B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Mintaqaviy rejalashtirish amaliyotidagi asosiy


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/121
Sana02.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1741173
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   121
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

9.4. Mintaqaviy rejalashtirish amaliyotidagi asosiy 
muammolar. 
O’zbekistonda mintaqaviy rejalashtirish 
amaliyoti. 
 
 
9.1. Mintaqaviy indikativ rejalashtirish – mintaqa boshqaruv 
tizimining asosiy unsuri 
 
Makroiqtisodiy muvazanat va barqarorlashuvni ta’minlash uchun 
davlat mintaqaviy siyosatini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Uni amalga oshirish zarurati shu bilan bog’liqki, har qanday mamlakat 
ko’plab ko’rsatkichlar bo’yicha farq qiluvchi hududlar yig’indisini o’zida 
namoyon etadi. Quyidagilar shular jumlasiga kiradi: 
- tabiiy resurslar (xomashyo bazasi va foydali qazilmalar)ning 
mavjudligi; 
- aholi zichligi, mehnat resurslarining mavjudligi va sifati; 
- ishlab chiqarish tarkibi; 
- ijtimoiy sohaning holati; 
- yuqori darajada rivojlangan sanoat va madaniy markazlargacha 
bo’lgan masofa. 
Ushbu farqlar ham obyektiv, ham subyektiv xususiyatga ega. 
Obyektiv xususiyatlar jumlasiga tabiiy resurslar, inson uchun hayotiy 
qulayliklarning hududiy notengligini kiritish mumkin. Tarixan har bir 
mamlakat 
millat 
tomonidan 
belgilangan 
hayotiy 
kenglikning 
o’zlashtirilishi yo’li bilan shakllangan. Aholining hudud bo’ylab 
taqsimlanishi ko’p jihatdan tabiiy ne’matlar (foydali qazilmalar zahiralari, 
unumdor erlar, suv arteriyalari)ning har xil tarzda joylashuvi bilan 
shartlangan. Bunda subyektiv omil ham muhim rol o’naydi – insonning 


120 
sho’rlangan hududlarni o’zlashtirish faoliyati, davlatning e’tibori va 
ularga yordam ko’rsatishi. 
Vaqt o’tishi bilan ayrim noishlab chiqarish omillarining iqtisodiy 
rivojlanishdagi roli o’zgarishi munosabati bilan hududlar rivojlanishi 
uchun yaratilgan shart-sharoitlar doimiy bo’lib qolmaydi. Shunday qilib
hududiy notenglik mamlakat iqtisodiyotining rivojiga katta ta’sir 
ko’rsatadi. U, bir tomondan, ishlab chiqarish resurslarining mamlakat 
hududi bo’ylab joylashuvidagi notenglik bilan, ikkinchi tomondan, 
alohida omillarning iqtisodiy rivojlanishdagi rolining dinamikasi bilan 
bog’liq. Shuning uchun har bir mamlakatda tabiiy resurslarga boy, lekin 
aholisi kam; ularning ikkalasi bilan ham etarli darajada ta’minlangan; 
allaqachon va yaqinda o’zlashtirilgan yoki o’zlashtirilayotgan; aholisining 
soni qaerdadir oshib, qaerdadir kamayib borayotgan; qaerdadir katta 
yoshdagi aholi guruhi ustunlik qiladigan, qaerdadir ularning ulushi 
kamayib borayotgan mintaqalar mavjud bo’lishi mumkin. 
Alohida mintaqalarning notengligini kamaytirish uchun davlat 
iqtisodiy tartibga solishning alohida yo’nalishi hisoblangan mintaqaviy 
siyosatni qo’llaydi. Davlatning mintaqaviy siyosati milliy xo’jalikning 
muayyan hududiy-ishlab chiqarish muvazanatiga erishish yuzasidan 
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. 
Mintaqaviy siyosatni ishlab chiqishda bir qator konsteptual 
holatlarni nazarda tutish zarur. Ishlab chiqarish sektorining o’sishini 
rag’batlantirish yo’li bilan hududlarni qo’llab-quvvatlash lozim; ushbu 
sektor eng ko’p sonli yangi ish o’rinlarini yaratadi. Davlat o’z navbatida 
ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va kengaytirishga, zarur 
holatlarda – ularni qayta yo’naltirish va takomillashtirishga yordam 
beradi. 
Mintaqaviy siyosat qonunchilik-huquqiy negizlarga asoslanishi va 
jamiyatning ijtimoiy talablariga, shuningdek iqtisodiy xavfsizlik va 
barqarorlik talablariga javob berishi lozim. Mintaqalar muayyan iqtisodiy 
yaxlitlikka ega bo’lishi va ma’lum darajada o’zini o’zi ta’minlashi zarur. 
Evropada integrastiya jarayonlarining rivojlanishi natijasida Evropa 
iqtisodiy hamjamiyati doirasida so’nggi yillarda mintaqaviy siyosatning 
roli og’ishmay oshib bormoqda. Bundan o’n yil ilgari u EI faoliyatining 
faqat strategik muhim sohalarda taraqqiyotga erishish uchun zarur 
bo’lgan qo’shimcha yo’nalishi hisoblanardi. 80-yillarning oxiriga kelib u 
jiddiy mustaqil ahamiyat kasb etdi. Endi Evropa ittifoqini tuzish 
to’g’risidagi Maastrixt shartnomasining kuchga kirishi munosabati bilan 
nafaqat EI mintaqaviy siyosatini amalga oshirish imkoniyati sezilarli 


121 
darajada kengaydi, balki integrastiya jarayoni doirasida ittifoq a’zosi 
hisoblangan mamlakatlar alohida mintaqalarining roli ortdi. EI doirasida 
mintaqaviy siyosat quyidagi tamoyillardan kelib chiqib amalga oshiriladi: 
- mablag’lar sochilishiga yo’l qo’yilmasligi ustidan qat’iy nazorat 
o’rnatgan holda tarkibiy fond resurslarini EIning eng kam rivojlangan 
hududlarida jamlash. Ushbu fonddan amalga oshiriladigan moliyaviy 
to’lovlarning 80% iqtisodiy rivojlanishda yaqqol ortda qolayotgan 
mintaqalarga berilishi kerak; 
- tarkibiy xususiyatga ega bo’lgan subsidiyalar o’zaro to’ldiruvchi 
xususiyatga ega, ya’ni EI institutlari faqat milliy dasturlarni amalga 
oshirish chog’ida resurslarni qo’shimcha manba sifatida berishilari 
mumkin va o’z tashabbusiga ko’ra o’z aralashuvi obyektlarini belgilashga 
haqli emaslar; 
- EI mintaqaviy siyosatini guruhga a’zo bo’lgan har bir 
mamlakatning makroiqtisodiy va ijtimoiy siyosatini uyg’unlashtirish. 
Mintaqaviy rivojlanish milliy dasturlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlagan 
holda EI organlari integrastion yo’nalishlar ushbu mamlakat iqtisodiy 
siyosatining vazifalariga zid kelmasligini, EI byudjetidan ajratiladigan 
mablag’lar esa milliy va mahalliy hokimiyat organlarining bahamjihat 
harakatlari tufayli ko’kka sovurilmasligini nazorat qilishlari lozim; 
- EI davlatlari tomonidan milliy mintaqaviy dasturlarning amalga 
oshirlishi chog’ida ular o’rtasidagi bevosita o’zaro hamkorlik. Gap, 
xususan, milliy dasturlarni amalga oshirish maqsadlari va usullarining 
aniqligini ta’minlash maqsadida tegishli hukumatlar o’rtasida axborot 
almashuvi haqida borayapti. 
Mintaqaviy dasturlashtirish tizimini rivojlantirishning hozirgi 
bosqichida yig’ma dasturlarni ishlab chiqish va baholash metodikasi 
indikativ rejalashtirish vositalaridan foydalanishni talab qiladi. Bugungi 
kunga kelib mintaqaviy dasturlashtirish jahon amaliyotida nazariy 
tadqiqotlar borasida katta tajriba to’plangan. 
Muammoning hududni rivojlantirish uchun strategik ahamiyatga 
egaligi, dasturiy tadbirlarning amalga oshirilishi zamirida maqsadni 
belgilash va mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini 
baholashning samarali tizimi mintaqaviy kompleks dasturlarning 
muvaffaqiyatini belgilab beruvchi muhim omillar hisoblanadi. 

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling