B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Indikativ rejalashtirish metodologiyasining asosiy qoidalari
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
6.2. Indikativ rejalashtirish metodologiyasining asosiy qoidalari
Rejalashtirish mantig’i qator qonuniyatlarga (tamoyillarga) asoslanadi. Rejalashtirish tamoyili – rivojlanish qonunlarining umumiy harakatini ifodalovchi hamda dasturlar, loyihalar va rejalarning vazifalarini, yo’nalishlarini va bajarilish imkoniyatlarini belgilab beruvchi obyektiv kategoriya. Birinchi tamoyil – uzluksizlik – rejalarning izchilligida, ichki va tashqi sharoitlar o’zgarishi munosabati bilan rejalarga tuzatishlar kiritishda ifodalanadi. 101 Ikkinchi tamoyil – yagonalik – rejalashtirishning tizimli xususiyatini nazarda tutadi va muvofiqlashtirish (boshqaruvning bir darajasining Funksional o’zaro hamkorligi) va integrastiya (rejalarni boshqaruv pog’onalari bo’yicha muvofiqlashtirish) orqali amalga oshiriladi. Uchinchi tamoyil – rejalashtirishning egiluvchanligi – ichki va tashqi sharoitlarga qarab rejalar yo’nalishini o’zgartirish. To’rtinchi tamoyil – iqtisodiy siyosatning yagonaligi. Reja hujjatlari ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-texnik va siyosiy qarorlar sifatida ko’rib chiqiladi. Beshinchi tamoyil – markazlashuv va hududiy manfaatlar yagonaligi – bunda davlat boshqaruvi organlari qarorlarining loyihalari qonunchilik doirasida xo’jalik faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshirishga qodir bo’lgan iqtisodiyot subyektlarining manfaatlarini hisobga oladi. Oltinchi tamoyil – strategik dasturlar va rejalarning ilmiy asoslanganligi va samaradorligi quyidagilarni anglatadi: - iqtisodiyotni, ishlab chiqarishni tarkibiy qayta qurish, uning ijtimoiy yo’naltirilishini, mehnat samaradorligining yuqori darajasini ta’minlash maqsadida rejalashtirishda fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan amalda foydalanish; - jamiyatning o’zgaruvchan ehtiyojlariga tezda moslashish; - strategik rejalarni tuzish va hisoblab chiqish uchun reja axborotining ishonchlilik darajasini oshirish; - rejalarni ishlab chiqish texnologiyasini takomillashtirish. Bundan tashqari, indikativ rejalashtirish quyidagi uchta o’ziga xos yoki lokal tamoyilga tayanadi: 1) etakchi bo’g’inlarni ajratish asosida optimal mutanosiblikni ta’minlash tamoyili; 2) prognozlar, dasturlar va rejalarning yagonaligi va majmuiyligi tamoyili; 3) dasturlar va rejalarni ishlab chiqish, ularning bajarilish imkoniyatini ta’minlash va bajarilishini tekshirish jarayonining yagonaligi tamoyili. Strategik rejalashtirish tamoyillari ushbu guruhining tarkibiga quyidagilar kiradi: 1. Etakchi bo’g’inlarni ajratish asosida optimal mutanosiblikni ta’minlash tamoyilining mohiyati optimallik mezonlari: a) strategik rejalashtirish muammolarini hal etish uchun zarur bo’lgan vaqt; b) reja qarorlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan kapital qo’yilmalar 102 hajmi, yoki moddiy resurslar hajmi; v) reja vazifasini hal etish uchun zarur bo’lgan xodimlar sonidan kelib chiqqan holda boshqaruvning tegishli subyektlari tomonidan boshqarilayotgan kichik tizimning tarkibiy unsurlari o’rtasida ulushlar va muvofiqliklarni shakllantirishdan iborat. Etakchi bo’g’inlarni ajratish – strategik rejalashtirishning ijtimoiy- iqtisodiy tizimlarda va uning obyektlaridagi muvazanat uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratish imkonini beruvchi muhim yo’nalishi. Etakchi bo’g’inlarni ajratishda shundan kelib chiqiladiki, jamiyatning ehtiyojlari hamma vaqt real ehtiyojlar va ideal ehtiyojlar majmuini o’z ichiga oladi. Ehtiyojlar o’z ahamiyatiga ko’ra indikativ rejalashtirish subyektlari va obyektlari uchun bir xil emas. Shuning uchun saflash asosida bir turdagi ehtiyojlarni boshqalaridan ko’ra afzal ko’rish zarurati tug’iladi. 2. Prognozlar, dasturlar va rejalarning yagonaligi va kompleksligi tamoyili. Firma, mintaqa, mamlakat doirasida takror ishlab chiqarish jarayonining yagonaligi, yagona iqtisodiy makon, tegshli infratuzilmaga ega bo’lgan yagona bozorning mavjud bo’lishi ushbu tamoyilning asosini tashkil qiladi. Turli reja hujjatlarining yagonaligi rasmana bo’lishi va yagona shakllar, ko’rsatkichlar, jadvallar va ko’rsatkichlarni hisoblab chiqish usullari bilan ta’minlanishi mumkin. U moddiy bo’lishi va topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo’lgan muayyan resurslarga tayanishi mumkin. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling