Hujjat bilan ta’minlash darajasi. Reja hisob-kitoblari va rejalarni
nazorat qilishni muvofiqlashtirish uchun ularning muhim tarkibiy
qismlari yozma shaklda bajarilishi katta ahamiyatga ega. yaxshi reja
hujjatlari yuqorida ko’rsatilgan vazifalarning bajarilishini osonlashtiradi
va maqsadlarga erishishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Hujjatlarning yaxshi
tizimi qimmat turishi mumkinligiga, lekin ushbu xarajatni amalga
oshirishga to’g’ri kelishiga e’tiborni qaratamiz.
Uyushganlik darajasi. Uyushganlik darajasi deganda rejalashtirish
tizimida o’rnatilgan tashkiliy rejimning qat’iyligini tushunish lozim.
uyushmaganlik va improvizastiyalash qobiliyatining mavjud emasligi,
albatta,
rejalashtirish
tizimining
moslashuvchanligini
pasaytiradi.
Uyushganlikning oqilona darjasiga ega bo’lgan rejalashtirish tizimi tashqi
muhitning o’zgaruvchan sharoitlariga optimal tarzda moslashadi.
Standartlashtirish
darajasi.
Rejalashtirishga
nisbatan
standartlashtirish
rejalar,
jarayonlar
va
rejalashtirish
texnikasi,
rejalashtirishdagi
yordamchi
vositalar
va
hokazolarning
birxillashtirilishini anglatadi. Birxillashtirish unda turli shu’ba
korxonalarida va bir korxonaning o’zida rejalashtirishning turli davrlarida
yoki turli bo’linmalarda bir xil muammolar bir konsepsiyadan kelib
chiqib hal etiladigan tartibni ta’minlaydi.
To’liqlik darajasi. Kompleks muammolarni shakllantirish alohida
muammolarga bo’linadi va ular o’rtasidagi munosabatlar muammolar
ierarxiyasini aniqlash uchun tahlil qilinishi kerak. Ushbu holatda
rejalashtirish bilan, bir tomondan, faqat mazkur ierarxiyadagi eng
ahamiyatli muammolarni aniqlash maqsadida, shug’ullanish mumkin,
bunda qolgan muammoli sohalar ularga moslashtiriladi. Ikkinchi
tomondan, rejalashtirish Funksional sohalar o’rtasidagi intensiv
uchastkalarga yoki surunkali «tor joylarga» nisbatan qo’llanilishi
mumkin. Rejalashtirishning hozirgacha muhokama etilayotgan ushbu
turlari to’liqsiz hisoblanadi va «asosiy holatlarni rejalashtirish» sifatida
belgilanadi. Va, aksincha, to’liq rejalashtiriladigan barcha muammolarni
qamrab oluvchi rejalashtirish munosabati bilan «to’liq ko’lamli
rejalashtirish» haqida gap ketadi.
81
Do'stlaringiz bilan baham: |