B. B. Donayev 2023-yil 17- mart


Download 21.92 Kb.
Sana23.10.2023
Hajmi21.92 Kb.
#1716610
Bog'liq
7-bayon 17-mart


TASDIQLAYMAN”
Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va
jamoat salomatligi qo`mitasining
Sirdaryo viloyati boshqarmasining
Yangiyer shahar bo`limi boshlig‘i
__________B.B.Donayev


2023-yil 17- mart

Ma’rifat soati” o‘tkazish to‘g‘risida
B A Y O N N O M A
-7
2023-yil 17- mart Yangiyer sh.



Raislik qiluvchi:

B.B.Donayev – Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasining Sirdaryo viloyati boshqarmasining Yangiyer shahar bo’limi boshlig’i

Qatnashdilar:



Barcha xodimlar (ro‘yxat bo‘yicha) .



K U N T A R T I B I:

Uch buyuk qadriyat: Ma’naviyat, odob-axloq, ma’rifat”. mavzusida “Ma’rifat soati”ni o‘tkazish to‘g‘risida.


( B.B.Donayev va boshqalar)

B.B.Donayev so'zga chiqib, Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng erkin fikrlaydigan, o‘zo‘zini anglaydigan, jamiyat maqsad va manfaatlarini tushunib yetadigan, har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalash vazifasi davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi qilib belgilandi. 


Uni amalga oshirish esa engavvalo tarbiyalanuvchilarning ichki ruhiy ma’naviyatini boyitish va mustaqil dunyoqarashini shakllantirishni taqoza etadi.
“Har qaysi davlat, har qaysi xalq intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir”.
Ma’naviyat ko‘p qirrali tushunchadir. U inson faoliyatining barcha qirralarini, uning yaqqol ko‘zga tashlanuvchi zoxiriy va yashirin, ichki ruhiy – botiniy tomonlarini ham qamrab oladi.
Ma’naviyat o‘zi nima?, degan savolga aniq va lo‘nda javob topish qiyin. Unga har xil, ba’zan esa bir-biriga qarama qarshi, noaniq sayoz javob va fikrlar bildirilgan.
“Ma’naviyat” tushunchasiva uning tamoyillariga o‘ziga xos izoh va ta’riflar berib kelinmoqda. Bunga sabab “Ma’naviyat” tushunchasi keng ma’noda jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etgan ijtimoiy-ma’naviy hodisa ekanligidir.
Aslida ma’naviyat – insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratib
turadigan eng baquvvat ma’naviy-ruhiy omil hisoblanadi.
Inson – tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu xislati, ya’ni yuksak ma’naviyat egasi bo‘la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko‘rmaymiz.
Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanish bilan kifoyalanish – ongsiz va ruhsiz mahluqotlarga xos. Ma’naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma’naviyat odamning aqliy va ruhiy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
Ma’naviyat juda keng qamrovli tushuncha bo‘lganligi uchun ham, yuqorida
ta’kidlaganimizdek uni bir jumlada ifodalash nihoyatda mushkul.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha berilgan hisobotlar, bildirilgan taklif va fikr-mulohazalardan kelib chiqib qaror qiladi:

1. “Uch buyuk qadriyat: Ma’naviyat, odob-axloq, ma’rifat” mavzusida o‘tkazilgan “Ma’rifat soati”ni ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Ushbu bayon ijrosining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

Bayonlashtirdi K.Tursunova
Download 21.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling