniyatlarini batafsil asoslashdan iborat. Sanoat korxonalarida bunday hisob-kitoblar ishlab chiqarish quvvatlari, xomshyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, mehnat resurslari (xodimlar)dan foydalanishni yaxshilash; mahsulot tannarxini pasaytirish va hokazolarni qamrab oladi. Muhandislik-iqtisodiy hisob-kitoblar ichida ishlab chiqarish, investistiyalarning iqtisodiy samaradorligini, qimmatli qog’ozlar, foydalaniladigan kredit resurslarining daromadliligini hisoblab chiqish alohida o’rin tutadi. Balans usuli. Balans usuli deganda o’zaro bog’liq ko’rsatkichlarning bog’lanishini va muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun foydalaniladigan usullar yig’indisi tushuniladi. Ushbu usullarning maqsadi – ko’rsatkichlar o’rtasida muvazanatga erishishdan iborat. Balans usuli milliy iqtisodiyotning rivojini tahlil va prognoz qilishning muhim vositasi hisoblanadi. Uning yordamida mamlakatda moddiy va moliyaviy oqimlar harakatining yo’nalishlarini aniqlash, iqtisodiyotda moddiy-ashyoviy va qiymat ulushini belgilash, ijtimoiy ehtiyojlar, bozorning moddiy ne’matlar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishning moddiy asosini yaratish uchun ishlab chiqarish turli omillarining zarur o’sishini hisoblab chiqish mumkin. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar. Iqtisodiy-matematik usullar ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni, iqtisodiyotning muvozanatini tahlil qilish, iqtisodiy o’sishni prognoz qilishning o’ziga xos usullarini namoyon etadi. Quyidagilar muhim iqtisodiy-matematik modellar hisoblanadi: milliy hisoblar tizimi, balans jadvali, mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni taqsimlashning tarmoqlararo balansi, moliyaviy resurslar va xarajatlar balansi, tarmoq modellari va h.k. 55 Chiziqli va chiziqsiz matematik dasturlash usullaridan ham keng foydalaniladi. Chiziqli dasturlash yordamida ishlab chiqarishni rejalashtirish vazifalari muvaffaqiyatli hal etiladi: belgilangan mehnat va moddiy resurslar bilan mahsulot ishlab chiqarishning optimal dasturini tuzish, uskunalarni optimal darajada ish bilan ta’minlash. Iqtisodiyotdagi bog’liqlarning aksariyat ko’pchiligi chiziqsiz xususiyatga ega. Shuning uchun dasturlashning chiziqsiz (parametrik), dinamik, stoxastik kabi boshqa turlari ham foydalanish mumkin. Tizimli tahlil va sintez usuli. Strategik rejalashtirish usuli sifatida tahlil va sintezning o’ziga xosligi iqtisodiy tizimlar va ularda kechayotgan jarayonlarni ularning tarkibiy qismlariga ajratishdan iborat bo’lib, shu asosda istiqboldagi rivojlanishning muhim muammolari aniqlanadi. Turli darajalardagi ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish bilan bog’liq yalpi muammolar istiqbolli yalpi tahlil orqali hal etiladi. Yalpi tahlil istiqboldagi rivojlanish oldida turgan muammolarni sintez qilishning ajralmas qismi hisoblanadi. Tahlil va sintez yagona metodologik yaxlitlikni o’zida namoyon etadi. Tizimli tahlil va sintez indikativ rejalashtirishning balans va ijtimoiy-iqtisodiy tahlil kabi barcha muammolarini hal etishda qo’llanilishi mumkin. Rejalashtirish mantig’i indikativ rejalashtirish metodologiyasining asosini tashkil qiladi. Strategik rejalashtirish mantig’i – bu strategik rejalashtirish muammolarini hal etish bilan bog’liq tartibotlarning tartibga keltirilgan izchilligi, asoslanganligi. Indikativ rejalashtirish mantig’ining mazmunini quyidagi tarkibiy unsurlar ochib beradi: 1. Rejalashtirish subyektining maqsadini yoki maqsadlar tizimini aniqlash va shakllantirish. 2. Jamiyatning rejalashtirilayotgan davrdagi ehtiyojlarining hajmi va tarkibini aniqlash. 3. Rejalashtirilayotgan davr boshida mavjud bo’lgan va rejalashtirilayotgan davrda yangidan barpo etilgan resurslar hajmi va tarkibini aniqlash.. 4. Ehtiyojlarni saflash va prognozlar, dasturlar va rejalar shaklidagi boshqaruv qarorlarini tayyorlash asosida vaqtinchalik ziddiyatlar, ular o’rtasidagi nomuvofiqliklarga barham berish yo’li bilan turli darajalardagi ijtimoiy-iqtisodiy kichik tizimlar ehtiyojlari va resurslarini muvofiqlashtirish, hamda muvazanatlashtirish. Mantiqning birinchi unsuri rejalashtirish subyektlarining dasturlari va rejalarini tuzish jarayonida amalga oshiriladi. 56 Rejalashtirish mantig’ining ikkinchi unsuri (strategik rejalashtirish obyektining boshlang’ich darajasini tahlil qilish) xo’jalik yurituvchi subyektlar resurs salohiyatining holati va rejadan avvalgi davrda takror ishlab chiqarish omillarining ta’siri bilan tavsiflanadi. Mantiqning ushbu unsuri iqtisodiyotning rivojlanish darajasi va sur’atlarini rivojlangan mamlakatlarning ushbu ko’rsatkichlari bilan solishtirilgan holda baholash uchun mintaqalararo va davlatlararo ulushlarni, tarmoqlararo va tarmoq ichidagi o’zgarishlarni kompleks tarzda o’rganishni o’z ichiga oladi. Jamiyatning ehtiyojlari – bu murakkab, dinamik tizim bo’lib, u quyidagi kichik tizimlardan tarkib topgan: a) moddiy ne’matlarga bo’lgan ehtiyoj; b) nomoddiy ehtiyojlar. Jamiyat mavjud bo’lishi va rivojlanishi uchun iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining ehtiyojlari uning ehtiyojlarining zarur unsuri hisoblanadi (uning tarkibiga moddiy-ashyoviy shaklda ne’matlar ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi). Joriy ishlab chiqarish ehtiyojlari “Resurslar va foydalanish” balansi asosida aniqlanadi. Ushbu balans ichki bozorda mahsulotdan foydalanishning to’liq hajmini aniqlash imkonini beradi. U mahsulotning muhim turlari va yoqilg’i resurslari zamirida natural ifodada tuziladi. Ichki bozorda foydalaniladigan moddiy va yoqilg’i resurslarining umumiy hajmini hisoblab chiqish jarayonida (mahsulotning har bir turi bo’yicha) quyidagi formula qo’llaniladi: Vr = P + I + Z1 – E – Z2, yoki Vr=R – E – Z2, (2.1) bu erda: Vr – natural ifodada ichki bozorda foydalaniladigan resurslarning to’liq hajmi; P – mahsulot ishlab chiqarish hajmi; I – mahsulotni import qilish; Z1 – yil boshidagi zahiralar; E – mahsulotni eksport qilish; Z2– yil yakunidagi zahiralar; R – mahsulot resurslarining umumiy hajmi. Jamg’arish, zahiralarni va sug’urta fondlarini oshirish uchun ishlab chiqarish vositalari va iste’mol predmetlariga bo’lgan ehtiyojlar kapital qurilishning ehtimoliy hajmini hisoblab chiqish, moddiy resurslarning joriy va sug’urta fondlarini oshirish, ilgari foydalanilgan moddiy zahiralar qoplash asosida hisoblab chiqiladi. 57 Istiqbolga mo’ljallangan hisob-kitoblar uchun ixtiyoridagi real pul mablag’lari, jamg’armaning ehtimoliy dinamikasi, tirikchilik minimumi, iste’mol me’yorlari, talab qayishqoqligi koeffistientlarini hisoblab chiqish, oziq-ovqat resurslari balanslarining ma’lumotlaridan foydalaniladi. Ehtiyojlarni qondirish jamiyatda, xo’jalik yurituvchi subyektlarda tegishli resurslarning mavjud bo’lishini nazarda tutadi. Ular hajmini hisoblab chiqish strategik rejalashtirish mantig’i to’rtinchi unsurining mazmunini hosil qiladi. Rejalashtirilayotgan davrda jamiyat, uning alohida kichik tizimlari va tarkibiy unsurlari ixtiyorida bo’lishi mumkin bo’lgan resurslar ikkita guruhdan tarkib topgan: a) naqd resurslar; b) reja davrida barpo etiladigan resurslar. Rejalashtirish mantig’ining beshinchi unsuri – resurslar va ehtiyojlarni muvofiqlashtirish, ularni o’zaro optimal muvofiqlikka keltirish. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling