B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Davlat byudjeti rejasi va byudjetni rejalashtirish shakllari
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
10.3. Davlat byudjeti rejasi va byudjetni rejalashtirish shakllari
Yalpi ichki mahsulot aylanishi moddiy-ashyoviy va qiymat shaklida amalga oshadi. Yalpi mahsuloting qiymat shaklida aylanish jarayonida moliyaviy resurslarni hosil qilish, taqsimlash, qayta taqsimlash va iste’mol qilish yuzasidan moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi. Moliyaviy resurslarni hosil qilish, taqsimlash, qayta taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarini boshqarish moliyaviy rejalashtirish yordamiga amalga oshiriladi, pul mablag’lari esa uning obyekti hisoblanadi. Moliyaviy rejalashtirish orqali xalq xo’jaligining mutanosibligi, tarmoqlararo ulushlar ta’minlanib, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish yo’llari aniqlanadi. Umumdavlat va hududiy darajalarda moliyaviy rejalashtirish qiymat ifodasidagi moddiy va mehnat muvazanati bilan bog’lanuvchi moliyaviy rejalar tizimi bilan ta’minlanadi. Har bir moliya yili boshqaruvning muayyan bo’g’inida moliyani tashkil qilish va boshqarish vazifalarini hal qiladi. 137 Moliyaviy rejalar tizimiga quyidagilar kiradi: • istiqbolli moliyaviy rejalar; • boshqaruvning umumdavlat va hududiy darajalarida tuziladigan yig’ma moliyaviy balanslar. Istiqbolli moliyaviy rejalashtirish hokimiyatning barcha darajalarida quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: • iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish hamda moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirishni ta’minlash; • rejalashtirilayotgan tadbirlarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslar hajmini prognoz qilish; • islohotlar, dasturlarning moliyaviy natijalarini prognoz qilish; • moliya sohasidagi turli tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlash. Istiqbolli moliyaviy reja davlatning iqtisodiy va ijtimoiy prognozining ko’rsatkichlari asosida ishlab chiqiladi. Unda byudjetning daromadlarni safarbar etish va xarajat moddalarini moliyalash imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar mavjud. Mazkur reja byudjetning yiriklashtirilgan ko’rsatkichlari bo’yicha 3-5 yilga mo’ljallab tuziladi. Rejaga har yili davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi prognozining ko’rsatkichlari bilan tuzatishlar kiritiladi. Yig’ma moliyaviy balans – bu davlatda yoki muayyan hududda yaratilgan va foydalanilgan moliyaviy resurslar balansi. Yig’ma moliyaviy balans barcha byudjetlar, byudjetdan tashqari maqsadli fonlar va tegishli hududda joylashgan korxonalarni qamrab oladi. Yig’ma moliyaviy balansni tuzish manzilli moliyaviy rejani, ya’ni byudjetni ishlab chiqishning tayyorlash bosqichi hisoblanadi. Davlatning yig’ma moliyaviy balansi xalq xo’jaligida moddiy va moliyaviy ulushlarni bog’lash, moliya-kredit tizimi barcha bo’g’inlarining ko’rsatkichlarini muvofiqlashtirish; davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi prognozining muvazanatlashganligini tekshirish, ushbu prognoz bilan belgilangan tadbirlarni moliyalash manbalarini aniqlash; qo’shimcha moliyaviy resurslar zahiralarini aniqlash; prognoz moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish; moliyaviy siyosat yo’nalishlarini ishlab chiqish. Davlatning yig’ma moliyaviy balansi odatda Moliya vazirligi ishtirokida Iqtisodiyot vazirligida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosida ishlab chiqiladi. Umumdavlat darajasida tuziladigan yig’ma moliyaviy balans asosiy ko’rsatkichlarining sxemasi 3 - jadvalda keltirilgan. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling