B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-bob. MOLIYAVIY OQIMLAR INDIKATIV REJALSHTIRISH VA TARTIBGA SOLISHNING OBYEKTI SIFATIDA
- 10.3 Davlat budjeti rejasi va budjetni rejalashtirish shakllari. 10.1. Byudjetlashtirish va byudjetning asosiy tushunchalari
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1995. 2. O’zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi Qonuni. 1993 yil 2 sentyabr, 915-XII-son. 3. Berkinov B.B., Ashurova D.S., Abdullaeva M.K., Zohidov G’.E. Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlash.-T.: 131 TDIU,2010.- 216b. 4. Kadirov A.M. Metodologicheskie podxodi k analizu strategii sostialno-ekonomicheskogo razvitiya. Doklad na Forume ekonomistov Uzbekistana. -T.: IPMI,2010 (3 str). 5. Muhitdinov X.S. Hudud aholisi turmush darajasini oshirish va ijtimoiy rivojlanishni modellashtirish.-T.: Fan, 2009.-237b. 6. Nurimbetov R.I. Mintaqa iqtisodiyotini boshqarish mexanizmi va uning samaradorligi.- T.: Fan, 2008.-221b. 7. Sadikov A.M. Osnova Regionalnogo razvitiya: teoriya, metodologiya, praktika.—T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2005.-280b. 132 10-bob. MOLIYAVIY OQIMLAR INDIKATIV REJALSHTIRISH VA TARTIBGA SOLISHNING OBYEKTI SIFATIDA 10.1. Budjetlashtirish va budjetning asosiy tushunchalari. 10.2 Davlatning makroiqtisodiy siyosati va ularni boshqarishda budjet resurslarining ahamiyati. 10.3 Davlat budjeti rejasi va budjetni rejalashtirish shakllari. 10.1. Byudjetlashtirish va byudjetning asosiy tushunchalari Davlat tomonidan o’z zimmasiga yuklatilgan Funksiyalarning bajarilishi unda zarur moliyaviy resurslarning mavjudligi bilan bog’liq, bu birinchi navbatda davlatda hosil bo’ladigan pul mablag’lari bir qismining byudjetda jamlanishini talab qiladi. Ushbu mablag’larning byudjetga yo’naltirilishi va ulardan foydalanish jarayonida davlat, soliq to’lovchilar va byudjetdan mablag’ oluvchilar o’rtasida moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi. Ushbu munosabatlar hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan moliya-byudjet siyosatiga muvofiq quriladi. Moliya-byudjet siyosati davlat va hududiy hoqimiyat organlarining soliq, pul-kredit, narx-navo va moliyaning boshqa sohalaridagi harakatlarini o’z ichiga oladi. Moliya-byudjet siyosati (byudjetlar) – bu hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan o’z Funksiyalarini bajarish uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish va byudjet tizimini boshqarish bo’yicha harakatlar va tadbirlar yig’indisidir. Moliya-byudjet siyosati moliya sohasidagi maqsadlar va vazifalarni belgilashni, pul mablag’larini byudjetga safarbar etish mexanizmini ishlab chiqishni, byudjet mablag’laridan foydalanish yo’nalishlarini belgilashni, moliya va byudjet tizimini boshqarishni, moliya-byudjet vositalari yordamida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tashkil etishni nazarda tutadi. Ijroiya va vakillik hokimiyati organlarining byudjetni ishlab chiqish va byudjetlashni amalga oshirish va byudjet tizimini boshqarish bo’yicha harakatlarining yig’indisi byudjet jarayoni hisoblanadi. Davlatning moliya-byudjet siyosati moliya va soliq organlari, pul- kreditni tartibga solish organi (Markaziy bank), nazorat-hisoblash 133 organlari (nazorat-hisoblash, ijroiya hokimiyatining boshqa organlari) faoliyati orqali amalga oshiriladi. Odatda byudjet davri, ya’ni byudjetni ijro etish jarayonini amalga oshirish vaqti 1 yanvardan 31 dekabrgacha qilib belgilangan bo’lib, u taqvim yiliga mos keladi. Byudjet jarayonining davom etishi byudjet davriga qaraganda ancha uzoq, chunki byudjet jarayoniga byudjetni rejalashtirish, keyingi byudjet nazorati va boshqa harakatlar ham kiradi. Qonun hujjatlariga muvofiq byudjet vakolatlariga, ya’ni byudjet jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga ega bo’lgan organlar byudjet jarayonini amalga oshiradi. Quyidagilar ana shunday vakolatlarga egadirlar: • ijroiya va vakillik hokimiyati organlari; • moliya va soliq organlari; • pul-kreditni tartibga solish organlari va davlat moliya nazorati organlari; • byudjet mablag’larining bosh taqsimlovchilari va byudjet mablag’larining taqsimlovchilari; • davlat byudjetdan tashqari maqsadli fondlari. Vakillik hokimiyati organlari byudjetlar loyihalarini va ularning bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi. Ijroiya hokimiyati organlari yig’ma moliyaviy rejalashtirishni amalga oshiradi, byudjetlar loyihalarini tuzadi, byudjetlar loyihalarini vakillik hokimiyati organlariga ko’rib chiqish uchun kiritadi, byudjetlarni ijro etadi, byudjet ijrosi tahlil va nazorat qiladi. Markaziy bank hokimiyat bilan birgalikda davlatning pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi va qonun chiqaruvchi organlarga ko’rib chiqish uchun taqdim etadi va G’aznachilik pul hisobvaraqlariga, davlat byudjetdan tashqari maqsadli fondlari hisobvaraqlariga, hududiy byudjetlar hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatadi. Byudjet mablag’larining bosh taqsimlovchisi – bu byudjet mablag’larining birinchi bevosita oluvchisi hisoblanib, mablag’larni byudjet mablag’larini taqsimlovchilar va oluvchilar o’rtasida taqsimlash huquqiga ega bo’lgan ijroiya hokimiyati organi. U byudjet mablag’lari taqsimlovchilari va byudjetdan mablag’ oluvchilar bo’yicha byudjet xarajatlari ro’yxatini tayyorlaydi, ularga byudjet yo’nalishlari haqidagi xabarnomani etkazadi, ular uchun daromadlar va xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi, zarur hollarda mablag’larning ular uchun tasdiqlangan moddalar o’rtasida taqsimlanishini o’zgartiradi, byudjetdan mablag’ 134 oluvchi tomonidan byudjet mablag’laridan oqilona, maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi. Byudjetdan mablag’ oluvchi (byudjet muasasasi) – bu ijroiya hokimiyati organi tomonidan notijorat xususiyatiga ega bo’lgan Funksiyalar (boshqaruv, mudofaa, ijtimoiy-madaniy tadbirlar va b.)ni amalga oshirish uchun tashkil etilgan va smeta tartibida moliyalanuvchi tashkilot. Nazorat-hisoblash organlari tegishli byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi, byudjet va byudjetdan tashqari fondlarning ijrosi haqidagi hisobotlar tashqi auditini o’tkazadi. Yuqorida sanab o’tilgan barcha hokimiyat organlari va muassasalar byudjet jarayonining ishtirokchilari hisoblanishadi. Byudjet jarayoni quyidagilarni o’z ichiga oladi: • yig’ma moliyaviy rejalashtirish va prognoz qilish; • byudjet loyihasini tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlash; • byudjet yili mobaynida byudjetni ijro etish; • byudjet ijrosini tahlil va nazorat qilish. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling