B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Iqtisodiy inqirozlar va rejalashtirish tajribalari
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
6.3. Iqtisodiy inqirozlar va rejalashtirish tajribalari Hech bir davlat iqtisodiy tizimning beqarorligi bilan bog’liq xatarlardan himoyalanmagan. Biroq o’tish va rivojlanayotgan iqtisodiyotlar bunday xatarlarga tez-tez duchor bo’ladi, chunki ularning bozorlari ochiq, lekin shu bilan birga moliyaviy beqarorlik paydo bo’lishi omillarining ta’sirini yumshatuvchi mexanizmlar shakllanmagan. Iqtisodiy beqarorlikni mamlakat moliyaviy tizimidagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko’rsatuvchi muammolar sifatida ta’riflash mumkin. Ko’p sonli tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, tanglikdan oldin yuz beradigan moliyaviy beqarorlik davrlari umumiy asosiy unsurlarga ega bo’lishi mumkin. Moliyaviy inqirozlar natijasida iqtisodiyot ko’radigan katta miqdordagi xarajatlar tanglik oldidan yuz beradigan hodisalarning o’sishini bilish va iqtisodiy agentlarga ularga barham berish uchun vaqt berish imkonini beruvchi modellarni tuzishga undaydi. Shunday qilib, 103 tanglik avj olishining oldini olish uchun mamlakat iqtisodiyoti holatining monitoringini yuritish zarur. Mamlakat iqtisodiyotidagi umumiy vaziyatni aks ettiruvchi asosiy makroiqtisodiy indikatorlar quyidagi tarzda guruhlanishi mumkin: Iqtisodiy o’sish sur’atlari: YaIMning o’sish sur’atlari; sanoat ishlab chiqarish dinamikasi. To’lov balansi: joriy hisobvaraq saldosi; oltin-valyuta zahiralari; tashqi qarz; savdo shartlari (eksport narxlari); import va eksport; real samarali kurs; sarmoyaning oqib chiqishi. Foiz stavkalari: real foiz stavkasi; ichki foiz stavkasi bilan LIBOR stavkasi o’rtasidagi farq; kreditlar bo’yicha stavkalarning depozitlar bo’yicha stavkalarga nisbati. Pul indikatorlari: IPЦ; real ifodadagi ichki kredit dinamikasi; pul multiplikatori; real ifodadagi depozitlarning o’sish sur’atlari; pul massasining oltin-valyuta zahiralariga nisbati; real ifodadagi pullarning «ortiqcha» taklif etilishi. Valyuta bozoridagi bosim indeksi. Iqtisodiy barqarorlik monitoringini yuritish uchun iqtisodiyot holati haqida oldindan xabar beruvchi indikatorlarni miqdoriy tahlil qilish metodologiyasi qo’llanilib, uning doirasida indikatorlarning chegara ko’rsatkichlari tuziladi, shuningdek keyingi davrda moliyaviy beqarorlikning baydo bo’lish ehtimolini baholash imkonini beruvchi moliyaviy barqarorlikning jamlama indeksi hisoblab chiqiladi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling