B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Istiqbol rejalarni tuzish
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
Istiqbol rejalarni tuzish, bu erdan maksimal darajada foydalanish,
qishloq xo’jalik mahsulotlarini ko’plab etishtirish va mahsulotlarni ko’paytirish evaziga korxona ishchilarining moddiy manfaatdorligini yanada yaxshilash uchun imkoniyatlar ochib beradi. Umuman xo’jaliklarning besh yilga mo’ljallangan istiqbol rejalarida juda muhim tashkiliy-xo’jalik masalalari hal qilinishini ko’rsatiladi. Istiqbol rejada ekin maydonlarining strukturasi, xo’jalik tarmoqlarining yo’nalishi, yangi erlarni sug’orish, yaylovlarga suv chiqarish, ekin maydonlarini kengaytirish, chorvachilik mahsuldorligini oshirish, mollar tuyogini ko’paytirish, ularning ozuqa bazasini mustahkamlash kabi tadbirlar ko’rsatiladi. Istiqbol rejada ishlab chiqarish, madaniy-maishiy binolar, yo’llar qurish, texnika sotib olish, elektrlashtirish, meliorastiya inshoatlarini yaxshilash, xo’jalikning ishchi kuchlaridan foydalanish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish va korxonaning rentabelligini oshirishga ham e’tibor beriladi. Xo’jaliklarning istikbol rejalari xo’jaliklarning tabiiy va iqtisodiy sharoitiga qarab tuziladi. Xo’jalik asosiy tarmog’ining hajmi uning ishlab chiqarish yo’nalishiga qarab belgilanadi. Qo’shimcha er va erdamchi tarmoqlarning hajmi esa asosiy tarmoqlarning rivojlanishini to’la ta’minlashni ko’zda tutib belgilanadi. Xo’jaliklarning ekin maydonlari miqdorini, chorva mollarining sonini va ularning mahsuldorligini belgilashda davlatga mahsulotlar sotish yuzasidan berilgan topshiriqlarni to’liq bajarish hamda xo’jalikning ichki ehtiyojlarini qondirish hisobga olinishi lozim. 84 Istiqbolda dehqonchilik sohasini rejalashtirishda asosiy vazifalar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: - Xo’jalikning ihtisoslashuvi va erdan foydalanishning kadastr bahosini aniq belgilab olish; - Xo’jalikning suv resurslari, asosiy fondlari va mehnat resurslaridan foydalanish darajasini to’g’ri rejalashtirish; - Xo’jalik erlarining ekinlar bo’yicha taqsimlanishida muammolarni hisobga olib borish; - Xo’jalikda chorva mollarining bosh soni, ularning turlari, mahsuldorligi va xo’jalik balansini hisobga to’g’ri va anik olib borish; - Xo’jalikning jami etishtiriladigan mahsulotlarini sotish, qayta ishlash va ichki taqsimlashni to’g’ri rejalashtirish; - Dehqonchilik tarmogini rivojlantirishdagi joriy va kelgusi davr xarajatlarini hisobga olib borish. - Xo’jalikda istiqbol rejalar ikki xil ko’rinishda tuzilishi mumkin: - Tashkiliy xo’jalik tuzilmaviy rejalar; - Iqtisodiy sostial rivojlanish rejasi. Tashkiliy xo’jalik rejasi qishloq xo’jalik korxonalarini rastional tashkil qilishga doir hamma muhim ko’rsatkichlarni, jumladan, maydonlarni belgilash, tarmoqlarni ixtisoslashtirish va ularni bir-biriga to’g’ri bog’lab borish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizastiyalash hamda intensivlik darajasini yildan-yilga oshirib borish va boshqalarni o’z ichiga oladi. Tashkiliy xo’jalik rejasida loyixa qismi va loyihadagi tadbirlarni amalga oshirish kalendar qismi bo’ladi. Loyiha qismida xo’jaliklarni ixtisoslashtirish, tarmoqlar tuzilishi va ularni bir-biriga bog’lab borish usullari, er maydonlarining tuzilishi, holati va ulardan foydalanish imkoniyatiga qarab dehqonchilik va chorvachilikning asosiy sistemalari, kapital jamg’armalar miqdori, xo’jalik tarmoqlarining iqtisodiy tomondan samaradorligi va shu kabilar ko’rsatiladi. Xo’jalikda istiqbol rejalarni tuzishda har bir tarmoqning ham istiqbol rejasi alohida tuzilishi kerak. Dehqonchilikni tashkil etish buyicha: - irrigastiya-meliorastiya qurilishlari; - er fondidan uni yarokli va yaroqsizga bo’lib to’liq foydalanish; - qishloq xo’jalik ekinlari, ko’p yillik daraxtlar va yaylovlarning hosildorligini oshirish; - almashlab ekish sxemalari soni, o’lchami va qaysi ekinlar bilan almashlab ekilishini rejalashtirish; 85 - ekin maydonlarining strukturasini to’g’ri belgilash; - agromeliorativ ishlarni yaxshilash va eroziyaga qarshi kurash choralarini o’z vaqtida olib borish. Chorvachilikni tashkil etish buyicha: - chorva mollari, parrandalarning bosh sonini va mahsuldorligini oshirib, ularning zotini yaxshilash; - fermalar hajmi va ularni joylashtirish; - chorva mollarini turlariga qarab boqish va asrashni yaxshilash. Moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash va undan foydalanish bo’yicha: -xo’jalikni mashinalash, texnika va asbob-uskunalar bilan ta’minlab borish; - remont bazalarini tashkil etishni rejalashtirish; -qishloq xo’jalik ekinlarini etishtirish va yigishtirish texnologiyasini aniqlash va amalga oshirish. Mexnat unumdorligi va ishchi kuchlaridan foydalanish bo’yicha: - aholining o’sishi va ishchi kuchlaridan foydalanish; - aholi yashaydigan punktlar va ularni joylashtirish. Qurilish va kapital jamg’armalar bo’yicha: - kommunal turar-joy, madaniy-maishiy va ishlab chiqarish binolarining hajmi, qurilib foydalanishga topshirish muddatlarini rejalashtirish. Rejalashtirish ishi faqat reja tuzish bilan chegaralanmasdan, balki reja ko’rsatkichlarining to’la bajarilishini ta’minlashdan ham iboratdir. Xo’jaliklarda ishlab chiqarish rejalarining aniq bajarilishi ustidan nazorat qilishni yaxshi yo’lga qo’ymay turib, uning bajarilishini amalga oshirib bo’lmaydi. Shuning eng yaxshi tuzilgan reja ham vaqti-vaqti bilan tekshirib turilmasa yoki bajarishga safarbar qilinmasa, kog’ozda qolib ketishi mumkin. Rejani nazorat qilishda ma’lumotlar oddiygina solishtirilib qolinmasdan, balki iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha bajarilishini ham nazorat qilinishi lozim. Shundagina xo’jalikning barcha ishlab chiqarish topshiriklariga to’g’ri baho berish mumkin. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishda operativ va joriy rejalar qatorida istiqbol rejalarni tuzish ham mumkindir. Hozirgi bozor iqtisodietida qishloq xo’jaligida istiqbolni belgilab beruvchi ko’rsatkichlar erdamida milliy va amaliy asoslangan rejalar tuzish va ularni ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llashni 86 rejalashtirish, xo’jaliklarning kelajakda rivojlanishda ko’plab imkoniyatlarni vujudga keltirib beradi. Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini rejalashtirish va ishlab chiqarishda istiqbol rejalarni tuzishni rejalashtirish va uning mohiyati shundaki, bu rejalar ishlab chiqarishda zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan foydalanishga imkon beradi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling