B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Bozor sharoitida muvozanatlashgan rejalashtirishning
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
3.2.Bozor sharoitida muvozanatlashgan rejalashtirishning zaruriyati Rejalashtirish – davlat, boshqaruv organlari, xo’jalik yurituvchi subyektlarning mamlakat, mintaqalar, tarmoqlar, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyati. So’nggi o’ttiz yildan ortiq yil mobaynida iqtisodchilar reja va bozorni uyg’unlashtirish muammosi borasida baxs-munozaralar olib borishdi. Bozor munosabatlari haqiqatga aylangach, reja va bozor – bu bir-biriga qarama-qarishi emas, balki iqtisodiy tizimning bir-birini to’ldiruvchi unsurlari ekanligi tushunib etildi. Muvazanatlashgan umumdavlat rejalarisiz pul-kredit, soliq, bojxona siyosati asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarish o’zini oqlamaydi. Davlat tomonidan rejalashtirilishi lozim bo’lgan obyektlar doirasi ancha keng. Birinchi galda – bu ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibi. Bozorning mavjud bo’lishi ulushlar va tarkibiy siljishlarga ta’sir ko’rsatishi mumkin va davlat ulushlarning qanday yuzaga kelishiga befarq emas. Ijtimoiy sohada esa, eng asosiysi – iqtisodiyotning kelgusidgi rivoji aholining turli ijtimoiy guruhlari turmushiga qanday ta’sir ko’rsatishini oldindan ko’ra bilish, ushbu ta’sirning salbiy tomonlarini aniqlash va muhtojlarni himoyalash choralarini ko’rishdan iborat. 58 Jahonda rejalashtirishga bo’lgan qiziqish va e’tibor 1930-yillarga kelib kuchaydi. Bunda jahon iqtisodiy inqirozi va sobiq ittifoqda rejalashtirish tajribasining ta’siri katta bo’ldi. Makrodarajadagi dastlabki rejalar moliya-byudjet va pul-kredit sohasini qamrab oldi. Ular moliya vazirliklari tomonidan ishlab chiqiladigan milliy byudjetlarda o’z ifodasini topdi. Belgilangan tartibga muvofiq davlat prognozlari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlari demografik, ilmiy-texnikaviy, ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, shuningdek tarmoq, mintaqaviy va faoliyatning ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan boshqa sohalarini aks ettiradi. Ijtimoiy rivojlanishning tebranuvchanlik nazariyasiga muvofiq jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holatidagi o’zgarishlar ko’p jihatdan tabiiy rivojlanishga bog’liq bo’lib, tabiiy jarayonda yuz beradi. Lekin jamiyat ijtimoiy jarayonlarni uyg’unlashtirishga, taraqqiyotning moddiy va ma’naviy yo’qotishlarini kamaytirishga qodir, bu uzoq muddatli rejalashtirishda nazarda tutiladi. Rejalashtirish direktiv, indikativ, shartnomaviy va tadbirkorlikni rejalashtirish kabi turlarga bo’linadi. Direktiv rejalashtirish manzilli topshiriqlarni belgilash va ularni bajarish uchun zarur bo’lgan resurslarni reja ijrochilari o’rtasida taqsimlash orqali amalga oshiriladi. Asosiy ishlab chiqarish vositalariga nisbatan davlat mulkchiligi monopoliyasi sharoitida rejalashtirish jamiyat hayot faoliyatining barcha tomonlarini qamrab oladi. Byudjetdan moliyalash, kapital qo’yilmalar me’yorlari, moddiy-texnika resurslari fondlari, davlat buyurtmalari direktiv rejalashtirishning asosiy vositalari hisoblanadi. Direktiv reja ko’rsatkichlarini ishlab chiqishda uning ijrochilari asosiy rolni o’ynamaydi. Rejaning asosiy ijodkorlari reja ko’rsatkichlari bajarilishining moddiy-texnika ta’minoti yuzasidan majburiyatlarni o’z zimmasiga olishadi. Ushbu holat direktiv rejalashtirishdagi eng zaif nuqta hisoblanadi, ko’pincha rejalar uchun zarur resurslar ajratilmaydi. Mulkchilik shakllarining xilma-xilligi sharoitida direktiv rejalashtirish unsurlari davlat sektori va byudjetdan moliyalash doirasida davlat ehtiyojlari uchun mahsulot etkazib berish; iqtisodiyotning davlat sektorini rivojlantirish; davlat byudjetidan moliyalash uchun qabul qilingan davlat dasturlari; davlat byudjeti kabi reja hujjatlarida saqlanib qoladi. 59 Direktiv rejalashtirishdan uning boshqa shakllariga o’tish, birinchi galda, rejalar ishlab chiquvchilari va ijrochilari o’rtasidagi manfaatlar ziddiyatiga barham berilishini nazarda tutadi. Rejalar topshiriqlar ko’rinishida etkazilmaydi va o’z ijrochilari tomonidan ishlab chiqiladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan davlat va nodavlat sektorlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ongli ravishda boshqarish usuli sifatida indikativ rejalashtirish rivojlanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari sifatida iqtisodiyotning dinamikasi, tarkibi va samaradorligini; moliya-kredit siyosatining holatini; tovarlar va qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozorining holatini; narxlar harakatini; aholining bandligi va turmush darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liq va muvazanatlashgan tizimi davlatning ta’siri choralari bilan to’ldiriladi, shu jumladan byudjet mablag’lari, amortizastiya me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona bojlari, listenziyalar va kvotalar, davlat buyurtmalari va boshqalardan foydalaniladi. Indikativ rejalashtirish bozor iqtisodiyotining faoliyat ko’rsatishiga ta’sir etishning asosiy usuli hisoblanadi. U faqat bozor usullari bilan amalga oshirishning iloji bo’lmagan yoki qiyin bo’lgan ko’plab masalalarning hal etilishini ta’minlashga qaratilgan. Bu davlat boshqaruv organlari tizimi barcha bo’g’inlarining ham o’zaro, ham mintaqaviy organlar bilan o’zaro hamkorligi shaklidir. Indikativ rejalashtirish bozorning mustaqil subyektlarini davlat bilan mutanosib asoslarda rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga jalb qilish usuli hisoblanadi. U tovar ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va umuman bozorga ta’sir etishning iqtisodiy vositalaridan foydalanishga asoslanib, davlat va xususiy sarmoya manfaatlarini uyg’unlashtirish imkonini beradi. Indikativ reja ikkita asosga tayanadi. Bir tomondan, u dasturlar yoki alohida ko’rsatkichlarni ishlab chiqish uchun yo’naltiruvchi axborot hisoblanadi. Bu borada u tavsiyaviy xususiyatga ega: ko’rsatkichlar strategiya yoki iqtisodiy harakat to’g’risida qarorlar qabul qilishda indikatorlar sifatida foydalaniladi. Indikativ reja qamrab olgan xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun uning ko’rsatkichlari majburiy hisoblanadi, chunki ularni bajarmaslik rejada qo’yilgan vazifalarning bajarilmasligiga olib keladi. Indikativ rejalar ustuvor yo’nalishlarga asoslanadi, ularning ayrimlari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish siyosati bilan belgilansa 60 (energetika, aviastiya, kosmik texnika), boshqalari rejalashtirish jarayonida aniqlanadi. Asoslangan ustuvor yo’nalishlar zamirida tegishli rag’batlantirish mexanizmlari ishlab chiqiladi; milliy ahamiyatga ega bo’lgan yirik loyihalar bo’yicha o’rta muddatli dasturlar doirasida davlat va xususiy sektorning birgalikdagi sa’y-harakatlari evaziga investistiya kelishuvlari tuziladi. Indikativ rejalashtirishda korxonalar muvofiqlashtiruvchi organga (bu ijro etuvchi hokimiyat organi bo’lishi mumkin) o’zining mahsulotni sotish (etkazib berish) to’g’risidagi takliflarini yuboradi. Agar ular qabul qilinsa, bu ikkala tomon uchun ham tegishli majburiyatlarni yuklaydi: a) muvofiqlashtiruvchi organ hajmlarni amalga oshirish va rag’batlantirish tizimiga kiritadi; b) korxona olingan majburiyatni bajarishga majbur bo’ladi. Shunga o’xshash tartib direktiv rejalashtirishda ham yuqoridan va quyidan belgilangan rejalarni uyg’unlashtirish shaklida amal qildi, farq faqat shundaki, endi reja korxonaga majburiy tartibda etkazilmaydi, balki u tomonidan ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi. Shartnomaviy rejalashtirish korxonalar, birlashmalar, banklar, hokimiyat va boshqaruv organlari o’rtasida ixtiyoriy va o’zaro foydali asosda quriladigan tijorat munosabatlarini tartibga soladi. Shartnomaviy munosabatlar barqaror ishlab chiqarish-iqtisodiy aloqalarni, o’zaro majburiyatlarni, ularni bajarish shartlarini shakllantiradi va bozor sharoitida rejaviylikni qo’llab-quvvatlashning kafolatlovchi xo’jalik mexanizmini yaratadi. Shartnomaviy rejalar etkazib berish to’g’risidagi kelishuvlar, shartnomalar, ishtirok etish tizimi ko’rinishida va boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Tegishli iqtisodiy va huquqiy asoslar: qonunchilik me’yorlari, mustaqil sud tizimi va boshqalar shartnomaviy rejalashtirishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ma’danli xomashyoni qidirish, razvedka qilish, qazib chiqarish, ishlab chiqarilgan mahsulotni taqsimlash, uni tashish, ishlov berish, saqlash sotish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar mahsulotni bo’lish to’g’risidagi kelishuvlar bilan tartibga solinadi. Investistiya kelishuvlari ma’danli xomashyo ishlab chiqarish tarmog’iga investistiyalarni jalb qilish maqsadida tuziladi. Iqtisodiyot vazirligi hamda qo’shma korxonaning ustav fondiga zarur ulush kiritgan va to’g’ridan-to’g’ri kapital qo’yilmalarni amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar investistiya kelishuvining tomonlari hisoblanadi. Iqtisodiyot vazirligi xorijiy sarmoyaorga investistiya kelishuvini amalga oshirish uchun ko’maklashadi. 61 Korxonalar, firmalar, ishlab chiqarish-xo’jalik va moliya faoliyati barcha subyektlarining samarali rivojlanish yo’llarini asoslashga va tanlashga yo’naltirilgan Funksiyasi tadbirkorlikni rejalashtirish hisoblanadi. Uning asosini firmaning turli muddatlarga mo’ljallangan tezkor, joriy va strategik vazifalarni hal etishga qaratilgan ichki rejalari tashkil qiladi. Rejalashtirish mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning mazmunini aks ettiruvchi tegishli ko’rsatkichlarni ishlab chiqishdan iborat. Reja ko’rsatkichlari tasdiqlanadigan va hisob-kitob; miqdoriy va sifat; absolyut va nisbiy; natural va qiymat kabi turlarga bo’linadi. Ko’rsatkichlarning katta qismi hisob-kitob ko’rsatkichlaridir. Tasdiqlanadigan ko’rsatkichlar normativlar (fondlarni tashkil etish, to’lovlar, pul mablag’lari), me’yorlar (resurslarni iste’mol qilishning ruxsat etilgan yuqori hajmi va b.) va byudjetdan moliyalash hajmlari ko’rinishida ishtirok etadi. Qiymat ko’rsatkichlari ijtimoiy ishlab chiqarishning o’sish sur’atlari, ulushi va tarkibini, yalpi ichki mahsulotni, milliy daromadni, tarmoqlar bo’yicha mahsulot hajmini, investistiyalarni, chakana tovar aylanishini, foyda, eksport, import va boshqalarni tavsiflaydi. Resurslardan foydalanish samaradorligi mehnat unumdorligi, fondning qatarilishi, material sig’imi, ishlab chiqarish quvvatlarini o’zlashtirish, daromadlilik, tannarx, rentabellikning nisbiy ko’rsatkichlari yordamida rejalashtiriladi. Korxonalarda rejalarda quyidagi asosiy ko’rsatkichlar ishlab chiqiladi: tovar mahsulotining o’sish sur’atlari; natural ifodadagi mahsuldotning asosiy turlarini, shu jumladan yangi texnika mahsulotlari va eksport uchun mahsulot; mahsulotni sotish hajmi; yangi texnikani ishlab chiqish, o’zlashtirish va joriy etish bo’yicha fan-texnika dasturlarining asosiy vazifalari; ishlab chiqarishning umumiy hajmida oliy sifatli mahsulotning salmog’i; mehnat unumdorligi; 1 so’mlik mahsulot uchun xarajatlar; foyda; asosiy fondlarni ishga tushirish. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling