B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Nazorat va muhokama uchun savollar.
Xulosalar
Firma miqyosida rejalashtirish xo’jalik yuritish obyektini boshqarish tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Rejalashtirishni tashkil etish unsuri – rejani ishlab chiqish tartibi va izchilligi – bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi, faoliyat maqsadini asoslash, axborotni yig’ish, iqtisodiy tahlilni o’tkazish, prognozlarni tuzish, rejalarni tuzish, rejalarni tasdiqlash va ijrochilarga etkazish, ijrochilar tomonidan rejaning bajarilishi, reja monitoringilardan tashkil topgan. Qaror qabul qilish jarayoni cheklangan imkoniyatlar va belgilangan maqsadlarni hisobga olgan holda barcha mavjud muqobil variantlar ichidan birini tanlash zarurligiga asoslanadi. Prognozlashtirish, dasturlash, taqvimiy rejalashtirish – bularning barchasi menejerlar tomonidan o’z ishida foydalaniladigan vositalardir. Rejani ishlab chiqish tartibi va izchilligi, axborot tizimi va ijrochilar rejalashtirishni tashkil etishning muhim unsurlari hisoblanadi. Mamlakatdagi ko’plab firmalar ishlashining samaradorligi esa iqtisodiy hisob-kitoblarda axborot texnologiyalarini qo’llash oqilona yondashuv chog’ida firmaga jalb etiladigan axborot oqimlari maydonini keraytirish, axborot oqimlarini tezlashtirish, zararlarni kamaytirish va o’z faoliyatini xavfsizlantirish imkonini beradi. Tayanch tushunchalar Rejalashtirishni davlat (mamlakat, mintaqa, tarmoq) darajasida va firma miqyosida tashkil etish turlari mavjud, reja monitoringi, tuzilmaviy bo’g’inlar, rejalarni bajarish jarayoni, parametrlarga, mezonlarga, rivojlanish strategiyasi, iqtisodchi-menejerlar, axborot texnologiyalari, kommunikastiya vositalari. Nazorat va muhokama uchun savollar. 1.Indikativ rejalashtirishni tashkil etishning tarkibiy unsurlari qanday ? 2.Indikativ rejalashtirishda iqtisodchilarning vazifalari va Funksiyalari nimalardan iborat ? 3.Reja ko’rsatkichlarini tasdiqlash jarayoni qanday ? 4.Iqtisodiyot ko’rsatkichlarini indikativ rejalashtirishda axborot texnologiyalarining ustunliklari nimada ? 98 5.Rejalashtirishda yakuniy iste’molchining manfaatlari qanday hisobga olinadi ? 6.Indikativ rejalashtirishda qo’llaniladigan axborot texnologiyalarining dasturiy vositalarining ahamiyatini tushuntiring. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling