B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Indikativ rejalashtirishda iqtisodchilarning Funksiyalari va
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
5.2. Indikativ rejalashtirishda iqtisodchilarning Funksiyalari va
majburiyatlari Indikativ rejalashtirish sifati ko’p jihatdan mutaxassislarning tayyorgarlik darajasiga bog’liq, bu quyidagilar bilan belgilanadi: nazariy tayyorgarlik; ularning intellektual rivojlanganligi; tajriba va malaka; reja – bu tegishli harakatlarni talab qiluvchi ongli ravishda qabul qilinadigan qarorlar tizimi ekanligini tushunish; 91 qo’llaniladigan tadbirlarning oqibatlarini oldindan ko’ra bilish; asosiysini ko’ra olish qobiliyati; biznes sharoitida tashqi va ichki omillarning maqbul nisbatini topa olish. Ilgari rejalashtirishda asosiy rol deyarli iqtisodchilarga, ya’ni reja- iqtisodiyot bo’limlari (xizmatlari, boshqarmalari)ning xodimlariga tegishli edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ushbu holat tubdan o’zgardi. Rejalashtirishda ayniqsa kundalik rejalarning amalga oshirilishiga bevosita rahbarlik qiluvchi mutaxassislar, ya’ni o’rta va quyi bo’g’in rahbarlari, menejerlarning roli ortadi. Lekin hozirgi vaqtda ham iqtisodchilarning roli beqiyos. Bugungi kunda kichik korxonada rejalashtirish ishini iqtisodchi, moliyachi yoki buxgalter amalga oshirishi mumkin. Katta korxonalarda esa reja ko’rsatkichlarini iqtisodiy jihatdan asoslash bilan odatda iqtisodiy xizmatning 2-3 nafar xodimi shug’ullanadi. Yirikroq firmada, odatda, 4 yoki undan ortiq xodimdan iborat iqtisodiy bo’lim faoliyat ko’rsatishi mumkin. Yanada yirik firmada xodimlarining umumiy soni kamida 12 nafardan iborat bo’lgan bir necha bo’limlar yoki xizmatlarni o’z tarkibiga olgan iqtisodiy boshqarma tashkil etilishi mumkin. Asosiy rejaviy asoslashlarni huddi ilgaridagi kabi iqtisodchilar bajarishadi. Lekin reja xo’jalik yuritishning barcha vazifalari va muammolari majmuini aks ettirishi uchun uni ishlab chiqishga o’z vakolati masalalariga muvofiq ravishda boshqa xizmatlar va bo’limlarning xodimlari ham jalb etiladi. Ya’ni reja hisob-kitoblarini amalga oshirishda iqtisodiy bo’lim xodimlari quyidagilar bilan o’zaro hakorlik qiladi: rahbariyat bilan – rivojlanish strategiyasining umumiy maqsadlari va tashkiliy masalalar yuzasidan; marketing va sotish bo’limlari bilan – sotish masalalari yuzasidan; buxgalteriya bilan – hisob yuritish va hisobotlar masalalari yuzasidan; moliyaviy bo’lim bilan – moliyalash masalalari yuzasidan; ta’minot va transport bo’limlari bilan – ta’minot va xomashyoni etkazib berish masalalari yuzasidan; bosh muhandis bo’limi, texnologik va ishlab chiqarish bo’limlari bilan – ishlab chiqarish xususidagi masalalar yuzasidan; kadrlar, mehnat va ish haqi bo’limi bilan – xodimlar va boshqa masalalar yuzasidan. Shubhasiz, bozor munosabatlari sharoitida rejalashtirish bo’yicha 92 asosiy mas’uliyat iqtisodchi-menejerlar zimmasiga yuklatiladi. Agar iqtisodchilarning vazifasi reja ko’rsatkichlarini iqtisodiy jihatdan asoslashdan iborat bo’sa, menejerlar vazifasi qatoriga ushbu ko’rsatkichlarni muayyan tijorat, texnologik, kadrlar va boshqa xususdagi harakatlar bilan talqiin etish kiradi. Lekin biri ikkinchisi bilan uzviy bog’langan. Iqtisodiy bo’lim xodimlari va firma menejerlari o’z mohiyatiga ko’ra bir xil vazifani, ammo turli vositalar yordamida bajarishadi. Menejer boshqaruv sohasida, shu jumladan insonlarni boshqarishda alohida tarzdagi o’quv va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak. Ular tomonidan bajariladigan harakatlar tizimi oldinga qo’yilgan xo’jalik yuritish maqsadlariga erishish uchun mavjud resurslarni optimallashtirishga qaratilgan. Menejerlar firma faoliyatining rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etadilar. Firmaning yuqori rahbariyati menejerlar bilan birga faoliyat maqsadlarini tanlashadi va tegishli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishadi. Tanlangan maqsadlarga iqtisodiy ishlov berish iqtisodchilar tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni ular maqsadni iqtisodiy kategoriyalar bilan asoslaydi. Biroq rejadagi maqsadlarga erishish bo’yicha asosiy harakatlarni tanlash menejerlar Funksiyasiga kiradi. Ular har kuni rejalashtirish masalalari bilan shug’ullanib, firmaning turli xildagi rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etishadi, shuningdek uning strategiyasini, faoliyat sohasi siyosatini, biznes-rejalarni va hokazolarni belgilab beradi. Prognozlashtirish, dasturlash, taqvimiy rejalashtirish – bularning barchasi menejerlar tomonidan o’z ishida foydalaniladigan vositalardir. Shuning uchun hozirgi vaqtda iqtisodchi menejer kasbining ahamiyati va unga nisbatan talab ortib bormoqda. Iqtisodiy bo’lim xodimlari quyidagi asosiy Funksiyalarni bajarishadi: -statistika hisobotlarini tuzish; -xo’jalik yuritish tashqi muhitining holatini o’rganish; -firmaning faoliyati iqtisodiy tahlil qilish; -prognozlar va rejalarni tuzish, ularni ijrochilar hukmiga havola etish; -alohida boshqaruv qarorlarining iqtisodiy samarasini aniqlash; -firma xodimlarining iqtisodiy ta’lim olishida ishtirok etish; -firma rahbariyatiga iqtisodiy masalalar yuzasidan maslahat berish; -iqtisodiy masalalar bo’yicha ma’lumotlar va sharhlar tayyorlash; -tegishli shikoyatlar va takliflarni ko’rib chiqish va b. -firmalarda iqtisodchilar ishida tegishli echimini talab etuvchi qator 93 muammolarni (yoki kamchiliklarni) uchratish mumkin: -ishlarni ahvolini batafsil tahliliy sharhlash o’rniga iqtisodiy hayot faktlarini oddiy izohlash; -olingan natijalarni oddiy tarzda qayd etish; -bozor nazariyasini etarlicha bilmaslik; -o’z tovari bozorining kon’yunkturasini yaxshi bilmaslik; -rejalar tuzuvchilari va taqsimlovchilarining kamtarona tutgan o’rni; -iqtisodiy hisob-kitoblarda eskirib qolgan va samarasiz yondashuvlardan foydalanish; -notanqidiy tafakkur etish; -kasblararo o’zaro hamkorliking zaifligi; boshqaruv qarorlarining iqtisodiy jihatdan asoslanmasligi; -mamlakatdagi inflyastiya va yuqori stoxastik bozor hodisalari tufayli prognozlashtirish va rejalashtirish amaliyotidan voz kechish. Rejalashtirish ishida bo’ysunish ham, o’zaro munosabatlarning demokratiyaga asoslanishi ham zarur. Bo’ysunish boshqaruv ierarxiyasi tarafdorligini anglatadi. Demokratizm esa “Rahbar-bo’ysunuvchi” o’zaro aloqalarda eskilik qoldiqlariga barham berishni anglatadi. Iqtisodiy ish oqilona tashkil etilgan taqdirda har bir xodimda o’z faoliyat uchastkasi va o’zining lavozim majburiyatlari bo’lishi kerak, ya’ni u o’z lavozimi doirasida mas’ul bo’lishi lozim. Rejalashtirishda tashabbus, yangiliklar kiritish, ijod zarur. Buyruqbozlik uslubi bo’ysunuvchilarda o’z kuchiga ishonmaslik va rahbariyatga tobelik hissini shakllantiradi. Xodim muayyan majburiyatlarni o’z zimmasiga olishi kerak. Uning o’zi o’z qarorining mohiyatini baholaydi va u uchun javobgar bo’ladi. Ishdagi shaxsiy va jamoaviy manfaatlarni uyg’unlashtirishga nisbatan zamonaviy yondashuv anna shunda o’z ifodasini topadi; Mehnat jamoasida reja hisob-kitoblarini asoslashda ijod qilish, yangilikni qidirib topish, ishlarning ahvolini takomillashtirish choralarini qo’lash uchun barcha sharoitlar yaratilishi kerak. Ushbu maqsadlarda muayyan muammolarni hal etishga nisbatan yondashuvlarni tadqiq etish uchun turli xizmatlar xodimlaridan tarkib topgan vaqtinchalik qidiruv guruhlarini tashkil etish mumkin. Iqtisod xodimining yangi roli ko’p jihatdan uning menejer, referent va firma rahbariyati uchun faoliyatning turli iqtisodiy masalalari bo’yicha maslahatchi sifatidagi harakatiga bog’liq. Firma nazoratchisining roli iqtisodiy hayotda ham namoyon bo’la boshlaydi. Shu munosabat bilan iqtisod xodimi egalik qilishi lozim bo’lgan zarur xislatlarni ta’kidlash o’rinli: 94 bozor iqtisodiyotining nazariy asoslarini yaxshi bilish; zamonaviy xorijiy iqtisodiy tafakkurni va mashhur xorijiy firmalarning ilg’or tajribasini bilish; tahlil qilish, prognozlashtirish va rejalashtirishning zamonaviy uslublarini bilish; ish va tafakkurning novatorlik uslubi; ko’plab “mumkin”dan “kerak”ni tanlay bilish; biznes yo’lida tashabbus ko’rsatish, firma uchun foydali bo’lgan yangi g’oyalarni qidirib topish; harakatlarning tanlangan variantini ishlab chiqish va iqtisodiy asoslash sohasida omilkorlik. Budan tashqari, iqtisod xodimining asosiy xususiyati – xabarlar oqimidan muayyan tendenstiyalar va qonuniyatlarni ko’ra bilish, murakkab tanglik vaziyatidan chiqib ketishning to’g’ri yo’lini asoslay olishdan iborat. Shunday qilib, rejani ishlab chiqish tartibi va izchilligi, axborot tizimi va ijrochilar rejalashtirishni tashkil etishning muhim unsurlari hisoblanadi. Rejalashtirish sifati ko’p jihatdan firma xodimlarining tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. Rejalashtirishda rejani amalga oshirish bilan shug’ullanuvchi xodimlarning roli ortib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisod xodimiga nisbatan axborot oqimidan muayyan tendenstiyalar va qonuniyatlarni ko’rish, murakkab vaziyatdan chiqib ketishning to’g’ri yo’lini asoslash zarurati bilan bog’liq yangi talablar qo’yiladi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling