B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/121
Sana02.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1741173
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   121
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

 
 
8.1. Siyosiy qarorlar variantlarining ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar 
rivojlanishiga ta'siri. 
8.2. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini 
tarkibi. 
 
 
8.1. Siyosiy qarorlar variantlarining ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar 
rivojlanishiga ta’siri 
 
Ssenariy shartlarini ishlab chiqish, odatda, ikkita variantda amalga 
oshiriladi: 
1-variant – bazoviy – prognoz qilinayotgan davrda iqtisodiyotni 
rivojlantirish tendenstiyalari hamda tashqi va ichki shartlarini saqlab 
qolgan holda inerstion rivojlanish varianti. 
2-variant – asosiy – prognoz qilinayotgan davrda mintaqaviy 
darajada boshqaruvchi ta’sirlar tizimini qo’llash varianti. 
Ssenariylarning ushbu variantlari bo’yicha prognoz qilinayotgan 
davr uchun hisob-kitoblarni taqqoslash amalga oshirilishi ko’zda 
tutilayotgan davlat hokimiyati organlari siyosatining samaradorligini 
ko’rsatadi. 
Ssenariy shartlarini ishlab chiqishda quyidagi vazifalarni hal etishga 
e’tiborni qaratish zarur: 
- aholining turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan davlat 
ta’siri chora-tadbirlarining majmuini ishlab chiqish va asoslash; 
- davlat 
byudjeti 
va 
mintaqaviy 
byudjetlarning 
barqaror 
to’ldirilishini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning real sektorini 
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish; 
- ishlab chiqarish va infratuzilmani yangilash maqsadida 
investistiya faoliyatini rag’batlantirish; 
- kichik tadbirkorlikni rivojlantirish; 
- korxonalarning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish, kreditorlik 
qarzlarining miqdorini pasaytirish, korxonalarning asosiy va aylanma 
sarmoyasini moliyalashga jalb etiladigan kredit resurslarining hajmini 
oshirish chora-tadbirlari majmuini amalga oshirish


114 
- real byudjetlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat 
mablag’larini tejagan holda soliq va soliqdan tashqari to’lovlarni to’liq 
safarbar etish, byudjet taqchilligini qisqartirish; 
- aholining kam ta’minlangan qismiga yordam ko’rsatishni 
takomillashtirgan holda uy-joy kommunal xo’jaligini moliyalash tizimini 
va uni boshqarish tuzilmasini isloh qilish; 
- ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish; 
- mahsulot sotish jahon va milliy bozorlarining ahvolini va 
rivojlanish istiqbollarini baholash. 
Investistiyalarni shakllantirishning barcha manbalarini: korxonalar 
mablag’lari; ko’chmas mulk muomalasi; aholi jamg’armalari; xorijiy 
investistiyalar; davlat va mintaqaviy byudjetlar mablag’lari va boshqa 
manbalarini safarbar etish muhim vazifa hisoblanadi. 

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling