B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/121
Sana02.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1741173
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   121
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Indikativ rejalashtirish – davlat boshqaruvining ongli faoliyati 
sifatida ta’riflanadigan makroiqtisodiy rejalashtirishning bir turi bo’lib, 
uning maqsadi ma’lum vaqt o’tishi bilan umuman milliy iqtisodiyotni 
istalgan holatga olib kelishdan iborat. 
Indikativ rejalashtirish – ham xo’jalik yurituvchi subyektlarning 
davlat-huquqiy 
munosabatlari 
sohasiga, 
ham 
fuqarolik-huquqiy 
munosabatlar sohasiga taalluqli bo’lgan institutdir. 
Indikativ rejalashtirish fani – kelajakni aniq asoslash imkonini 
beruvchi reja va prognoz hisob-kitoblari tamoyillari, usullari, ularning 
bosqichma-bosqichligini, iqtisodiy oldindan ko’ra bilish indikatorlarini 
tanlashni belgilab beruvchi yagona metodologiyaga amal qiladi. 
Indikativ rejalashtirish tizimi – hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatiga mos keluvchi iqtisodiyot holatini va rivojlanishini tavsiflovchi 
indikatorlarni 
(ko’rsatkichlarni) 
shakllantirish 
hamda 
ushbu 
indikatorlarga erishish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni davlat 
yo’li bilan tartibga solish choralarini belgilash hisoblanadi. 
Indikativ rejalashtirish metodikasi – bu barcha darajadagi 
prognozlar, dasturlar, rejalar va reja ko’rsatkichlarini hisob-kitob qilish 
tizimining vaqt chegaralarini ishlab chiqish, asoslash va tahlil qilish 
usullarining yig’indisi. 
Indikativ 
rejalashtirishning 
metodologik 
tamoyillari 
 
rivojlanish qonunlarining umumiy harakatini ifodalovchi hamda dasturlar, 
loyihalar va rejalarning vazifalarini, yo’nalishlarini va bajarilish 
imkoniyatlarini belgilab beruvchi obyektiv kategoriyaga asoslanadi. 
Indikatorlar majmuini qo’llash – bu qulay ijtimoiy-iqtisodiy 
muhitni bilvosita shakllantirish usulidir.
Indikativ reja – bu uzoq muddatli istiqbolda boshqaruv butkul 
obyekti (korxona, mintaqa, mamlakat)ning holatini ilmiy jihatdan 
oldindan ko’ra bilish. 

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling