B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2. Indikativ rejalashtirishda tizimli yondashuv. 7.1. Indikativ rejalashtirishda umumiy yondashuvlar
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1995. 2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi Qonun. 3. Vaxabov A.V. Aktualnie problemi aktivizastii investistionnoy deyatelnosti kommercheskix bankov. Doklad na Forume ekonomistov Uzbekistana. -T.: IPMI,2010 (4str). 4. Jumaev N.X., O.Q. Abduraxmonov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi: sabablari va uni bartaraf etish muammolari. – T.: Akademnashr, 2010.—160b. 5. Chepel S.V. Alternativnie ssenarii i strategii dolgosrochnogo razvitiya nastionalnoy ekonomiki. Doklad na Forume ekonomistov Uzbekistana.-T.: IPMI,2010 (17 str). 6. Davlat byudjetining g’azna ijrosi. Normativ huquqiy hujjatlar to’plami. -T.: O’zR Moliya vazirligi, 2010.-271 b. 7. O’zbekiston iqtisodiyoti. Axborot tahliliy sharh, 2007 y, 2008 y “O’zbekiston”, - Toshkent.; 2008, 2009. 107 7-bob. INDIKATIV REJALASHTIRISH USULLARI 7.1. Indikativ rejalashtirishda umumiy yondashuvlar. 7.2. Indikativ rejalashtirishda tizimli yondashuv. 7.1. Indikativ rejalashtirishda umumiy yondashuvlar Har qanday fan metodologiyasi umumiy dunyoqarash, umumiy metodologik tamoyillar, bilishning umumiy ilmiy usullari va o’ziga xos, xususiy metodologiya birligini o’zida namoyon etadi. Metodologiya – bu haqiqatni bilish va o’zgartirish maqsadida tadqiqot o’tkazish usullarining yig’indisidir. Rejalashtirish metodologiyasi indikativ rejalashtirishning ilmiy asosi hisoblanadi. Rejalashtirish metodologiyasi – bu amaliy faoliyatda iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beruvchi qonunlardan foydalanish imkoniyatlarini o’rganish vositasidir; rejalashtirish muammolarini hal etish usullari va ularni amaliyotga joriy etish usullarini ishlab chiqish. Metodologik yondashuv – bu barja darajadagi prognozlar, dasturlar, rejalar va vaqt gorizontlarini ishlab chiqishda strategik rejalashtirish mantig’i, tamoyillari va usullaridan foydalanishning yaxlit yo’nalishi. Indikativ rejalashtirish rejalashtirishga nisbatan umumiy metodologik yondashuvlardan foydalanishni inkor etmaydi, lekin bunda ularga rejalashtirishning o’ziga xos Funksiyalari bilan shartlangan tuzatishlarni kiritadi (tizimli yondashuv, rejalashtirishning o’zini o’zi rivojlantiruvchi interaktiv sxemasi, o’zi o’qib, o’rganuvchi konsepsiya va rejalashtirishning moslashuvchan tizimi). Avvalgi tajribani hisobga olish va reja qarorlarining izchilligi reaktiv yondashuvning afzalligi hisoblanadi. Reaktiv rejalashtirishning kamchiliklari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: – rejalashtirish tizimlarining tarkibiy unsurlari o’rtasida o’zaro hamkorlikning mavjud emasligi; – tashkilotlar xo’jalik faoliyati umumiy samaradorligining pasayishi; – boshqaruvning byurokratik tizimi. Innovastiyalarning mavjud emasligi, muhit o’zgarishiga moslashishga qodir emaslik, xodimlar mustaqilligi va ijodiy 108 salohiyatining cheklanganligi rejalashtirishga nisbatan inaktiv yondashuvning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Rejalashtirish tashqi muhit va rejalashtirish subyektlari ichki faoliyatining kelgusi o’zgarishlarini prognoz qilishdan iboart. Bunda rejalashtirish tadbirlari “yuqoridan quyiga” qarab amalga oshiriladi. Rejalashtirishga nisbatan preaktiv yondashuvning kamchiligi – to’plangan tajribadan to’liq foydalanmaslik, kelajakni tadqiq etish usullaridan foydalanishga haddan ziyod kirishib ketish. Rejalashtirish metodologiyasi ko’ngildagi kelajakni “loyihalashtirishga” va uni tuzish yo’llarini o’zgartirishga asoslangan. Shu munosabat bilan rejalashtirishga nisbatan “moslashtiruvchi” yoki “vaziyatli” yondashuv keng tarqaldi. Ushbu metodologik yondashuv ichki va tashqi sharoitlarning o’zgarishini hisobga oluvchi va erishilgan samaradorlik darajasining pasayishiga yo’l qo’ymaydigan barqaror qarorlarni qabul qilish imkonini beradi. Atrof muhitdagi barcha o’zgarishlarni hisobga oluvchi va ulardan foydalanuvchi rivojlanishning optimal rejasini tuzish uchun “optimallashtiruvchi yondashuv” qo’llaniladi. Rejalashtirishga nisbatan say-harakatlarni kamaytirishga emas, balki optimal qarorlarni qidirib topishga yo’naltirilgan optimallashtiruvchi yondashuv metodologiyasi preaktiv yondashuvga mos keluvchi yo’nalishlarga ega. Metodologik yondashuvlardan foydalanish indikativ rejalashtirishni rejalashtirish xillarining umumiy qiyosiy sxemasiga va rejalashtirish tizimlarining tasnifiy (klassifikastion) tuzilishiga kiritish imkonini beradi. Maqsadlar – indikativ rejalashtirishda ideal holat yoki rejalashtirish obyektining ma’lum vaqt oralig’ida faoliyat ko’rsatish natijalari sifatida tushunladi. Vazifa – bu rejalashtirish davri doirasida ma’lum vaqt oralig’ida erishilishi ko’zda tutilgan maqsadlar. Vazifalar rejalashtirilayotgan davr mobaynida amalga oshirilishi lozim. Ideal – bu erishilib bo’lmaydigan, lekin unga cheksiz ravishda yaqinlashish mumkin bo’lgan maqsad. Konsepsiya – bu global maqsadlar va reja davrida ijtimoiy-iqtisodiy tizimning ustuvor yo’nalishlarini belgilashda o’z ifodasini topuvchi prognozlar, dasturlar loyihalari va rejalarning umumiy maqsadi hamda unga erishish yo’llari, shakllari va usullarini aniqlash. Taktik rejalashtirish – taktik vazifalarni tanlashni va ma’lum strategiya va ideal doirasida ularga erishish vositalarini tanlashni nazarda tutadi. 109 Tezkor rejalashtirish ko’zlangan maqsadlarga erishish vositalarini tanlashni nazarda tutadi. Normativ rejalashtirish faoliyatni rejalashtirishda katta erkinlik bilan tavsiflanadi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling